Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Tadbirkorlik faoliyatidagi tashqi va ichki omillar
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
6.3. Tadbirkorlik faoliyatidagi tashqi va ichki omillar Tadbirkorlik faoliyatida har qanday xo'jalik sub'ekti uchun bozor munosabatlariga o'tish noaniqlik va tavakkalchilikning oshib borishi bilan bog'liq. Korxona va alohida tadbirkorlar ichki va tashqi bozorlarda mustaqil shartnoma tuzish huquqini qo'lga kiritganlaridan keyin, birinchi marta, muttasil o'zgarib turadigan bozor konyukturasi sharoitida xo'jalik faoliyatining muqobil yo'nalishlarini tanlash muammosiga duch keladilar. Tadbirkorlik muhitining korxonaning bozor iqtisodi sharoitida ichki va tashqi omillari, ishchanlik faolligi va moliyaviy barqarorligini ta'minlovchiligi juda o'zgaruvchandir. Shuning uchun ularni doimiy ravishda kuzatish va nazorat qilish kerak bo'ladi. Bu esa xo'jalik tavakkalchiligini boshqarish imkonini beradi va ishbilarmonlik faoliyatining samaradorligini oshiradi. Tadbirkorlik tashqi muhiti: - Mamlakatda va hududlarda iqtisodiy holat; - Jamiyat va davlat barqaror rivojlanishini tavsiflovchi siyosiy holat; - Tadbirkorlar va boshqa bozor iqtisodiyoti sub'ektlarining huquq, majburiyatlari, javobgarligini aniq belgilovchi huquqiy muhit; - Tadbirkorlikni davlat tomonidan tartibga solish va qo'llab- quvvatlash; - Аholining (isthemolchilar) toʼlov qobiliyatiga ega talabi darajasi, ishsizlik darajasi bilan bogʼliq ijtimoiy-iqtisodiy holat; 122 - Tadbirkorlik biznesining maʼlum bir turi bilan shugʼullanish imkoniyatini taʼminlovchi aholi maʼlumoti darajasini taqozo etgan madaniy muhit; - Ilmiy-texnik, texnologik muhit; - Faoliyatning maʼlum turlarni rivojlantirish uchun zarur ishlab chiqarishning tabiiy omillari miqdorining yetarli darajada mavjudligi; - Tadbirkorlik tashkilotlari faoliyat koʼrsatish jarayoniga taʼsir etuvchi iqlim (ob-havo) sharoitlari bilan bogʼliq fizik muhit; - Tabiiy boʼhronlarning yoʼqligi; - Tijorat operatsiyalarini, ishbilarmonlik aloqalarini amalga oshirish imkoniyatimni taʼminlovchi yetarli sondagi tashkilotlar mavjudligi toʼgʼrisida guvohlik beruvchi institutsional-tashkiliy muhit va hakozo. Tadbirkorlik ichki muhiti: - Zarur xususiy kapital hajmi mavjudligi; - Korxona tashkiliy-huquqiy shaklini toʼgʼri tanlash; - Faoliyat predmetini tanlash; - Hamkorlar komandasini tanlash; - Bozorni bilish va marketing tadqiqotlarini malakali oʼtkazish; - Kadrlarni tanlash va personalni boshqarish, uni moddiy ragʼbatlantirish; - Tadbirkorlik sirini saqlash mexanizmi va boshqalar. Tadbirkorlik muhitiga siyosiy vaziyat, iqtisodiy ahvol, qonunchilik asosi, xalqning ijtimoiy – madaniy saviyasi tarmoqlarning ilmiy-texnika taraqqiyoti darajasi, tabiiy – iqtisodiy sharoit va bozorning oʼziga mos tarkibi, yaʼni kon’yukturasi taʼsir koʼrsatadi. Аgar koʼrsatilgan ishbilarmonlik muhitining har bir elementini tahlil qilsak, u holda ularning hozirgi kichik bazis darajasini qoniqarli deb xisoblash mumkin va u respublika kichik biznesning taraqqiyotini taʼminlay oladi. Аmmo, mulkni himoya qiluvchi va shartnomalarga amal qilishni kafolatlovchi, qonunchilik tizimining yoʼqligi, tovarlar harakatining qatʼiy tartibga solinishi, eksport uchun maxsus ruxsatnoma litsenziya berish tizimining murakkabligi, eksport uchun boj toʼlovlarining mavjudligi, xullas amalda mol – mulkga Davlatning yakkahokimligi kichik biznesda 123 xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning tavakkalchiligini sezilarli darajada oshiradi. Tavakkalchilik – yuzaga kelishi mumkin boʼlgan xavf – xatarga qaramay amalga oshiriladigan faoliyatdir. Shuning uchun tavakkalchilik deganda bevosita u bilan bogʼliq boʼlgan xavf – xatar ham tushuniladi.Tadbirkor uchun xos boʼlgan xususiyat, bu shartli tavakkalchilikka borish, yaʼni foyda koʼrishni koʼzlash. Tadbirkorlik muhitiga albatta tadbirkorlik subʼektlari oʼz taʼsirini oʼtkazadi. Fuqarolar (jismoniy shaxslar) deganda Oʼzbekiston Respublikasining fuqarolari, boshqa davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi boʼlmagan shaxslar tushuniladi. Oʼz mulkiga, xoʼjalik yuritishida va operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega boʼlgan hamda oʼz majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, oʼz nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʼla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda daʼvogar va javobgar boʼla oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling