Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
Fermer xo’jagining huquqiy, iqtisodiy asoslari, ularni tashkil etish
tartibi O’zbekiston respublikasining Prezidenti va hukumati fermerlikga oid bo’lgan jahon tajribasi, mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda respublikada fermerlikni bosqichma-bosqich rivojlantirish jarayonini amalga oshirmoqda. Dastavval, O’zbekistonda fermer xo’jaliklarini tashkil etish va rivojlantirishning huquqiy, me’yoriy hujjatlari yaratildi. Jumladan, 68 - 1998 yilda “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonun Oliy Majlis tomonidan qabul qilindi. - O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 oktyabrdagi “2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish Kontseptsiyasi to’g’risida”gi PF – 3342 – sonli farmoni; - Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 oktyardagi “2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish Kontseptsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 476-sonli qarori; - Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 dekabrdagi “2004-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 607-sonli qarori; - qayta tashkil etilayotgan qishloq xo’jaligi korxonasi negizida fermer xo’jaligini tashkil etishda tanlov g’oliblarini aniqlash to’g’risidagi Nizom (2005 yil 4 yanvar). Davrning talabi bilan 2012 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda fermerlik harakatining o’rni va hissasini hamda aholi farovonligini, uning real daromadlarini yanada oshirish uchun ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish bo’yicha muhim qadam qo’yildi. Prezidentning farmoni bilan “O’zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlari” 2 ishlab chiqildi. Farmonda fermer xo’jaliklari tomonidan yuqori daromad olish va qo’shimcha qiymat yaratish maqsadida ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilib, ularga qo’shimcha yer maydonlarini ajratish, imtiyozli kreditlar berish, soliq imtiyozlarini qo’llash kabi chora-tadbirlar amalga oshirilish ko’zda tutilgan edi. Xususan, 2013 yildan boshlab har yili fermer xo’jaliklarida ko’p tarmoqli faoliyatni yo’lga qo’yish yuzasidan maxsus dasturlar qabul qilinib uning ijrosi izchil amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritilmoqda. Mazkur loyihada ko’p tarmoqli fermer xo’jaligining huquqiy maqomi belgilanmoqda. Unga 2 Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2012 йил 22 октябрдаги “ Ўзбекистонда фермерлик фаолиятини ташкил қилишни янада такомиллаштириш ва уни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-4478- сонли Фармони. 69 ko’ra, ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi - qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bog’liq bo’lgan faoliyati bilan birgalikda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat ishlab chiqarishi, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish va qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa faoliyat bilan shug’ullanuvchi fermer xo’jaligidir. Bu sohada islohotlarning yangi bosqichi sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrdagi “Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo’jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-5199-son farmoni qabul qilindi. Farmonga asosan, endilikda fermer xo’jaliklari faoliyatida tubdan o’zgartirish, ya’ni fermer xo’jaliklarida bosqichma-bosqich ko’p tarmoqli faoliyat yo’lga qo’yish ishlari amalga oshiriladi. Unga ko’ra, faqatgina qishloq xo’jaligi mahsuloti ishlab chiqarish bilan shug’ullangan fermer tadbirkorlarimiz bozor talablaridan kelib chiqib o’zlarida qo’shimcha yo’nalishlarni joriy qiladi. Ushbu talabga javob bermaydigan, ko’p tarmoqli faoliyatni yo’lga qo’ymagan sub’ektlar 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab yangilik va yangilanishga intiluvchan, yangi g’oyalar asosida ish yuritishga qobiliyatli, tadbrkorlik qilish, nafaqat o’zining, balki butun xalqimiz dasturxonini to’kin bo’lishiga hissa qo’shishga tayyor bo’lgan shaxslar, ayniqsa yoshlarga joylarini bo’shatib beradilar. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 oktyabrdagi “Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada rivojlantirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3318- son qarori bilan O’zbekiston fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlaridan biri etib ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini rivojlantirishga va har tomonlama qo’llab-quvvatlashga ko’maklashish, ular uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishda bevosita ishtirok etishi belgilab qo’yildi. Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o’lchami 70 paxtachilik va g’allachilik uchun 10 gektar, bog’dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa mahsulotlarni etishtirish uchun esa 1 gektarni tashkil etadi. Chorvachilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaligi kamida 30 ta shartli bosh chorva moli bo’lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xo’jaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam miqdori bir shartli bosh chorva molga hisoblanganda Farg’ona vodiysi viloyatlariga, Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi sug’oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni, qolgan viloyatlarda Qoraqalpog’iston Respublikasida esa 0,45 gektarni, sug’orilmaydigan yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etishi, Nizomda esa aniq yer uchastkalari (konturlar) berilishi ko’rsatilgan. Bular mamlakatda fermerlikni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi. Fermer xo’jaligining iqtisodiy negizini uning mol-mulki tashkil etadi, unga quyidagilar kiritilishi mumkin: Binolar inshootlar, qishloq xo’jalik ekinzorlari va ko’chatzorlarni, dov-daraxtlar, chorva mollari, parrandalari, mavjud bo’lgan barcha qishloq xo’jalik texnikalari, inventarlari, asbob va uskunalari, transport vositalari, etishtirayotgan barcha mahsulotlari, ularni sotish va xizmat ko’rsatishdan olinayotgan barcha mablag’lari, foydasi, intellektual mulki va boshqalar. So’ng bo’lajak a’zolar bilan kelishgan holda tasdiqlab oladi. Fermer xo’jaligining ustavi Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan, “Namunaviy Ustav” asosida tuzilib, quyidagilarni qamrab olgan bo’lishi kerak: - fermer xo’jaligining nomi; - fermer xo’jaligi boshlig’ining familiyasi, o’zining va otasining ismi va yashash joyi; - fermer xo’jaligining joylashgan joyi to’g’risidagi ma’lumotlar va pochta manzili; - fermer xo’jaligining ixtisoslashuvi va faoliyatining asosiy turlari, yo’nalishlari; - uning ustav fondining miqdori va boshqalar. Fermer xo’jaligini ro’yxatdan o’tkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Fermer xo’jaligi davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng tashkil 71 etilgan deb hisoblanadi. U to’liq yuridik shaxs maqomini olish uchun o’zi aloqa qiladigan banklarda turli xildagi xisob va raqamlarini ochishi, tumanning soliq, statistika tashkilotlarida ro’yxatdan o’tib, o’z muhriga, blankalariga ega bo’lishi kerak. Shundan so’ng fermer xo’jaligi to’liq faoliyat yuritadigan yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling