4.3. Agroklasterlarni tashkil etish va uni hududlarni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishga ta'siri.
Klaster - bu iqtisodiy rivojlanish va mintaqa va umuman mamlakat
iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshiruvchi keng tan olingan vosita.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda ham jadal kengayib
borayotgan klaster tashabbuslari ularning samaradorligi va hayotiyligini
aks
ettiradi.
Xorijiy
mamlakatlar
tajribasi
butun
mamlakat
iqtisodiyotining raqobatbardoshligi darajasining oshishiga yordam
beradigan klaster siyosatining samaradorligidan dalolat beradi.
Jahon
amaliyoti
klasterlarning
iqtisodiy
rivojlanishida
va
mintaqaviy va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda
rolini namoyish etadi, bu ularning ilmiy, ta'lim va ishlab chiqarish
salohiyatini birlashtirish qobiliyati bilan bog'liq bo'lib, ularni
ta'minlovchi
korxonalar,
ilmiy-tadqiqot
tashkilotlari
va
o'quv
muassasalarining raqobatbardoshligini oshirishni ta'minlaydi.
Investitsiyalarni jalb qilishga va yangi ish o'rinlarini yaratishga hissa
qo'shadigan iqtisodiy rivojlanishga multiplikatsion ta'sir, ya'ni:
1) klaster korxonalari uchun ta’siri: mehnat unumdorligini oshirish,
foydani ko'paytirish, savdo bozorlarini kengaytirish, investorlarni jalb
qilish, klaster ishlab chiqaruvchilar o'rtasidagi ichki raqobat tufayli
zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish;
2) davlat hokimiyati organlari uchun ta'siri: byudjetni ko'paytirish,
ishsizlik to'lovlarining pasayishi, infratuzilmani rivojlantirish;
3) mintaqa iqtisodiyoti uchun ta'siri: yalpi hududiy mahsulotning
o'sishi, investitsiya hajmlari, ilm-fanni talab qiladigan mahsulotlar
eksporti, aholi bandligi va farovonligi va boshqalar.
4.1-jadval
93
Do'stlaringiz bilan baham: |