Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
-rasm. Meva-sabzavot klasterini ichki iqtisodiy vertikal va
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
4.3-rasm. Meva-sabzavot klasterini ichki iqtisodiy vertikal va
gorizontal o‘zaro aloqalari 13 . 2017 yil davomida “Bek klaster” korxonasini tashkil etish loyihasi ishlab chiqildi va u 2018 yildan boshlab ko‘p tarmoqli klaster sifatida “qishloq xo‘jalik va meva-sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarishdan to sotishgacha bo‘lgan belgilangan jarayonni mustaqil ravishda amalga oshiruvchi yagona yoki o‘zaro bog‘liq korxonalar guruhi doirasida” faoliyat ko‘rsata boshladi. “Bek cluster” MChJga Sirdaryo viloyatining Mirzaobod, Xovos, Sayxunobod tumanlari va Guliston shahri hududlaridagi korxonalarni birlashtirgan, unga 18 ming gektar yer ajratilgan. 13 Eshonqulov S.X., Urdushev X. Meva-sabzavot klasterda uzum ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotishni optimallashtirish masalalari//“Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 2, mart-aprel', 2019 yil. http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/Murodova.pdf 102 Meva – sabzavot klasteri, - geografik jihatdan konsentratsiyalashgan tarmoq, bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi bozor sub'ektlari (qishloq xo‘jalik korxonalari, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari, qayta ishlash korxonalari, davlat organlari (O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi, innovasion rivojlantirish vazirligi, tashqi iqtisodi y faoliyat milliy banki, o‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi); moliyaviy institutlar; jamoat tashkilotlari; ilmiy-tadqiqot muassasalari; standartlashtirish, sertifikasiyalashtirish metrologiya xizmatlari; innovasiya fondlari, ilmiy- tadqiqot va ta'lim muassasalari, korxonalar, banklar, davlat hokimiyati organlari va boshq.) bo‘lib, u faoliyatini oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarishga, qayta ishlashga va mahsulotlarni sotishga, qishloq hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalarini, atrof-muhit muhofazasini, global muammolarning lokal masalalarini hal etishga yo‘naltiradi va joylashuviga ko‘ra unikal raqobatli ustunliklarga ega bo‘ladigan, fan yutuqlarini, innovatsion texnologiyalarni qo‘llaydigan, bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi bozor sub'ektlarining turli tarmoqlari tizimini tashkil etadi (2-3 rasmlar). Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling