Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.4. Tadbirkorni qo’llab quvvatlash va berilgan imtiyozlardan samarali foydalanish orqali agrobiznesni tashkil etishni rivojlantirish.
Soliqlarni 3 xil funktsiyasi: Fiskal funktsi; Tartibga solish va
rag’batlantirish funktsiyasi; Taqsimlash va qayta taqsimlash funktsiyasidir. Soliqqa tortish ob’ekti, korxonaning daromadi (foyda) hisoblanadi. Soliqqa tortish bazasi soliq to’lovchi deb hisoblangan korxonalarga soliqqa tortish maqsadlarida moddiy va unga tenglashtirilgan o’zga xarajatlar, shuningdek, majburiy to’lovlar hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasida Davlat buyujeti xarajarlarini mahsulot ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko’rsatuvchi subektlar tomonidan to’lanadigan soliqlar hisobidan qoplanadi. Soliq salmog’inig asosiy qismini kichik biznes va xususiy tadbirkorlar egallamoqda. 7.4. Tadbirkorni qo’llab quvvatlash va berilgan imtiyozlardan samarali foydalanish orqali agrobiznesni tashkil etishni rivojlantirish. “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” bo’yicha qabul qilingan davlat dasturida quyidagi ustuvor yo’nalishlarga alohida e’tibor qaralgan edi. 147 “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” bo’yicha qabul qilinadigan davlat dasturida quyidagi ustuvor yo’nalishlarga alohida e’tibor qaratish zarur. 1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish. Mavjud normativ – huquqiy bazani tanqidiy nuqtai nazardan qayta ko’rib chiqish. 2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratish. Kichik biznes sub’ektlarining energiya, gaz, suv va kanalizatsiya, issiqlik ta’minoti va shu kabi muxandislik – kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi yoki ularni qurishda ishtirok etish uchun ruxsat olish tartib qoidalarini soddalashtirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilash. 3. Soliq va boshqa to’lovlar borasida qulaylik va yengilliklar yaratish. Xo’jalik sub’ektlari uchun yagona soliq to’lovi stavkasini 2011 yildan boshlab 7 foizdan 6 foizga tushirish. Qishloq xo’jaligida faoliyat yuritayotgan fermer xo’jaliklari yagona yer solig’ini to’laydi. Yagona yer solig’ini yilning 1- iyuligacha 20 foiz, 1- sentyabrga 30 foiz, 1-dekabrga qolgan 50 foiz summani to’lanadi. Tadbirkor korxonalardan hisoblab chiqilgan soliqqa tortish bazasiga muvofiq soliq stavkalari quyidagi tarzda belgilanadi : 1) mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalarning daromad (foyda)lari soliq foiz stavkasi bo’yicha soliqqa tortiladi; 2) videosalonlar, kim oshdi savdolari, kazinolar, pul yutug’i chiqadigan avtomat o’yinlari, davlatga qarashli bo’lmagan idoralar o’tkazadigan lotereya o’yinlaridan va ommaviy kontsert-tomosha tadbirlari o’tkazishdan olinadigan daromadlar 60 foiz stavka bo’yicha soliqqa tortiladi; 3) chet el kapitalining ulushi ustav fondining 30 foizidan kamni tashkil etgan qo’shma korxonalarning daromadlariga ustav fondida chet el kapitalining ulushi 30 foizdan ko’p bo’lgan korxonalarning, shuningdek, chet el korxonalarining, ularning filiallarining, vakolatxonalarining va sho’’ba korxonalarining daromadlariga esa 10 foiz stavka bo’yicha soliq solinadi; Ustav fondida chet el kapitali bo’lgan qo’shma korxonalar xorijiy qatnashchilarining daromadlari chet elga o’tkazilayotganda, basharti, 148 O’zbekiston Respublikasining halqaro shartnomalarida o’zga tartib belgilanmagan bo’lsa, ularga 15 foiz hajmda soliq solinishi belgilangan. Daromadlar chet elga o’tkazilayotganda soliq to’lovining summasi o’tkazilayotgan daromad valyutasida to’lanadi. 4) korxonaning aktsiyalar bo’yicha olingan dividendlaridan tushadigan daromadiga hamda o’zga korxonalarning ustav fondiga kiritilgan kapitaldan olingan boshqa daromadlariga 15 foiz stavka bo’yicha soliqqa tortish tartiblari belgilangan. 5) savdo korxonalarining daromadlilik darajasiga ko’ra yalpi daromaddan tabaqalashtirilgan stavkalar bo’yicha soliq Vazirlar Mahkamasining “Savdo korxonalari va tashkilotlarini soliqqa tortishdagi ayrim o’zgarishlar to’g’risida”gi Qarorida (1994 yil 16 mart, 138 - sonli) ko’rsatilgan 1 - jadvalga muvofiq joriy etish tadbirlari belgilangan va amalda qo’llanilmoqda. 6) qishloq xo’jaligi bilan mashg’ul dehqon-fermer xo’jaliklarining foydasidan olinadigan soliq to’lovlarining stavkalari ularning rentabellik darajasiga uzviy bog’liq ravishda belgilanadi. Xo’jalikning rentabellik darajasi 25 foizgacha bo’lsa 3 foizga, 25 foiz va undan ortiq bo’lsa 20 foiz soliq stavkalari olinadi. Aktsiz tovarni aktsiz solig’i summasini va sotish narxini aniqlashga doir quyidagi misolni keltiramiz (raqamlar shartli): (mahsulot birligiga) 1. Korxonaning ulgurji narxi 40-00 2. Sotish narxiga aktsiz solig’i stavkasi (foiz) 50 3. Sotish narxi (aktsizni hisobga olganda), so’mlarda: 1 катор 100 4000 80 00 100 - 2 катор 50 4. Aktsiz solig’i summasi, so’mlarda (3 qator - 1 qator), yoki: 3 катор 2 катор 40 00 100 Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling