20.Tovuqlarda gulsimon toj R geni bilan, bargsimon toj esa r geni bilan belgilanadi. Gulsimon tojli xo‘roz ikkita gulsimon tojli tovuq bilan
chatishtirildi. Birinchisi 14 ta jo‘ja berdi, ularning hammasi gulsimon tojli edi. Ikkinchisi esa 13 ta jo‘ja berdi, ulardan 10 tasi gulsimon, 3tasi bargsimon tojli edi. Barcha ota-onalarning genotipini aniqlang.
Monoduragay chatishtirishda to‘liqsiz dominant holatda irsiylanuvchi belgilarga doir masalalar va topshiriqlar
1.Qulupnay o‘simligida gulkosachabarglarining normal shakli gulkosochabarglarining birlashmaganligi ustidan to‘la ustunlik qila olmaydi, natijada geterozigotali formalarda gulqo‘rg‘on oraliq shaklda bo‘ladi. Gulqo‘rg‘oni oraliq formada bo‘lgan va gulkosachabarglari birlashmagan o‘simliklar o‘zaro chatishtirilganida 3000 ta avlod olingan. Shu olingan avlodning qanchasi geterozigotali?
2.Qulupnay o‘simligida gulkosachabarglarining normal shakli gulkosochabarglarining birlashmaganligi ustidan to‘la ustunlik qila olmaydi, natijada geterozigotali formalarda gulqo‘rg‘on oraliq shaklda bo‘ladi. Gulqo‘rg‘oni oraliq formada bo‘lgan o‘simliklar o‘zaro chatishtirilganida 3000 ta avlod olingan. Shu olingan avlodning qanchasi toza liniyali (sof gomozigotali)?
3.Xushbo‘y no‘xat o'simligida gultojbarglarining rangi oraliq irsiylanuvchi belgi sifatida irsiylanadi. Gomozigota dominant liolatda gulining rangi qizil, geterozigota liolatda esa pushti bo‘ladi. Qizil va oq gultojbargli no‘xat o‘simliklari o‘zaro chatishtirilganida F1 da olingan barcha o‘simliklar pushti gulli bo‘ldi. F1 duragaylariniqayta chatishtirilishi natijasida F2 da 1860 ta o‘simlik olindi. F2 da olingan o‘simliklardan nechtasi pushti gultojbargli?
4.Xushbo‘y no‘xat o‘simligida gultojbarglarining rangi oraliq irsiylanuvchi belgi sifatida irsiylanadi. Gomozigota dominant liolatda gulining rangi qizil, geterozigota holatda esa pushti bo‘ladi. Qizil va oq gultojbargli no‘xat o‘simliklari o‘zaro chatishtirilganida Fl da olingan barcha o‘simliklar pushti gulli bo‘ldi. F1 duragaylarini qayta chatishtirilislii natijasida F2 da 1860 ta o‘simlik olindi. F2 da olingan o‘simliklardan nechtasi oraliq belgiga ega emas?
5.Xushbo‘y no‘xat o‘simligida gultojbarglarining rangi oraliq irsiylanuvchi belgi sifatida irsiylanadi. Gomozigota dominant holatda gulining rangi qizil, geterozigota holatda esa pushti bo‘ladi. Pushti va oq gultojbargli no‘xat o‘simliklari o‘zaro chatishtirilganida F1 da olingan 2000 ta o'simliklar o’rtasida ajralish kuzatildi. Olingan o‘simliklarning nechtasi pushti gultojbargli bo’lgan. Olingan o‘simliklarning (% jihatdan) qancha qismini qizil gulli o‘simliklar tashkil etgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |