Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
Oltinchidan, agrosanoat majmuasi oxirgi tayyor mahsulotining
sifati qanday bo’lishi qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulot sifati bilan belgilanadi; Yettinchidan, aynan qishloq xo’jaligini sanoatlashtirish jarayoni agrosanoat integratsiyasini kuchaytiradi. Bunda qishloq xo’jaligi va sanoat yanada yaqinlashadi. Bu esa fan, texnika taraqqiyotini tezlashtiruvchi asosiy omillardan biridir. Qishloq xo’jaligi rivojlanishi natijasida majmua tarkibidagi tarmoqlarning ham yuksalishi ta’minlanadi. Masalan, tarmoqning ko’lami kengaysa, ishlab chiqarish vositalariga bo’lgan talab ortadi. Bu talabni qondirish uchun sanoat tarmoqlari intensiv faoliyat ko’rsatish bilan hajman kengayishga ham erishishlari lozim. Tarmoqda qishloq xo’jalik mahsulotlari hajmining barqaror ravishda o’sishi ularni qayta ishlovchi tarmoqlar samarali faoliyat ko’rsatishini talab etadi. Demak, agrosanoat majmuasi tarkibidagi barcha tarmoqlar qishloq xo’jaligi bilan bevosita bog’liq. Shuning uchun respublika qishloq xo’jaligini maqsadga muvofiq tashkil etish va zamon talabi asosida boshqarishga alohida e’tibor berish lozim. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligidagi tarkibiy va institusional o‘zgarishlar bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirildi. Birinchisi – agrar sektorni isloh qilish, shu jumladan yer islohoti. Kolxoz va sovxozlarni fermer xo‘jaliklari etib qayta tashkil qilish, qishloq xo‘jaligi bilan kooperatsiya asosida ishlovchi korxonalarni xususiylashtirish. Qishloqda ko‘p ukladli iqtisodiyotni tashkil etish. Yerga bo‘lgan mulk huquqi masalalarini hal etish. 9 Ikkinchisi – mahsulotlarni sotib olish va sotish, ishlab chiqarish ulgurji va chakana savdosi tizimini davlat tasarrufidan chiqarish. Yangi sotish tarmoqlari, shu jumladan ulgurji bozorlar, birjalar, yarmarkalar rivojlandi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling