Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
V BOB. AGROBIZNES FAOLIYATINING HUQUQIY
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
V BOB. AGROBIZNES FAOLIYATINING HUQUQIY
ASOSLARI 110 tuzilmalari tuzilishini jaxon davlatlari tajribasi va huquqiy amaliyotiga muvofiqlashtirilishini; ikkinchidan, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish tuzilmalarining respublikamiz iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashda mavqeining oshishi va ularning tadbirkorlik faoliyat yuritishini huquqiy taminlashni; uchinchidan, qishloq xo‘jalik tijoratchi korxonalarining iqtisodiy qaramsizligi va xo‘jalik mustakilligini hamda ularning tadbirkorlik va biznes sohasida faoliyatini rag’batlantirish murvatlarining qonuniy asoslarini mustahkamlashni: to‘rtinchidan, respublika qishloq xo‘jaligining imkoniyatiga, qishloq xo‘jalik tadbirkorlarning tashabbuskorligi va dehqonlarni huquqiy va ijtimoiy himoya qilish tizimini shakllantirishga haqqoniy baho berishni talab etadi. Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatining asosiy mazmuni shundan iboratki, dehqonlarga o‘zlarining tadbirkorligi va tashabbus- korligini ro’yobga chiqarish uchun keng erkinlik berish, ishlab chiqarish vositalarini o‘zining xo‘jayiniga ega bo’lish, o‘z mehnatlarining pirovard natijalari bo’yicha manfaatdorligini oshirib, ishlab chiqargan mahsulotlarini mustaqil tassaruf etish huquqini kafolatlash zarur. Qishloq xo‘jaligida tadbirkorlik faoliyatining mazmuni tushunib olishda tarmoqdagi turli xil tadbirkorlik sub’ektlarining tashkiliy huquqiy shakli sifatida ularning tutgan o’rni, huquqiy maqomining o‘ziga xos xususiyatlarini mavjudligini e’tirof etish tashkil etishi ular faoliyatining samaradorligini oshirishning muhim sharti bo’lib hisoblanadi. Mamlakat qishloq xo‘jaligi barqarorligini ta’minlash maqsadida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, ya’ni dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratildi. Ayni vaqtda, respublikamizda fermer xo‘jaliklari to‘g‘risidagi islohotlarni chuqurlashtirish va ko‘lamini kengaytirishga qaratilgan ko‘plab chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning asosiy shakliga, sohani barqaror va samarali rivojlantirishni ta’minlaydigan yetakchi kuchga aylandi. Bugungi fermer xo‘jaliklari samarali faoliyat yuritish uchun o‘z ixtiyorida ijara asosidagi yetarlicha ekin maydonlariga ega bo‘lgan, yuksak samarali zamonaviy texnika bilan ta’minlangan, ilg‘or texnologiyalarni puxta egallagan yirik 111 xo‘jaliklardir. Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bilan birga, ularni chuqur qayta ishlash, qurilish ishlarini amalga oshirish va qishloq aholisiga xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarda samarali faoliyat ko‘rsatmoqda va o‘z istiqbolini topmoqda. Qishloqda bozor infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirish, Moddiy-texnika ta’minotini mustahkamlash, moliyalashtirish va kreditlashning yangi shaklini ishlab chiqarishga joriy qilish va boshqa dolzarb masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan ko‘plab dasturlar tayyorlandi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 martdagi “Qishloq xo‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmonida fermer xo‘jaliklarini shakllantirishning quyidagi asosiy qoidalari belgilab berilgan: fermer xo‘jaliklari, qoida tariqasida, tugatiladigan, zarar bilan ishlayotgan, past rentabelli va istiqbolsiz shirkatlar negizida tashkil etiladi; fermer xo‘jaligi yuridik shaxs sifatida, asosan, xususiy korxona shaklida, keyinchalik ular turli shakldagi kooperatsiyalarga birlashish huquqi bilan barpo qilinadi; fermer xo‘jaliklariga beriladigan yer maydonlari shirkat xo‘jaliklarining balansidanchiqariladi; yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish moddiy texnika resurslari va xizmatlarni olish uchun shartnomalarni faqat fermer xo‘jaliklarining o‘zlari tayyorlov, qayta ishlash hamda xizmat ko‘rsatish korxonalari va tashkilotlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzadilar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 12 dekabrdagi “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining joriy qilinishi agroiqtisodiyotni yangi qishloq xo‘jaligi texnikalari bilan ta’minlashga sharoit yaratib berdi. Mazkur islohotlar natijasida ushbu davrda dehqon va fermer xo‘jaliklarining mahsulot ishlab chiqarishdagi samaradorligi yaqqol ko‘zga tashlanib, bir yilda o‘rtacha 6,8 foizdan o‘sdi. Mamlakatda bozor munosabatlarini rivojlantirish sharoitida fermer 112 xo‘jaliklarining tashkil topishi agrar islohotlarning asosiy mazmunini tashkil etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 6 oktabrdagi F- 3077-son “Fermer xo‘jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari miqdorini maqbullashtirish (optimallashtirish) choralarini ko‘rish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishi natijasida bir fermer xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan yer maydoni 2 baravarga, ya’ni 27 gektardan 56 gektarga kengaydi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 31 yanvardagi 22-son Qarori bilan “Fermer xo‘jaligining yer maydonini maqbullashtirish va uni tugatish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktabrdagi “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF- 4478-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda fermer xo‘jaliklarining yer maydonlarini maqbullashtirish jarayonida ularning huquqlari qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash, fermer xo‘jaliklarini tugatishda qonunchilik normalariga rioya etish kafolatlarining ishonchli tizimini yaratish maqsadida qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyeev 2017 yil 9 dekabrdagi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida “Hozirgi kunda fermer xo‘jaliklari va umuman, qishloq xo‘jaligi sohasi davlatimiz tomonidan har tomonlama qo‘llab- quvvatlanib, ularga barcha zarur sharoit va imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Fermer va dehqonlarimiz qishloq xo‘jaligida asosiy kuch bo‘lib, nafaqat mazkur sohani, balki butun mamlakatimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimizning turmush darajasini oshirish, yurtimizni har jihatdan obod va farovon qilishda beqiyos ishlarni amalga oshirayotganini bugun faxr va g‘urur bilan, minnatdorchilik bilan qayd etamiz”, deb ta’kidladilar. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling