77
4.1.Agroklaster tushunchasi va ahamiyati. Agroklasterlar
faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari.
4.2.Agroklasterlarni belgilovchi me'yoriy huquqiy hujjatlar.
4.3.Agroklasterlarni tashkil etish va uni hududlarni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishga ta'siri.
4.4.Agroklasterlarni boshqarish.
4.5.Agroklasterlar tashkil etishning xorij davlatlari tajribasi
4.1. Agroklaster tushunchasi va ahamiyati. Agroklasterlar
faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari.
O‘zbekistonda barcha soha va tarmoqlar kabi qishloq xo‘jaligi ham
jadal rivojlanmoqda. Bunda yer haqiqiy egasini topganligi, sohada izchil
amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli
islohotlar, qishloq xo‘jaligidagi
mavjud holatlar, ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan zarur
ko‘makning
berilayotganligi, ularning har tomonlama qo‘llab-
quvvatlanayotganligi o‘z samarasini bermoqda.
Bugungi kunda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi aksariyat
jihatdan uning raqobatbardoshligini oshirishga bog‘liqdir. Ushbu
yo‘nalishda O‘zbekistonda agroklasterlarni barpo etish muhim omil
hisoblanadi.
Jahon
iqtisodiyotida
integratsiya
jarayonlarining
globallashuvi agrabiznesning ichki
kuchli va zaif tomonlarini ham,
uning tashqi imkoniyatlari va xavf-xatarlarini ham har tomonlama
chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. Aynan ana shu imkoniyatlardan biri
agrosanoat guruhini klaster modeli bo‘yicha tashkil etishdan iborat.
Klaster modeli jahon amaliyotida iqtisodiy guruh, mintaqa,
butun
mamlakat raqobatbardoshliligini ko‘tarish instrumenti sifatida keng
qo‘llaniladi. Klaster modelining asosiy belgilari: guruhning tashqi
bozordagi ulushini
oshirish imkoniyatiga egaligi; joylashgan hududda
qulay sharoitlar (xom ashyo, malakali personal,
infrastruktura, o‘quv
markazlar, ilmiy muassasalar va b.)ning mavjudligi; guruhni davlat
tomonidan kuchli qo‘llash evaziga
qatnashuvchilarning guruhda
samarali ishtirok etish imkoniyatlarining kengligi va boshqalar.
78
Klaster atamasi amerikalik iqtisodchi, Garvard maktabi professori,
raqobat imkoniyatlarini o’rganish bo’yicha mutaxassis bo’lgan
Maykl
Do'stlaringiz bilan baham: