Buxoro davlat universiteti


Download 127.4 Kb.
bet11/70
Sana24.11.2021
Hajmi127.4 Kb.
#176894
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70
Bog'liq
GENETIKA kitob buqa (1)

6.Burishgan va silliq urug4Ii no4xat o‘simligi chatishtirilganida F2 da 7324 ta no'xat olindi, shulardan 1850 tasi burishgan edi. Bu holatda qaysi belgi dominantlik qilgan? F2da olingan o‘simliklardan nechtasi gomozigotali ekanligini aniqlang.

7. Normal qanotli drozofila pashshalari chatishtirilganida F1da 3565 ta avlod olingan. Ular orasida normal qanotlilari faqat 2673 ta bo‘lib, qolganlari qayrilgan qanotli edi. Ota-ona formalarining genotipini va F1 da olingan individlar orasidan ularning genotipi bilan bir xil bo‘lganlarining sonini aniqlang.

9.Qoramollarda quloqning chokliligi dominant gen К orqali irsiylanib, quloqning yo‘rmaklilik anomaliyasi ustidan dominantlik qiladi Shu anomaliyaga ega bo’lgan buqa sog’lom sigir bilan chatishtirilganida olingan avlodning barchasi normal belgilarga ega bo’lgan. F1 anomaliyaga ega bo‘lgan avlodlarning tugilish ehtimoli qanday (%)?

10.Qoramollarda qora rang geni qizil rang ustidan dominantlik qiladi, Geterozigotali qoramollar o‘zaro chatishtirilganda olinadigan avlodda fenotipik jihatdan qanday xilma-xillik kutish mumkin (foizlarda ifodalang)?

11.Urug‘pallalarning rangi sariq va yashil bo’lgan no‘xatlar o‘zaro chatishtirilganda birinchi bo‘g‘inda olingan o'simliklarning barchasi sariq urug‘pallali bo’ldi. Ushbu ma’lumotlardan foydalanib ularning genotipini aniqlang. Duragay uruglardan unib chiqqan o'simliklarning o'z-o’zidan urugianishi natijasida qanday avlod olinadi?

12.Oq lekgorn zotli va qora patli parrandalar chatishtirilganda F1 da 252 ta oq va 262 ta qora patli jo'jalar olingan. Ota-ona formalari va olingan duragaylarning genotiplarini aniqlang.

13.Sichqonlar yungining kumushrang bo'lishi bilan mutatsiyaga uchraydi. Normal yungli sichqonni kumushrang yungli sichqon bilan chatishtirganda faqat normal yungli sichqonlar olingan. F1 dagi normal yungli urg‘ochi sichqonni kumushrang yungli sichqon bilan qayta chatishtirilganda 38 ta kumushrang va 40 ta normal avlod olingan. Sichqonlarda kumushrang qanday irsiylanadi? Dominant yoki retsessiv belgi ekanligini aniqlang.

14.Normal yungli sichqonni kumushrang yungli sichqon bilan chatishtirganda faqat normal yungli sichqonlar olingan. F2 da esa 130 ta sichqon olingan. F2 da olingan sichqonlar orasidan taxminan nechtasi kumushrangli bo‘ladi?

15.Ikkita qora erkak kalamush jigarrang urg‘ochi kalamush bilan chatishtirildi. Birinchi qora kalamushdan 20 ta qora va 17 ta jigarrang, ikkinchi qora kalamushdan faqat 33 ta qora rangli kalamushlar olindi. Har ikkala chatishtirishdagi ota-ona va olingan avlodlarning genotipini aniqlang.

16.Bo‘yni va qornida oq dog‘chalari bo’lgan qora mushuk (S) xuddi o'zinikidek fenotip va genotipga ega bo‘lgan mushuk bilan chatishtirildi. Bu juftlikdan butun tanasi qora rang bilan qoplangan dog‘siz mushukchalar tug‘ilgan bo‘lsa, bundan keyin ham dog'siz mushuklarning tug‘ilish ehtimolini toping (%).

17.Normal jihatlarga ega bo‘lgan drozofila pashshalari o‘zaro chatishtirilganida olingan avlodning 25 %i ko‘zlari kichik bo‘lib rivojlandi. Ota-ona formalaridan biri qisqargan ko‘zli forma bilan chatishtirilganida 24 ta ko‘zlari qisqargan, 21 ta normal bolgan avlod rivojlandi. Har ikkala tajribadagi pashshalarning genotipini aniqlang.


Download 127.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling