2
|
Fanning mazmuni
Fanni o’qitishdan maqsad-bo’lajak o’qituvchilarni zamonaviy pedagogika fanlarining nazariy va tarixiy asoslariga doir bilimlar bilan qurollantirish. Ilmiy-nazariy asoslari, pedagogika nazariyasi tushunchasi, uning kategoriya va tamoyillari, o’quv jarayonini tashkil etishning metod va shakllariga qo’yilgan zamonaviy talablar, ta’lim oluvchilar shaxsi omillari, uning shakllanish taraqqiyoti, yagona o’quv-tarbiya jarayonini tashkil etish va amalga oshirish, tarbiya jarayonining qonuniyatlari va tamoyillarini amaliyotda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdaniborat.
Fanning vazifasi – pedagogik qonuniyatlar hamda tamoyillarga asoslangan holda o’quv-tarbiya ishlarini o’tkazish, ta’limni tashkil etishning asosiy shakllarini amaliyotda qo’llash. Pedagogik vaziyatlarni, ta’lim va tarbiya natijalarini tahlil etish, o’quvchilar jamoalarini o’rganish, ta’limda orqada qolish sabablarini aniqlash, pedagogika tarixi kishilik kishilik jamiyatining taraqqiyot tarixi va hayotdagi o’rni va ahamiyatini ochib berish.
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-semestr
1 Mavzu: Pedagogika nazariyasi fanining mazmuni, mohiyati va predmeti.
Pedagogika ijtimoiy fan sifatida. Pedagogikaning asosiy kategoriya va tushunchalari. Pedagogik fanlarning tuzilishi. Pedagogik fanlar tizimi. Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodlariga tavsif.
2 Mavzu: Pedagoglik kasbining jamiyatdagi o’rni.
O’kituvchi haqida tushuncha. O’qituvchi shaxsiga qo’yilgan talablar. Demokratik jamiyatda pedagoglik kasbi. O’qituvchilik kasbining bugungi kundagi ahamiyati va roli.
3 Mavzu: Shaxs kamoloti ijtimoiy-biologik hodisa, pedagogik jarayon obyekti va subyekti sifagida.
Shaxs haqida tushuncha. Shaxs rivojlanishi. Shaxs rivojlanishining omillari. Bola shaxsi tarbiya obyekti va subyekti sifatida. Shaxs faolligi.
4 Mavzu: Yaxlit pedagogik jarayon.
Pedagogik tizimlar va ularning shakllari haqida tushuncha. Ta’lim tizimlariga umumiy tavsif. Yaxlit pedagogik jarayonning mohiyati. Pedagogik jarayon yaxlit hodisa sifatida. Pedagogik jarayonni yaratish mantig’i va sharoitlari.
5 Mavzu: Didaktika ta’lim nazariyasi sifatida.
Ta’lim nazariyasi (didaktika) pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktikaning maqsad va vazifalari. Didaktik kategoriyalarning mazmunmohiyati.
6 Mavzu: Ta’lim jarayoni yagona tizim sifatida.
Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari. Ta’lim jarayoni mohiyati. O’rganish bilish faolligi shakli sifatida. O’qitish va o’rganish jarayonlari tavsifi, o’quv jarayonida ularning o’zaro bog’liqligi. Sharq va G’arb mutafakkirlarining gnoseologik g’oyalari ta’lim jarayoni asosi sifatida. O’quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi.
|