Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/91
Sana11.08.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1666349
TuriУчебник
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91
Bog'liq
agrobiznes

Birinchisi – klasterga uyg’unlashgan korxona va firmalar faoliyati 
aniq bir xil turdagi tovarlar bozori bilan bog’liq bo’lishi zarur. Bunday 
bog’liqlik vertikal (xarid va sotish zanjiri) va gorizantal (qo’shimcha 
bo’limlar va xizmatlar, shunga ketadigan maxsus sarflar, texnologiyalar 
yoki institutlar va boshqa aloqalardan foydalanish). 
Ikkinchisi – klasterlar geografik yaqin joylashgan o’zaro 
bog’liqlikdagi korxonalar guruhi bo’lib, ular o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy- 
ijtimoiy munosabatlarni barqarorlashishi natijasida raqobatbardosh-
likning rivojlanishi, ko’proq qo’shimcha qiymatni yaratishga va 
bozorda sotilishiga imkoniyatlar yaratishdir. 
Bevosita agroklasterning mohiyati A.A. Nastin tomonidan atroflicha 
asoslangan. Jumladan, uning ta'rificha, “agroklaster, bir vaqtda va o‘zaro 
hamkorlikda ishlab chiqarish vazifalarini hal qilish va atrof muhitni 
himoya qilishda birlashish maqsadida geografik jihatdan bir joyda 
joylashgan, o‘zaro bir-biriga bog‘liq va bir-birini to‘ldiruvchi, turli mulk 
egalari-oilaviy ferma, fermerlarni kooperativ korxonalari, ijtimoiy va 
ilmiy tashkilotlar, ta'lim muassasalari va maslahat xizmatlaridan iborat 
bozor sub'ektlari tizimi”dan iborat
3
.
Agroklasterlar o‘zining iqtisodiy mazmuniga ko‘ra agrosanoat 
majmuida tadbirkorlik agroklasteri tarzida namoyon bo‘ladi. Jumladan, 
A.V.Glotka tomonidan berilgan ta'rifda ”agrosanoat majmuidagi 
tadbirkorlik agroklasteri - ushbu tizimda ma'lum darajada o‘zaro aloqa 
qilish madaniyatiga ega bo‘lgan, ishtirokchilarining umumiy iqtisodiy 
manfaatlarini amalga oshiruvchi va texnologik zanjir tamoyili asosida 
tashkil etilgan hududiy jihatdan alohida innovatsion yo‘naltirilgan 
integratsion tuzilma”
4
tarzida bayon etilgan bo‘lsa, Toxchukov R.R. esa, 
3
Настин 
А.А. 
Сельскохозяйственный 
кластер 
Дании//Экономика 
сельскохозяйственных 
и 
перерабатывающих предприятий. 2011. №4,стр.45 
4
Глотко А.В. Инновационна кластерная развития АПК.Материалы межрегион. научно-практ. конф. с 
междунар. участием “ Проблемы и переспективы государственно-правового, экономического и социального 
развития субъектов Российской Федерации” 3-4 октябрь 2008г., Горно-Алтайский, РИО ГАГ, 2008 с.104. 


80 
yanada aniqroq tarzda “tadbirkorlik agroklasteri pirovard natijasi 
sinergetik samara olish hisoblangan ishlab chiqarishning barcha 
bosqichlari - qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdan tayyor 
mahsulotni sotishgacha jarayonlarni yagona takror ishlab chiqarish 
tarzida mujassamlashtirgan turli faoliyat bilan shug‘ullanuvchi 
tashkilotlarni birlashuvi”
5
dan iborat ekanligi sifatida ta'riflaydi. 
Shuningdek, E.Galves-Nogales agroklasterni sodda holda ifodalab - 
“mahsulot ishlab chiqaruvchilar va institutlarning umumiy manfaat olish 
va imkoniyatlarni kashf etish yo‘lida rasmiy yoki norasmiy tarzda oziq-
ovqat va qishloq xo‘jaligi sohalarida o‘zaro bog‘lanishi va tarmoqlararo 
aloqalarni o‘rnatishidir” deya ta'kidlaydi
6
. Ushbu nazariy ta'riflarni 
yanada takomillashtirgan va kengaytirgan holda umumlashtirib, 
“agroklaster-qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta 
ishlash va sotish jarayonlarini yagona zanjirga birlashtirish va yuqori 
texnologik innovatsiyalardan foydalanish bilan bir qatorda, qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini ichki va tashqi bozorda raqobatbardoshligini 
oshirish, qishloq joylarda infratuzilma majmuini shakllantirish va 
rivojlantirish, qishloq aholisini ish bilan bandligi darajasi va 
daromadlarini oshirish hamda kelajakda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini 
sifati va ekologik muhitni yaxshilashda faoliyat yuritadigan xo‘jalik 
yuritish sub'ektlaridan tarkib topadi” degan xulosaga kelish mumkin
7
.
Agroklaster – qishloq xo‘jaligining davlat – ilmiy-tadqiqot – qayta 
ishlash – biznes kabi sub'ektlarning o‘zaro bozor tamoyillariga mos 
munosabatlarini mujassamlashtirgan sub'ekt hisoblanadi. 
Agroklaster - bu qishloq xo'jaligi tashkilotlari, mintaqalar va 
umuman mamlakatning raqobatdoshligi va barqaror rivojlanishiga 
erishish maqsadida tuzilgan, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari 
5
Тохчуков Р. Р., Предпринимательский агропромышленный кластер: теоретические основы создания и 
функционирования в системе апк. рубрика: экономика четверг, 19 апрель 2012 , современные научные 
исследования: электронный научный журнал ,http://www.sni-vak.ru/ info@sni-vak.ru 
6
Galvez-Nogales, Eva. Agro-based clusters indeveloping countries:staying competitive ina globalized economy. 
Food and Agriculture Organization of the United Nations(FAO). Rome, 2010
7
Муродова М.Ч. Агрокластерларни ташкил этишда жанубий корея тажрибасидан фойдаланишнинг 
йўналишлари//“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 4, iyul-avgust, 2019 yil 4/2019 
(№ 00042) http://iqtisodiyot.tsue.uz 


81 
va ilmiy-ta'lim markazlari bilan sheriklik aloqalari bilan bog'langan 
korxonalarning barqaror uzoq muddatli hududiy va tarmoq birlashmasi. 
Agroklasterlar uch xususiyatga asoslanadi, ya'ni: 
– qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha hududiy 
ixtisoslashuv va mahalliylashtirish; 
– tarmoqning xo‘jalik yurituvchi sub'ektlari o‘rtasidagi o‘zaro 
aloqalar; 
– turli tarmoqlar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan tayyor 
mahsulot ishlab chiqaruvchi texnologik o‘zaro aloqalarning 
shakllanganligi. 
Agroklasterning markazi strategik o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida 
shartnoma asosida qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari (fermer 
va dehqon xo‘jaliklari), ilmiy-tadqiqot muassasalari, turli xizmat 
ko‘rsatuvchi infratuzilma tashkilotlari, mahsulotlarni sotish, reklama 
qiluvchi marketing xizmatini o‘z atrofida birlashtirgan qayta ishlovchi 
korxonalar bo‘lishi mumkin. 
Agrosanoat klasterlari tashkil etishni afzalliklari
8
:
• turli mulkchilik shakllarini birlashuvi, ya'ni tarmoqlar va geografik 
hudud bo‘yicha mansubligiga ko‘ra, tashkiliy-huquqiy statusi bo‘yicha, 
yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan yakuniy mahsulot ishlab 
chiqarishni bir butun tizimi shakllantiriladi; 
• bozor iqtisodiyoti sharoitida klaster ishtirokchilari o‘rtasida 
nafaqat raqobat, balki yagona maqsadga erishish uchun - umumstrategik 
rejalar, shartnomalar, brendlar va nomoddiy aktivlardan birgalikda 
foydalanish kabi ishonchli munosabatlar yuzaga keladi;
• korxonalar ixtisoslashuvini kuchaytirilishi va korxonalararo 
mehnatni taqsimlashni takomillashuvi;
• klasterdagi ishtirokchilar manfaatlarini, shuningdek ularning 
hukumat organlari bilan o‘zaro hamkorligini qo‘llab-quvvatlanishi. 
Agroklaster mahalliy davlat hokimiyati tashkilotlari (tuman 
hokimligi), qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari (tuman 
8
Коваль Е.В., Сырбу А.Н. Преимущества региональных сель-скохозяйственных кластеров в повышении 
конкурентоспособности организаций и работников // Управление, Бизнес и Власть. Электронный научно-
практический журнал. – 2013. – № 1. 


82 
fermerlar kengashi va dehqonlar), qayta ishlovchi korxonalarning o‘zaro 
hamkorlikdagi yoki alohida tashabbusi bo‘yicha tashkil etiladi. Uni 
tashkil etishning muhim jihatlaridan biri ishtirokchilarining birgalikda 
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini – ishlab chiqarish – qayta ishlash – 
sotish – ilmiy-tadqiqot jarayonlarini o‘zida mujassamlashtirgan 
hamkorlikdagi loyihalarni amaliyotda qo‘llash orqali bir-birlariga 
ishonchlarining yuqoriligi hisoblanadi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling