Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/91
Sana11.08.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1666349
TuriУчебник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91
Bog'liq
agrobiznes

Uchinchisi – agrar sektorni davlat tomonidan tartibga solish 
tizimini o‘zgartirish: tashkiliy tuzilmalarni qayta qurish va qishloq 
xo’jaligini boshqarish usullarini o‘zgartirish. Texnika va asbob-
uskunalarni yetkazib berish uchun lizing munosabatlari shakllana 
boshladi, qishloq xo‘jaligi faoliyatini ixtiyoriy sug‘urta qilish rivojlandi.
To‘rtinchisi – talab va taklifni hisobga olgan holda bozor 
infratuzilmasi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish infratuzilmasini 
shakllantirish. Isloh qilishning mazkur yo‘nalishi qishloq xo‘jaligi 
tashkilotlarining kommunal xo‘jaligi va ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarini 
saqlab turish funksiyalaridan xalos etilishi bilan bog‘liq.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonda 
respublikamizning 
o‘ziga 
xos 
xususiyatlari 
va 
sharoitlarini 
xalqimizning, mentaliteti, an'analari, urf-odatlari va turmush tarzini, 
shuningdek o‘tmishdagi iqtisodiyotni bir tomonlama rivojlantirishning 
og‘ir oqibatini har tomonlama hisobga olishga asoslangan o‘ziga xos 
agrar siyosat ishlab chiqildi.
O‘zbekistonda mamlakatimizning mavjud ishlab chiqarish 
salohiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqilib, amalga oshirilayotgan 
davlat agrar siyosati quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ydi:
1) paxta xomashyosi yetishtirishni mamlakatimizning yillik eksport 
va valyuta balansini barqarorlashtirish uchun zarur bo‘lgan hajmda 
saqlab qolish;
2) mamlakatimizning iqtisodiy suverenitetini ta'minlash uchun 
g‘alla mustaqilligiga erishish
3) sanoatni hamda ijtimoiy infratuzilma va bozor infratuzilmasini 
rivojlantirish uchun qishloq xo‘jaligida shakllangan daromadning bir 
qismini boshqa tarmoqlarga qayta taqsimlash;
4) qishloq aholisining turmush darajasini 
yaxshilash va 
farovonligini oshirish. Yer islohotining amalga oshirilishi natijasida 
qishloqda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun asos solindi. 


10 
Bularning barchasi xususiy sektorda ishlab chiqarishning tez o‘sishiga 
va qishloq oilalari real daromadlarining oshishiga xizmat qildi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling