Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fermer xo‘jaligi
Fermer xo‘jaliklari
Bugungi kunga kelib, respublikamizda tadbirkorlik faoliyati sub'ektlari orasida fermer xo‘jaliklariga ham katta ahamiyat berilmoqda. Bu sohani rivojlantirish maqsadida, mamlakatimizda 2004 yil 26 avgustda “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun va bir qancha Prezidentimizning fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga qaratilgan qonunosti xujjatlari qabul qilindi. Fermer xo‘jaligi - ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi, mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub'ekt. Fermer xo‘jaligi O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy sub'ekti hisoblanadi. (“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasi) Odatda, fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va zaxira yerlarda tashkil etiladi. (Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida keyingi paragraflarda to‘liq ko‘rib o‘tiladi) Ishlab chiqarish kooperativi va shirkat xo‘jaligi Ishlab chiqarish kooperativi xo‘jalik shirkati kabi shaxslarning hamda ularning mulk bilan qo‘shiladigan pay badallarini ixtiyoriy birlashmasi bo‘lib, unda uning a'zolarini kooperativ faoliyatida shaxsan ishtirok etishi talab etiladi. 1991 yil 14 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi “Kooperatsiya to‘g‘risida” 295-XII-son Qonuniga muvofiq u yuridik va jismoniy shaxslarga kooperativga ixtiyoriy ravishda kirish va undan erkin chiqish, kooperativni boshqarishda ishtirok etish huquqini, kooperativlarni mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar bilan teng huquqlilik asosida rivojlantirish, jamoa bo‘lib xo‘jalik yuritish mustaqilligini hamda ustavda belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan qarorlar qabul qilishda kooperativning mustaqilligini kafolatlaydi. O‘zbekiston Respublikasida aholining mahsulotlar, ishlar va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun, shuningdek foyda (daromad) olish maqsadida tuziladigan matlubot, ishlab chiqarish va aralash ishlab chiqarish matlubot kooperativlari amal qiladi. Kooperatsiya, shuningdek o‘z a'zolarining uy-joy-maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan 56 kooperativlarni (uy-joy qurish, uy-joy kooperativlarini, garaj qurish, chorbog‘ qurish va shu kabi kooperativlarni) ham o‘z ichiga oladi. Ishlab chiqarish kooperativida a'zolarning shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi kooperativning asosiy belgisi bo‘lib hisoblanadi. Agarda kooperativning ustavida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, daromad ham aynan a'zolarning qilgan mehnatiga muvofiq taqsimlanadi. Chunki, xo‘jalik jamiyatidan farqli ravishda ishlab chiqarish kooperativida birinchi o‘rinda kapital emas, balki mehnat turadi. Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish - matlubot kooperativlarining faoliyati o‘z a'zolarining, shuningdek mehnat shartnomalari (kontraktlar, bitimlar) bo‘yicha ishlayotgan kishilarning o‘z mehnatlari bilan shaxsan ishtirok etishiga asoslanadi. Matlubot kooperativlari hamda o‘z a'zolarining uy-joy maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan kooperativlar faoliyati o‘z mehnati bilan shaxsan ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. Kooperativlar tarmoq, hududiy va boshqa belgilar bo‘yicha xo‘jalik uyushmalariga ixtiyoriylik asosida birlashishlari va yakkahokimlikka qarshi qonunlarning talablarini hisobga olgan holda ish olib borishlari mumkin. Ishlab chiqarish kooperativida a'zo sifatida asosan jismoniy shaxslar ishtirok etishadi. Biroq qonunda va ishlab chiqarish kooperativining ta'sis hujjatlarida uning faoliyatida a'zolik asosida yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi mumkin. Ishlab chiqarish kooperativida ham xo‘jalik shirkatidagidek a'zolarning o‘zgarishi qattiq nazorat qilinadi, ammo ishtirokchilar tarkibini o‘zgarishi uni tugatish uchun asos bo‘lmaydi. O‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki to‘liq bajarmagan kooperativ a'zosi umumiy majlis qarori bilan a'zolikdan chiqarib yuborilishi mumkin. A'zolikdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror ishtirokchilarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Matlubot kooperativlari (jamiyatlari) ishlab chiqarish vositalari va xalq iste'moli mollari xarid qilishni va sotishni tashkil etish orqali fuqarolarning qishloq xo‘jalik mahsulotlari xom ashyosini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi yordamchi xo‘jaliklarini, shuningdek hunarmandchilikni rivojlantirishni rag‘batlantiradilar. Bundan tashqari, 57 qonunga muvofiq, fuqarolar o‘z ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun ixtiyoriylik asosida uy-joy qurish, uy-joy kooperativlari, garaj qurish kooperativlari va boshqa kooperativlar tuzishlari mumkin. Bunday kooperativlar faoliyatining asosiy yo‘nalishi kooperativ mulki obyektlarini (uy-joylar, garajlar va shu kabilar), ustavda nazarda tutilgan hollarda esa - kooperativ a'zolarining mulki bo‘lgan obyektlarni ham qurish va keyinchalik ulardan foydalanishda pul mablag‘lari yoki shaxsiy mehnat bilan ishtirok etishdan, shuningdek kooperativ a'zolariga kooperativni tuzishdan ko‘zlangan maqsadlarga mos xizmatlarni ko‘rsatishdan iboratdir. Shu bilan birga, bog‘dorchilik shirkatlari, yakka tartibda qurilish bilan shug‘ullanuvchilar shirkatlari va o‘zga matlubot shirkatlari ham mavjud bo‘lib, 1991 yil 14 iyundagi “Kooperatsiya to‘g‘risida” 295-XII- son Qonun ularga nisbatan ham amal qiladi. O‘zining huquqiy mavqeiga ko‘ra ishlab chiqarish kooperativi xo‘jalik shirkatiga o‘xshab ketadi, biroq ichki munosabatlarni tartibga solishda muayyan darajada farqlar mavjud. Bu esa o‘z navbatida tadbirkorlik faoliyatini yuritishning tashkiliy – huquqiy shaklini ko‘payishiga olib keladi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling