Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
149 Izoh:korxonaning ulgurji narxi to’lovchi tomonidan mustaqil ravishda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 27 yanvar 1995 yilda tasdiqlangan 9 - sonli “Moliyaviy natijalarni shakllanish tartibi va mahsulot (ish, xizmat) tannarxiga kiritiladigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bo’yicha xarajatlar tarkibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq, qilingan barcha xarajatlarni o’zida aks ettirgan holda aniqlanadi. Korxona sotish narxiga aktsiz summalari ham kiradi va u quyidagicha aniqlanadi: улгуржи нарх 100 Курсив сотиш (чикариш) нархи= ; 100 - акциз ставкаси Byudjetga o’tkaziladigan aktsizlar summasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: Сотиш нархи акциз ставкаси Курсив акциз суммаси= ; 100 Aktsiz soliq to’lovlari bo’yicha quyidagi imtiyozlar belgilangan. Aktsiz soliqlari bekor qilingan tovarlar guruhiga: - mebel komplektlariga; - billur mahsulotlar; - chinnidan tayyorlangan servizlar va komplektlar; - xolodilniklar, televizorlar, termoslar; - 1, 5 litrli PTF butilkalardagi alkogolsiz ichimliklar; - spirt nastoykalari va ekstarktlari kiradi. Shuningdek, o’zi ishlab chiqargan mahsulotlarni chet ellarga etkazib berilganda, Qizil Yarimoy jamiyatining korxonalari va tashkilotlari ishlab chiqaradigan mahsulotlarga (bu mablag’lar Jamiyat ustav ehtiyojlariga ishlatilishi sharti) bilan aktsiz solig’i solinmaydi. Quyidagi hollarda aktsiz solig’i solinmaydi: - o’zi ishlab chiqargan aktsizli tovarlarni eksportga yetkazib berish; Mustaqil Hamdo’stlik Davlatlari qatnashchilari bo’lgan davlatlarga yetkazib berilayotgan (olib ketilayotgan) aktsizli tovarlar bunga kirmaydi; - tayyor vino ishlab chiqarish uchun respublika ichkarisidagi iste’molchilarga vino materiallari yetkazib berish; 150 - Mustaqil Hamdo’stlik Davlatlari qatnashchilari bo’lgan davlatlar bilan birga, eksportga va sanoat qayta ishloviga o’simlik (paxta) yog’i yetkazib berish. Izoh: 1. Respublika ichkarisida savdo va boshqa tashkilotlarining (yuqorida ko’rsatilgan hollardan tashqari) realizatsiya qilinadigan vino materiallariga aktsiz solig’i qo’llaniladi. 2. O’simlik (paxta) yog’iga va iste’mol idishida qadoqlangan, tozalangan paxta yog’iga aktsiz solig’i qadoqlash bo’yicha xarajatlarni hisobga olmasdan, ulgurji narxdan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Soliq summasini aniqlashda va uni to’lashda aktsizlarning summasi soliq to’lovchi sotgan tovarlar ro’yxati va hajmi hamda ana shu tovarlar yuzasidan belgilangan aktsiz stavkalariga qarab mustaqil holda belgilanadi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling