Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/91
Sana11.08.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1666349
TuriУчебник
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91
Bog'liq
agrobiznes

Fermer xo‘jaliklari 
Bugungi kunga kelib, respublikamizda tadbirkorlik faoliyati 
sub'ektlari orasida fermer xo‘jaliklariga ham katta ahamiyat berilmoqda. 
Bu sohani rivojlantirish maqsadida, mamlakatimizda 2004 yil 26 
avgustda “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi qonun va bir 
qancha Prezidentimizning fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga 
qaratilgan qonunosti xujjatlari qabul qilindi. 
Fermer xo‘jaligi - ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan 
holda, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi, 
mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub'ekt. Fermer xo‘jaligi O‘zbekiston 
Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy sub'ekti 
hisoblanadi. (“Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasi) 
Odatda, fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda 
va zaxira yerlarda tashkil etiladi. (Fermer xo‘jaliklari to‘g‘risida keyingi 
paragraflarda to‘liq ko‘rib o‘tiladi) 
Ishlab chiqarish kooperativi va shirkat xo‘jaligi 
Ishlab chiqarish kooperativi xo‘jalik shirkati kabi shaxslarning 
hamda ularning mulk bilan qo‘shiladigan pay badallarini ixtiyoriy 
birlashmasi bo‘lib, unda uning a'zolarini kooperativ faoliyatida shaxsan 
ishtirok etishi talab etiladi. 1991 yil 14 iyundagi O‘zbekiston 
Respublikasi “Kooperatsiya to‘g‘risida” 295-XII-son Qonuniga muvofiq 
u yuridik va jismoniy shaxslarga kooperativga ixtiyoriy ravishda kirish 
va undan erkin chiqish, kooperativni boshqarishda ishtirok etish 
huquqini, 
kooperativlarni 
mulkchilikning 
barcha 
shakllaridagi 
korxonalar bilan teng huquqlilik asosida rivojlantirish, jamoa bo‘lib 
xo‘jalik yuritish mustaqilligini hamda ustavda belgilangan vazifalarni 
bajarish yuzasidan qarorlar qabul qilishda kooperativning mustaqilligini 
kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasida aholining mahsulotlar, ishlar va 
xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun, shuningdek foyda 
(daromad) olish maqsadida tuziladigan matlubot, ishlab chiqarish va 
aralash ishlab chiqarish matlubot kooperativlari amal qiladi.
Kooperatsiya, shuningdek o‘z a'zolarining uy-joy-maishiy va 
boshqa 
ijtimoiy 
ehtiyojlarini 
qondirishga 
xizmat 
qiladigan 


56 
kooperativlarni (uy-joy qurish, uy-joy kooperativlarini, garaj qurish, 
chorbog‘ qurish va shu kabi kooperativlarni) ham o‘z ichiga oladi. 
Ishlab chiqarish kooperativida a'zolarning shaxsiy mehnati bilan 
ishtirok etishi kooperativning asosiy belgisi bo‘lib hisoblanadi. Agarda 
kooperativning ustavida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, 
daromad ham aynan a'zolarning qilgan mehnatiga muvofiq taqsimlanadi. 
Chunki, xo‘jalik jamiyatidan farqli ravishda ishlab chiqarish 
kooperativida birinchi o‘rinda kapital emas, balki mehnat turadi. 
Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish - matlubot kooperativlarining 
faoliyati o‘z a'zolarining, shuningdek mehnat shartnomalari (kontraktlar, 
bitimlar) bo‘yicha ishlayotgan kishilarning o‘z mehnatlari bilan shaxsan 
ishtirok etishiga asoslanadi. Matlubot kooperativlari hamda o‘z 
a'zolarining uy-joy maishiy va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga 
xizmat qiladigan kooperativlar faoliyati o‘z mehnati bilan shaxsan 
ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin.
Kooperativlar tarmoq, hududiy va boshqa belgilar bo‘yicha xo‘jalik 
uyushmalariga ixtiyoriylik asosida birlashishlari va yakkahokimlikka 
qarshi qonunlarning talablarini hisobga olgan holda ish olib borishlari 
mumkin. Ishlab chiqarish kooperativida a'zo sifatida asosan jismoniy 
shaxslar ishtirok etishadi. Biroq qonunda va ishlab chiqarish 
kooperativining ta'sis hujjatlarida uning faoliyatida a'zolik asosida 
yuridik shaxslar ham ishtirok etishi nazarda tutilishi mumkin.
Ishlab chiqarish kooperativida ham xo‘jalik shirkatidagidek 
a'zolarning o‘zgarishi qattiq nazorat qilinadi, ammo ishtirokchilar 
tarkibini o‘zgarishi uni tugatish uchun asos bo‘lmaydi. O‘z 
majburiyatlarini bajarmagan yoki to‘liq bajarmagan kooperativ a'zosi 
umumiy majlis qarori bilan a'zolikdan chiqarib yuborilishi mumkin. 
A'zolikdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror ishtirokchilarning oddiy 
ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. 
Matlubot kooperativlari (jamiyatlari) ishlab chiqarish vositalari va 
xalq iste'moli mollari xarid qilishni va sotishni tashkil etish orqali 
fuqarolarning qishloq xo‘jalik mahsulotlari xom ashyosini yetishtiruvchi 
va 
qayta 
ishlovchi 
yordamchi 
xo‘jaliklarini, 
shuningdek 
hunarmandchilikni rivojlantirishni rag‘batlantiradilar. Bundan tashqari, 


57 
qonunga muvofiq, fuqarolar o‘z ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun 
ixtiyoriylik asosida uy-joy qurish, uy-joy kooperativlari, garaj qurish 
kooperativlari va boshqa kooperativlar tuzishlari mumkin. Bunday 
kooperativlar faoliyatining asosiy yo‘nalishi kooperativ mulki 
obyektlarini (uy-joylar, garajlar va shu kabilar), ustavda nazarda tutilgan 
hollarda esa - kooperativ a'zolarining mulki bo‘lgan obyektlarni ham 
qurish va keyinchalik ulardan foydalanishda pul mablag‘lari yoki 
shaxsiy mehnat bilan ishtirok etishdan, shuningdek kooperativ a'zolariga 
kooperativni tuzishdan ko‘zlangan maqsadlarga mos xizmatlarni 
ko‘rsatishdan iboratdir.
Shu bilan birga, bog‘dorchilik shirkatlari, yakka tartibda qurilish 
bilan shug‘ullanuvchilar shirkatlari va o‘zga matlubot shirkatlari ham 
mavjud bo‘lib, 1991 yil 14 iyundagi “Kooperatsiya to‘g‘risida” 295-XII-
son Qonun ularga nisbatan ham amal qiladi. O‘zining huquqiy mavqeiga 
ko‘ra ishlab chiqarish kooperativi xo‘jalik shirkatiga o‘xshab ketadi, 
biroq ichki munosabatlarni tartibga solishda muayyan darajada farqlar 
mavjud. Bu esa o‘z navbatida tadbirkorlik faoliyatini yuritishning 
tashkiliy – huquqiy shaklini ko‘payishiga olib keladi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling