Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
Kooperatsiya munosabatlari– ma’lum va aniq maqsad asosida
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlariga erishish uchun xo’jalik sub’ektlarini o’zaro erkin, ixtiyoriy va ko’ngilli ravishda birlashishlari hisoblanib, bu hamkorlik natijasida ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarga erishish bosh me’zon hisoblanadi. 153 Kooperatsiyaning ahamiyati kooperatorlar hayotining mazmuni bo‘lgan kooperativning funksional asosidan tashkil topadi. Qaysikim, bu qadriyat umumxo‘jalik faoliyati, boshliqlar va a'zolarining axloqi bo‘lib, ular jamiyatda mashhur bo‘lishini va kooperativ tashkilotlar, korxonalarning mustahkam o‘sishini ta'minlaydi. Kooperativlar eng avvalo iste'molchilarning iqtisodiy kam ta'minlangan qatlamlari, mayda ishlab chiqaruvchilar va dehqonlar orasida qo‘llab-quvvatlanadi. Boshdanoq kooperativ harakati qator tamoyillarni ilgari surib keldi, ular hozirgacha kooperativlar faoliyatining asosini belgilaydi. Yuqorida ta'kidlanganlardan shunday xulosa qilish mumkinki, kooperatsiya bu - ma'lum sohada o‘z mablag‘lari va harakatlarini birlashtirgan kooperativ a'zolarining yirik xo‘jalik tashkilotining turli afzalliklaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishidir. Hozirgi paytda dunyoda 750000 kooperativlar faoliyat yuritmoqda, ular o‘zlarida 800 million kooperatorlarni birlashtirgan bo‘lib, ularda 120 mln. ishchilar ishlamoqda. Rivojlangan davlatlarda kooperativlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda muhim iqtisodiy omil hisoblanib, 300 dan ortiq kompaniyalar o‘zaro yordamga asoslangan va kooperativlarni planetadagi jami oboroti 1100 mlyard. AQSh dollarga teng bo‘lib, jahon iqtisodiyotining 12 foiz qismini tashkil etadi 15 . 2016 yil 30 noyabrda “Kooperativlarga birlashish orqali hamkorlikdagi manfaatlarga erishish g‘oya va amaliyoti” Yuneskoning nomoddiy madaniyat ro‘yxatiga kiritildi. Kooperativlar xususiy korxonalarga nisbatan globallashuvdan kamroq jabrlanadi. Ular pay kapitaliga tayananadi, a'zolari oldidagi aniq muammolarni hal qiladi, o‘ziga spekulyativ faoliyatini ergashtirmaydi, tijorat jarayonlarini, daromadni va ularning ishlatilishi shaffofligini saqlab qoladi. Hozirda kunda agrar tarmoqda kooperatsiya umumiy mohiyati shundan iboratki, bunda eng avvalo kuchli bozor raqobatiga bardosh berib, o‘z oldiga iqtisodiy va ijtimoiy holatini yaxshilashni maqsad qilib 15 Коринец Р. СельскохозяйственнаяобслуживающаякооперациявУкраине. ФАО региональное бюро по Европе и Центральной Азии.Исследования по политике перехода сельского хозяйства No. 2013-6 154 qo‘ygan bozor sub'ektlarining erkin tadbirkorlik va biznes bilan shug‘ullanishida ma'lum sohalarda faoliyatini birlashtirishi va kooperatsiya jarayoni ishtirokchilarini bozordagi turli monopolist tashkilotlar va tuzilmalar faoliyatidan himoya qilish ko‘zda tutiladi. Respublikamizda qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalarining afzalliklari va uni tashkil etishdagi muammolar quyidagilar deb ko‘rsatib o‘tilgan. Professor O.Murtazaev tomonidan qishloq xo‘jaligida kooperatsiyaning zarurligi quyidagilar aks ettiriladi: - Qishloq xo‘jaligi mayda tovar ishlab chiqaruvchilari yaxlit ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok eta olmasligi; - Davlat korxonasidan farq qilishi bilan ya'ni a) o‘z a'zolarini extiyojlarini qondirishga hissa qo‘shadi, jamiyatni emas; b) kooperativga birlashmagan boshqa odamlarga nisabatan kooperativ a'zolarining qulay ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardan qoniqishlariga yordam beradi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida fermer xo‘jaliklarining salohiyatini oshirish, xarajatlar darajasini kamaytirish va nihoyat ular faoliyati samaradorligini oshirish uchun yangi iqtisodiy- ijtimoiy reallikdan kelib chiqqan holda kooperatsiyaviy munosabatlarni shakllantirish hamda rivojlantirish talab etiladi. Iqtisodiyotdagi global o‘zgarishlar qishloq xo‘jaligida kooperatsiyaning turli shakllarini samarali tashkil etish muhim masala hisoblanadi. Mahalliy kooperatsiyalar faoliyatini samarali tashkil etish va bozor iqtisodiyoti sharoitida samarali kooperatsiya munosabatlarini o‘rnatishda zamonaviy yondashuvlarga asoslanishi kerak: - kooperativ tashkilotlar faoliyati nafaqat mulkdorlar va xaridorlarning maqsadlariga yo‘naltirilgan balki, bu tarmoq va hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini va bilvosita hududlarni iqtisodiyotini rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi. - zamonaviy kooperativlar integratsiyalashgan-diversifikasiya- lashgan tizimni ifodalaydi. - iqtisodiyotni modernizasiyalanishi va bilimlar iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida kooperatsiyalar faoliyati fan-texnika yutuqlarini tadbiq qilish orqali o‘zlarini samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshiradilar. Hamda yangicha xizmat turlari va ishlab chiqarishni amalga oshirishlari zarur. 155 Kooperatsiyaning rivojlanishi mulkchilikning boshqa shakllariga asoslangan tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi tuzilmalarning rivojlanishini istisno etmasligi kerak. Xo‘jalik yuritishning kooperativ shakllari samaradorligiga faqat ushbu tuzulmalar bilan raqobat asosida erishish mumkin. Shu bilan birga, kooperatsiya uni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining qo‘llab- quvvatlashlarisiz, shu jumladan uning shakllanishi, vujudga kelishi va rivojlanishi uchun tegishli me'yoriy-huquqiy bazani yaratish yo‘li bilan ko‘rsatadigan yordamisiz rivojlana olmaydi. Kooperatsiya munosabatlarining samarali yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yilganda: - fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining ekin maydonlaridan samarali foydalanishdagi shaxsiy manfaatdorligi va mas'uliyati yanada oshadi; - ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratiladi; - fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining moliyaviy- iqtisodiy barqarorligini ta'minlanadi, ularning tayyorlov, qayta ishlash, ta'minot va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarida zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etiladi. Bozor muhitining globallashuvi, raqobat bosimining kuchayishi, iste'molchilar talabining ustunligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash texnologiyasini o‘zgarishi va boshqa sabablar mahsulot ishlab chiqaruvchilarni bozorda mustahkam o‘ringa ega bo‘lish uchun harakatlanishning yangi modellarini va zamonaviy strategiyalarini izlab topishga majbur qiladi. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling