Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


VI BOB. AGROBIZNES MUHITI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/91
Sana11.08.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1666349
TuriУчебник
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91
Bog'liq
agrobiznes

VI BOB. AGROBIZNES MUHITI VA UNGA TA’SIR ETUVCHI 
OMILLAR
  


117 
va D. Fogel tadbirkorlik muhitini yetarli malaka va koʼnikmalarga ega 
tadbirkorlar, malakali ishchi kuchi, taʼminotchilar, xaridorlarning 
mavjudligi, yangi bozorlar, yuqori darajadagi raqobat mavjudligi, 
hukumatning 
tadbirkorlar 
faoliyatini 
ragʼbatlantiruvchi 
siyosati, 
maslahat xizmatlari taʼminoti, infratuzilma tizimi, kishilarning 
tadbirkorlik faoliyatiga boʼlgan munosabati, koʼnikmasi, tajribasi va 
motivatsiyalari orqali oʼrganganlar. Bruno, Tyebjee (1982), Gartner 
(1985), Manning, Birley, Norburn (1989), Staley, Morse (1971) mavjud 
tadbirkorlik muhitini tadbirkorlikni mamlakat yoki mintaqa miqyosida 
rivojlanishiga olib keluvchi shart-sharoitlar sifatida tadqiq qilganlar. 
Dana (1987), Davidsson (1991), Doutriaux (1988), Hawkins (1993), 
Pennings (1982), Swanson, Webster (1992), Takyi-Asiedu (1993) oʼz 
eʼtiborlarini tadbirkorlik muhitiga taʼsir etuvchi tashqi omillarni 
oʼrganishga qaratganlar. Goodman, Meany, Pate (1992), Mokry (1988), 
Segura (1988), Westhead (1990) esa davlatning tadbirkorlik muhitini 
shakllantirish va rivojlantirish uchun yaratgan shart-sharoitlari hamda 
imkoniyatlarini oʼrganganlar.
Tadbirkorlik muhitini shakllantirishda davlatning rolini tadqiq etish 
orqali siyosiy omillarni tadbirkorlik faoliyatiga ijobiy taʼsirining qator 
jihatlarini ochib berganlar. Bu jihatlar venchur kapitali fondlari, soliq 
imtiyozlari, davlatning xarid qilish yoki taʼminot dasturlarining 
mavjudligi, shaxsiy gʼoya va innovatsiyalar mualliflarini huquqiy 
himoya qilish, hukumat idoralarining tadbirkorlik faoliyatini qoʼllab-
quvvatlashi, 
taʼlim 
muassasalari 
tomonidan 
tadbirkorlik 
bilan 
shugʼullanuvchi 
kadrlarni 
tayyorlash, 
tadbirkorlikni 
roʼyxatdan 
oʼtkazishdagi toʼsqinlik holatlarini qisqartirish kabilarni oʼz ichiga oladi. 
Taʼkidlash lozimki, bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik muhiti, 
ishchan muhit va ishbilarmonlik muhiti bir xil mazmunda 
qoʼllanilmoqda. Аyniqsa, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soluvchi 
koʼplab 
huquqiy-qonunchilik 
hujjatlarida 
ishchan 
muhit 
va 
ishbilarmonlik muhiti shaklida qoʼllanib kelinmoqda. 
Tadbirkorlik muhitining iqtisodiy mazmunini ochib berishda uning 
predmeti, obʼekti va subʼektlarini aniqlab olish muhim hisoblanadi. 
Fikrimizcha, tadbirkorlik muhitining predmeti boʼlib tadbirkorlarning 


118 
samarali va toʼlaqonli faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish 
bilan bogʼliq boʼlgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, aloqa va 
mexanizmlar hisoblanib, u quyidagi asosiy yoʼnalishlarni qamrab oladi:
- tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish;
- tadbirkorlik faoliyati bilan shugʼullanish uchun iqtisodiy erkinlikni 
taʼminlash;
- tadbirkorlarning mustaqil faoliyatidagi tavakkalchilik darajasini 
minimallashtirish va faoliyatining barqarorligini oshirish;
-tadbirkorlik faoliyati tijorat muvaffaqiyati, uning javobgarligining 
qonuniy kafolatlari va ijtimoiy javobgarlik motivatsiyasini taʼminlash;
- bozor tizimiga asoslangan samarali iqtisodiy aloqalarni, iqisodiy 
resurslardan foydalanish imkoniyatini taʼminlash va h.k.
Tadbirkorlik muhiti subʼekti mazkur muhit shart-sharoitlari va 
imkoniyatlaridan foydalanuvchilar (yaʼni tadbirkorlar, sotuvchi va 
xaridorlar, isteʼmolchilar va boshqalar), ularning turli guruhlari; mazkur 
muhitni shakllantirishda ishtirok etuvchi davlat, nodavlat idoralari, 
xususiy sektor vakillari va boshqalardan iborat boʼlsa, tadbirkorlik 
muhiti obʼekti turli koʼrinishdagi tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. 
Tadbirkorlik muhiti oʼz ichiga koʼplab tarkibiy qismlarni oladi. Bu 
tarkibiy qismlarni tadbirkorlik muhiti omillari yoki jihatlari deb ham 
yuritish mumkin. Ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ajratib 
koʼrsatish maqsadga muvofiq: huquqiy; siyosiy; iqtisodiy; ijtimoiy-
ruhiy; maʼnaviy-maʼrifiy; tashkiliy; texnologik va boshqalar. Ushbu 
tarkibiy qism (omil)lar birgalikda yaxlit tadbirkorlik muhitini 
shakllantiradi. Bugungi kunda tadbirkorlik muhitining iqtisodiy 
mazmuniga oid ilmiy manbalar tahlili shuni koʼrsatadiki, mazkur 
tushuncha aksariyat hollarda tadbirkorlik faoliyati uchun zarur 
shart¬sharoitlarni yaratishga qaratilgan turli yoʼnalish va tavsifdagi 
omillar (tarkibiy qismlar)ning shunchaki yigʼindisi sifatida ifodalangan. 
Biroq, fikrimizcha, tadbirkorlik muhiti tarkibiy qismlarning shunchaki, 
mexanik tarzdagi yigʼindisidan iborat emas. Balki muhit samarali amal 
qilishi, oʼzining funktsiyalarini toʼlaqonli amalga oshirishi uchun 
mazkur tarkibiy qismlar oʼrtasida oʼzaro muvofiqlik va mutanosiblik 
taʼminlangan boʼlishi lozim. 


119 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling