Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/91
Sana11.08.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1666349
TuriУчебник
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91
Bog'liq
agrobiznes

Frantsiyada agrar korxonalar, ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari 
faoliyatini muvofiqlashtirish asosida evropa va jahon texnologiya va 
novatsiya bozorlariga chiqish maqsadida 1986 yili Monpele shahrida 
“Agropolis” uyushmasini tuzishdi.
Angliyada 2001 yildan boshlab innovatsion agrosanoat klasteri – 
Stokbridj texnologik markaz yopiq gruntda dehqonchilik, bog’dorchilik 
va sabzavotchilik sohalarida tadqiqotlar va ta’lim programmalarini 
o’tkazishmoqda. Ushbu markaz 70 gektar sug’oriladigan erga, 40ta 
kompyuter orqali boshqariladigan 12 dan 1000 kv.metrgacha hududga 
teng maydonchalarda joylashgan zamonaviy issiqxonalar hamda yuqori 
texnologiyalar bilan jixozlangan labaratoriyalarga ega.


107 
Avstriyada ham klasterlarni ixtisoslashtirishga, agrosanoat va 
ilmiy-tadqiqot korxonalarining o’zaro aloqalarini rag’batlantirishga, 
innovatsiya programmalarini boshqarish tartibidagi to’siqlarni 
kamaytirish hamda raqobatbardosh markazlarni shakllantirishga ko’proq 
ahamiyat berishadi. 
Daniya qishloq ho’jaligida chorvachilik dehqonchilikka qaraganda 
ustuvor ahamiyatga ega, dehqonchilik mahsuloti ko’proq ozuqaga 
ishlatiladi, chorvachilikda sut yo’nalishining roli go’sht sohasiga 
qaraganda yuqoriroq xisoblanadi, shuning uchun ham sut mahsuloti 
klasterlari (masalan taniqli «Molochnaya vertikal» klasteri) keng 
tarqalgan.
Chili hukumati keyingi 30 yil ichida vinochilik sohasida 
integratsiyalash va zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan yirik 
kompaniyalar safini kengaytirish bilan jahon bozorida o’z ulushini 
oshirishga dadil qadam qo’ydi. Shu maqsadda vinochilik klasteri tuzildi. 
Uning tarkibiga tarmoq ichidagi o’zaro bir biriga bog’liq uyushmalar, 
ta’lim muassasalari, davlat tashkilotlari va agentliklar, ilmiy-tadqiqot 
markazlari, tarmoq ommaviy axborot vositalari, postavshiklar va 
podryachiklar kirdi. Evrapali taniqli maypazlar mamlakatga o’z 
sarmoyalari, yangi texnologiyalari, mahsulotni marketingi va eksportga 
jo’natish imkoniyatlari bilan qaytib kelishdi. Natijada vino eksporti 
bo’yicha Chili jahon bozorida beshinchi o’rinni egallab turibdi.

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling