Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
I BOB. “AGROBIZNESNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH” FANI
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlari
I BOB. “AGROBIZNESNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH” FANI
PREDMETI, O‘RGANISH USULLARI VA VAZIFALARI 6 ishlab chiqaruvchi, qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi, yetishtirilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi, saqlovchi hamda iste’molchilarga yetkazib beruvchi barcha tarmoqlar faoliyatiga bog’liq. Chunonchi, ular qishloq xo’jalik korxonalarini talab etilgan barcha turdagi texnikalar, kimyoviy vositalar, yoqilg’i-moylash, qurilish materiallari, stanoklar bilan o’z vaqtida ta’minlab, mavjud qishloq xo’jalik texnikalarini arzon va sifatli ta’mirlab, tarmoqning rivojlanishini ta’minlaydigan xizmatlarni ko’rsatib, unda yetishtirilgan mahsulotlarni yig’ib-terib, qayta ishlab, iste’molchilarga sifatli holda yetkazib bersalar, qishloq xo’jaligining rivojlanishiga katta hissa qo’shgan bo’ladilar. Qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo’ladi. 1. Qishloq xo’jaligida tabiiy omillarning ta’siri katta. Ular ishlab chiqarishning mavsumiyligidan kelib chiqadi. 2. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish vositalari sifatida tirik organizmlar qatnashadi. Bu, o’z navbatida, mutaxassislardan faqatgina iqtisodiy qonuniyatlarnigina emas, balki biologik qonunlarni ham bilishni va ishlab chiqarishni tashkil etishda ularni hisobga olishni talab qiladi. 3. Yer asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, undan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Ularni inkor etish yoki yetarlicha hisobga olmaslik katta salbiy oqibatlarga olib keladi. 4. Qishloq xo’jaligida sarflanayotgan moddiy xarajatlar davri bilan faoliyat natijasida olinayotgan daromadlarning olinish davri o’rtasida farq katta. 5. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish juda katta maydonlarda olib boriladi. 6. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarilgan mahsulotlarining bir qismini o’zi urug’lik, yem – xashak, oziq – ovqat sifatida imte’mol qiladi. 7. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarining ko’p turlarini uzoq saqlash mumkin emas. 7 Qishloq ho’jaligi mamlakatimiz uchun ham siyosiy, ham iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etgan soha bo’lib, u quyidagi funktsiyalarni bajaradi: • mamlakatmizni oziq ovqat fondini shakllantiradi; • yurtimizning oziq-ovqat sohadagi mustaqilligini ta’minlaydi; • qishloq ho’jaligi mahsulotlarini qayta ishlaydigan sanoat uchun xom ashyo yetkazib beradi; • aholini ish joylari bilan ta’minlaydi. Qishloq xo’jaligi agrosanoat majmuasining asosiy, ya’ni markaziy tarmog’i hisoblanadi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling