116
6.1. Tadbirkorlik muhiti.
6.2. Tadbirkorlik muhitiga ta’sir etuvchi omillar.
6.3. Tadbirkorlik faoliyatidagi tashki va ichki omillar.
6.1.
Tadbirkorlik muhiti.
Eng avvalo, muhit tushunchasining mazmuniga toʼxtaladigan
boʼlsak, “muhit (arabcha – oʼrab olingan, ihota etilgan) – hayot, faoliyat
kechadigan tabiiy yoki ijtimoiy sharoitlar majmui”, “muhit – bu
atrofdagi
shart-sharoit, holat, ushbu sharoitlar bilan bogʼlangan kishilar
yigʼindisi” deya izohlanadi. Demak, muhit – oʼzining muayyan
obʼektiga nisbatan qulay hayotiy faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini
taʼminlovchi shart-sharoitlar majmui. Bundan koʼrinadiki,
muhit keng
tushuncha. Uni tabiat, ijtimoiy hayotdagi koʼplab obʼektlarga nisbatan
qoʼllash mumkin. Masalan, oʼsimliklarning
mikrobiologik muhiti, oila
muhiti, mehnat jamoasi muhiti, jamiyatdagi ijtimoiy muhit va hokazo.
Bu tushunchalarning umumiy tomoni shundaki,
ularning barchasida
muhit mazmuni jihatidan turlicha boʼlgan obʼektlar uchun qulay hayotiy
faoliyatni amalga oshirish imkoniyatini taʼminlovchi shart-sharoitlar
majmui sifatida maydonga chiqadi. Shuningdek, tadbirkorlik muhiti ham
iqtisodiyotning turli darajasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish
uchun zarur boʼlgan shart-sharoitlar majmuini ifodalaydi.
Tadbirkorlik
muhiti, birinchidan, kishilarning tadbirkorlik faoliyatini boshlash va u
bilan shugʼullanish xohishi va imkoniyatlariga taʼsir
etuvchi umumiy
iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy, siyosiy omillarni oʼz ichiga olsa,
ikkinchidan,
tadbirkorlik
faoliyatini
boshlash
jarayonlarini
yengillashtiruvchi koʼmak va qoʼllab-quvvatlash
xizmatlarini nazarda
tutadi. Tadbirkorlik muhitining iqtisodiy mazmunini ochib berishda
mamlakatimiz hamda xorijlik olim va mutaxassislar tomonidan uning
qator jihatlari tadqiq etilganini taʼkidlash lozim. Jumladan, D. Gnyawali
Do'stlaringiz bilan baham: