Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/91
Sana11.08.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1666349
TuriУчебник
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91
Bog'liq
agrobiznes

 
 


113 
5.2. O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligini 
rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo’ljallangan strategiyasi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktabrda 
“O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-
2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 
Farmonni imzoladi. Qayd etish kerak, mamlakatimizda qishloq 
xo‘jaligini isloh qilish borasida muayyan ishlar amalga oshirib 
kelinayotgan bo‘lsada, sohani rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatga 
mo‘ljallangan Strategiya bugungi kunga qadar mavjud emas edi. Har bir 
soha kabi agrar tarmoqni ham aniq strategiyasiz rivojlantirishni tasavvur 
etish qiyin. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 
tomonidan respublikaning manfaatdor vazirliklar mutaxassislari, Jahon 
banki, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi va boshqa xalqaro tashkilotlar 
ekspertlari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan Strategiyani haqiqatan 
ham inqilobiy hujjat deb atash mumkin. 
Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasida tub burilish yasashi 
kutilayotgan mazkur Strategiyada aholining oziq-ovqat xavfsizligini 
ta’minlash; qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini 
yaratish; soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish va 
investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish; tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish; boshqaruvning zamonaviy 
tizimlarini rivojlantirish; tarmoqni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan 
davlat xarajatlarini bosqichma-bosqich diversifikatsiya qilish; qishloq 
xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini 
rivojlantirish; qishloq hududlarini rivojlantirish; tarmoq statistikasining 
shaffof tizimini yaratish kabi mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini 
rivojlantirishning 9 ta ustuvor yo‘nalishi belgilab berildi. 
Strategiyaning har bir ustuvor yo‘nalishi mavjud vaziyatni, to‘siqlar 
va 
imkoniyatlarni, 
shuningdek 
asosiy 
vazifalarni 
tavsiflaydi. 
Strategiyani amalga oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da sohani isloh 
qilish rejasini, ularning mas’ul ijrochilari va aniq muddatlari belgilab 
berilgan. 
Strategiyaning aniq maqsad va vazifalarini amalga oshirishda 
indikativ budjet shuningdek, uning natijalarini baholovchi 37 ta 


114 
ko‘rsatkich va indikatorlar nazarda tutilgan. Strategiyada belgilangan 
vazifalarni bajarish orqali qanday maqsad, natijalarga erishiladi? 
Alohida qayd etish kerak, erishiladigan natijalar salmog‘i shu qadar 
ulkanki, ulardan ayrimlarin.Jumladan: 
-yer ajratish va uni olib qo‘yishni elektron shaklda amalga oshirish 
bo‘yicha shaffof tizim yaratiladi, korrupsiya va boshqa subyektiv 
holatlarning oldi olinadi, yerdan foydalanuvchilar huquqlarini 
kafolatlaydigan tizim joriy etiladi; 
- qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilar tomonidan bozor 
talabidan kelib chiqib yuqori daromadli qishloq xo‘jaligi ekinlarini 
mustaqil joylashtirish hisobiga iqtisodiy jihatdan samarali faoliyat 
yuritishi ta’minlanadi; 
-davlat 
xaridi 
uchun 
mahsulot 
yetkazib 
berish 
va 
uni 
moliyalashtirish 
tizimi 
bozor 
mexanizmlari 
asosida 
tubdan 
takomillashtiriladi. Bunda sobiq ittifoq davridan qolgan davlat 
buyurtmasi tizimi o‘rniga bozor munosabatlariga mos bo‘lgan 
intervension xaridlar joriy etiladi; 
- hududlar ixtisoslashtiriladi, bir joyda bir xil mahsulotlarni 
yetishtirish, agroinnovatsion g‘oyalarni joriy etish, hosildorlikni oshirish 
va mahsulot sifatini yaxshilashga sharoit yaratiladi; 
- fermer xo‘jaliklari faoliyatiga ilm-fan yutuqlarini, innovatsion 
texnologiyalarni joriy etish hamda malakali mutaxassislar bilan 
ta’minlashning samarali mexanizmlari orqali ilm va amaliyotning o‘zviy 
bog‘liqligi ta’minlanadi; 
-sohada 
raqamli 
texnologiyalarni 
qo‘llash orqali mavjud 
resurslardan foydalanish holati hamda yetishtirilayotgan mahsulotlarni 
aniq statistikasini yuritishda shaffof tizim yaratiladi. 
Prezident Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan 
strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
vaziri rahbarligida Muvofiqlashtirish kengashi tasdiqlandi va Qishloq 
xo‘jaligi vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashi-ning ishchi organi etib 
belgilandi. 


115 
Muvofiqlashtiruvchi kengash Strategiyaning to‘liq, o‘z vaqtida va 
sifatli bajarilishini tashkil etadi va belgilangan indikatorlarga erishish 
ustidan doimiy ravishda monitoring olib boradi. Strategiya va «Yo‘l 
xarita»sini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning 
loyihalari sifatli va o‘z muddatida ishlab chiqilishi hamda belgilangan 
tartibda kiritilishinita’minlaydi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling