Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/91
Sana11.08.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1666349
TuriУчебник
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91
Bog'liq
agrobiznes

Soliqlarni 3 xil funktsiyasi: Fiskal funktsi; Tartibga solish va 
rag’batlantirish funktsiyasi; Taqsimlash va qayta taqsimlash 
funktsiyasidir.  
Soliqqa tortish ob’ekti, korxonaning daromadi (foyda) hisoblanadi.
Soliqqa tortish bazasi soliq to’lovchi deb hisoblangan korxonalarga 
soliqqa tortish maqsadlarida moddiy va unga tenglashtirilgan o’zga 
xarajatlar, shuningdek, majburiy to’lovlar hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida Davlat buyujeti xarajarlarini mahsulot 
ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko’rsatuvchi subektlar tomonidan 
to’lanadigan soliqlar hisobidan qoplanadi. Soliq salmog’inig asosiy qismini 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlar egallamoqda.
7.4. Tadbirkorni qo’llab quvvatlash va berilgan imtiyozlardan 
samarali foydalanish orqali agrobiznesni tashkil etishni 
rivojlantirish. 
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” bo’yicha qabul qilingan 
davlat dasturida quyidagi ustuvor yo’nalishlarga alohida e’tibor qaralgan 
edi.


147 
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” bo’yicha qabul 
qilinadigan davlat dasturida quyidagi ustuvor yo’nalishlarga alohida e’tibor 
qaratish zarur.
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining huquq va 
manfaatlarini himoya qilish. Mavjud normativ – huquqiy bazani tanqidiy 
nuqtai nazardan qayta ko’rib chiqish.
2. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay muhit 
yaratish. Kichik biznes sub’ektlarining energiya, gaz, suv va kanalizatsiya, 
issiqlik ta’minoti va shu kabi muxandislik – kommunikatsiya tarmoqlariga 
ulanishi yoki ularni qurishda ishtirok etish uchun ruxsat olish tartib 
qoidalarini soddalashtirish bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilash.
3. Soliq va boshqa to’lovlar borasida qulaylik va yengilliklar yaratish. 
Xo’jalik sub’ektlari uchun yagona soliq to’lovi stavkasini 2011 yildan 
boshlab 7 foizdan 6 foizga tushirish.
Qishloq xo’jaligida faoliyat yuritayotgan fermer xo’jaliklari yagona yer 
solig’ini to’laydi. Yagona yer solig’ini yilning 1- iyuligacha 20 foiz, 1- 
sentyabrga 30 foiz, 1-dekabrga qolgan 50 foiz summani to’lanadi.
Tadbirkor korxonalardan hisoblab chiqilgan soliqqa tortish bazasiga 
muvofiq soliq stavkalari quyidagi tarzda belgilanadi : 
1) mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalarning daromad 
(foyda)lari soliq foiz stavkasi bo’yicha soliqqa tortiladi;
2) videosalonlar, kim oshdi savdolari, kazinolar, pul yutug’i chiqadigan 
avtomat o’yinlari, davlatga qarashli bo’lmagan idoralar o’tkazadigan 
lotereya o’yinlaridan va ommaviy kontsert-tomosha tadbirlari o’tkazishdan 
olinadigan daromadlar 60 foiz stavka bo’yicha soliqqa tortiladi; 
3) chet el kapitalining ulushi ustav fondining 30 foizidan kamni tashkil 
etgan qo’shma korxonalarning daromadlariga ustav fondida chet el 
kapitalining ulushi 30 foizdan ko’p bo’lgan korxonalarning, shuningdek, 
chet el korxonalarining, ularning filiallarining, vakolatxonalarining va 
sho’’ba korxonalarining daromadlariga esa 10 foiz stavka bo’yicha soliq 
solinadi; 
Ustav fondida chet el kapitali bo’lgan qo’shma korxonalar xorijiy 
qatnashchilarining daromadlari chet elga o’tkazilayotganda, basharti, 


148 
O’zbekiston Respublikasining halqaro shartnomalarida o’zga tartib 
belgilanmagan bo’lsa, ularga 15 foiz hajmda soliq solinishi belgilangan.
Daromadlar chet elga o’tkazilayotganda soliq to’lovining summasi 
o’tkazilayotgan daromad valyutasida to’lanadi.
4) korxonaning aktsiyalar bo’yicha olingan dividendlaridan tushadigan 
daromadiga hamda o’zga korxonalarning ustav fondiga kiritilgan kapitaldan 
olingan boshqa daromadlariga 15 foiz stavka bo’yicha soliqqa tortish 
tartiblari belgilangan.
5) savdo korxonalarining daromadlilik darajasiga ko’ra yalpi 
daromaddan tabaqalashtirilgan stavkalar bo’yicha soliq Vazirlar 
Mahkamasining “Savdo korxonalari va tashkilotlarini soliqqa tortishdagi 
ayrim o’zgarishlar to’g’risida”gi Qarorida (1994 yil 16 mart, 138 - sonli) 
ko’rsatilgan 1 - jadvalga muvofiq joriy etish tadbirlari belgilangan va 
amalda qo’llanilmoqda.
6) qishloq xo’jaligi bilan mashg’ul dehqon-fermer xo’jaliklarining 
foydasidan olinadigan soliq to’lovlarining stavkalari ularning rentabellik 
darajasiga uzviy bog’liq ravishda belgilanadi. Xo’jalikning rentabellik 
darajasi 25 foizgacha bo’lsa 3 foizga, 25 foiz va undan ortiq bo’lsa 20 foiz 
soliq stavkalari olinadi.
Aktsiz tovarni aktsiz solig’i summasini va sotish narxini aniqlashga 
doir quyidagi misolni keltiramiz (raqamlar shartli): 
(mahsulot birligiga) 
1. Korxonaning ulgurji narxi 40-00
2. Sotish narxiga aktsiz solig’i stavkasi (foiz) 50 
3. Sotish narxi (aktsizni hisobga olganda),
so’mlarda: 
1 катор 100 4000
80 00
100 - 2 катор 50

 
4. Aktsiz solig’i summasi, so’mlarda
(3 qator - 1 qator), yoki: 
3 катор 2 катор
40 00
100



Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling