Buxoro davlat universiteti
Jinsga birikkan holda irsiylanisliga doir masalalar va topshiriqlar
Download 127.4 Kb.
|
GENETIKA kitob buqa (1)
Jinsga birikkan holda irsiylanisliga doir masalalar va topshiriqlar
1.Drozofilada ko'zining qizil bo'lishini ta’minlovchi gen X- xromosomada joylashgan bo’lsa, ko'zni oq bo'lishini ta’minlovchi gen qayerda joylashgan? 2.Onasi sog’lom, otasi gemofilik bo'lgan oilada gemofiliya bilan kasallangan o'g'il tug'ilgan. Ushbu kasallikni o'gilga otadan o'tgan deb aytish mumkinmi va uning sababini izohlang. (gemofiliya retsessiv gen kasalligi bo'lib, jinsiy X-xromosomaga birikkan holda irsiylanadi) 3.Gemofiliya bilan kasallangan ayol va sog’lom erkak oilasidagi farzandlarning kasal bo’lib tugilish ehtimolini aniqlang (gemofiliya retsessiv gen kasalligi bo’lib, jinsiy X-xromosomaga birikkan holda irsiylanadi). 4.Gemofiliya bo'yicha tashuvchi ayol va sog’lom erkak oilasida sog’lom qizlarning tugilish ehtimolini toping (gemofiliya retsessiv gen kasalligi bo’lib, jinsiy X-xromosomaga birikkan holda irsiylanadi). 5.Ko'zlari ranglarni normal ajratuvchi ayol sog’lom erkakka turmushga chiqdi. Bu oilada daltonik farzand tugildi. Ota-onaning genotipini aniqlang (daltonizm retsessiv gen kasalligi bo'lib, jinsiy X- xromosomaga birikkan holda irsiylanadi). 6.Ko'zlari ranglarni normal ajratuvchi ayol sog’lom erkakka turmushga chiqdi. Bu oilada daltonik farzand tugildi. Shu oilada o'g'il farzandlarning kasallanib tug'ilish ehtimolini aniqlang (daltonizm retsessiv gen kasalligi bo’lib, jinsiy X-xromosomaga birikkan holda irsiylanadi). 7.Qizil ko'zli urg'ochi drozofila pashshalari xuddi o'zlariga o'xshash erkak drozofila pashshalari bilan chatishtirilganda 40 ta qizil va oq ko'zli erkak pashshalar, 38 ta qizil ko'zli urg'ochi pashshalar olindi. Ko'zning qizil rangi oq rangga nisbatan dominant bo'lib, jinsiy X-xromosomaga birikkan holda irsiylanadi. Ota-ona va olingan duragaylarning genotipini aniqlang. 8.Tovuq va xo'rozlar patining oltin va kumush rangda boiishini ta’minlovchi genlar jinsiy X-xromosomaga birikkan holda irsiylanib, oltin rang kumush rangga nisbatan dominantlik qiladi. Gomozigotali oltin rangli xo'roz kumush rang tovuq bilan chatishtirilganida olingan parrandalarning fenotipi qanday bo’ladi? Download 127.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling