Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi
Download 75.95 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- I bob. Eksperimental psixologiya — psixik hodisalar va jarayonlarni ilmiy metodlar yordami bilan tadqiq qilish
Tadqiqot maqsadi: Shaxsning rivojlanishining harakatlanuvchi kuchlari kishining faoliyatiga o`zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari o`rtasidagi ziddiyatlarini aniqlash.
Tadqiqot vazifalari: Eksperimental psixologiyaning shaxsga ta`sirini o`rganish Psixik hodisa va jarayonlarni ilmiy jihatdan tadqiq qilish Sezgi va idrok psixikofizikasining shaxs omiliga ta`sirini aniqlash Shaxs borasidagi bilim va tadqiqotlarni o`rganib, bugungi kundagi bilimlar rivojida aks ettirish I bob. Eksperimental psixologiya — psixik hodisalar va jarayonlarni ilmiy metodlar yordami bilan tadqiq qilish 1.1 Sezgi psixofizikasi xususiyatlari Eksperimental psixologiya — psixik hodisalar va jarayonlarni ilmiy metodlar yordami bilan tadqiq qilish. Psixologiyaning fan sifatida falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar oʻtkazish asosiy rol oʻynagan. 19-asrning oʻrtalarida ilk bor sezgi, idrok yuzasidan tadqiqotlar olib borilgan. Eksperimental psixologiyaning fan sifatida ajralib chiqishiga nemis olimi V. Vundt katta hissa qoʻshgan. Ilk eksperimental tadqiqotlar oʻzini oʻzi kuzatish uslubi yordami bilan shaxsning ichki mayllari, motivlari, fikr yuritishiga bagʻishlangan. Keyinchalik tekshirishlar turli hayvonlarda oʻtkazila boshlagan. Koʻp tadqiqotlarni AQShlik T.L.Morgan, E. L. Torndayk va boshqalar olib borganlar. Eksperimental psixologiya murakkab tadqiqot (koʻp shkalali, koʻp bosqichli) metodlari, metodikalari (ishonchliligi, kafolatliligi, test yoki retest xususiyatiga egaligi)dan tashqari elektron hisoblagichlar, texnik asboblar va moslamalar, sodda yoki murakkab tuzilgan maxsus apparatlar, zamonaviy texnika va texnologiyalarga asoslanadi. Eksperimental psixologiya yordamida psixik funksiyalargina emas, shu bilan birga shaxs hissiyoti, emotsiyasi, individual xususiyati, diqqat, xotira, idrok singari bilish jarayonlari ham tadqiq qilinadi. Eksperimental psixologiya tadqiqotlari natijalari psixologiya sohalari nazariyasini ishlab chiqishda asos boʻlib xizmat qiladi. Olimlardan F. Galton (1822-1911), D. Kettel (18601944), E. Tolmen (1886-1959), G.Rorshax (1884-1984), A. Bine(1857-1911), P.Jane (1859-1947), J. Piaje (1896—1980) va boshqalar Eksperimental psixologiyaning rivojlanishiga muhim ulush qoʻshganlar. Ma'lumki bizni o‘rab turgan tashqi olamdagi narsa va hodisalarning juda ko‘p belgi va xususiyatlari mavjud. Masalan, narsalarning rangi, ta'mi, hidi, qattiq yoki yumshoqligi, g‘adir-budur yoki tekisligi, harorat va boshqalar. Ana shu narsa va hodisalarning turli xil belgi, xususiyatlarini biz ham turlicha sezgi a'zolarimiz orqali ongimizda aks ettiramiz. Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a'zolarimizga ta'sir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil bo‘ladi. Chunonchi, nurlarning ko‘zimizga ta'sir qilishi natijasida ko‘rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to‘lqinlarining qulog‘imizga ta'sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun bo‘shlig‘iga kirgan har turli modda zarrachalarining ta'siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo‘limiz yoki badanimizga tegib ta'sir etish natijasida teri (taktil - biror narsaning terimizga tegishi) yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil bo‘ladi. Demak, sezgi deb- atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz. Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo‘lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo‘zg‘atuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta'sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma'lumki, insondan sezishning dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o‘tadi. Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo‘lgani bilan uning yo‘zaga kelishi o‘z-o‘zidan hosil bo‘lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: Sezgi a'zolariga ta'sir etadigan narsa va hodisaning bo‘lishi. Sezuvchi apparat, ya'ni analizatorning mavjud bo‘lishi. Masalan, havoning sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz. Sezgi idrok bilan bog‘liq bo‘ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a'zolarimizga ta'siri natijasidir. Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to‘plab, har bir sekundda axborotlar oqimini qabul qilib va qayta ishlab miyaga yetkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi olamni va organizm o‘z ichki holatini adekvat "mos" aks ettirishi hosil bo‘ladi. Sezgi a'zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo‘llaridan biridir. Sezgilarning nerv - fiziologik asosini qo‘zg‘atuvchining o‘ziga aynan o‘xshaydigan analizatorga ta'siri natijasida hosil bo‘ladigan nerv jarayoni tashkil 29 qiladi. Shuningdek, sezgilarning nerv fiziologik asosini o‘rganishda I.P.Pavlov ta'biri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi. Analizator - tashqi va ichki muhitdan keladigan ta'sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo‘lgan qo‘zg‘alishni psixik jarayonga, ya'ni sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Jahon psixologiyasi fanining so‘nggi yutuqlari hamda atamalariga binoan sezgilar quyidagicha klassifikasiya qilinadi. Ushbu tasniflanishning dastlabki ko‘rinishi ingliz olimi Ch.Sherringtonga taalluqlidir. U reseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo‘ladi. Tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishgamoslashgan hamda reseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar, ya'ni ekstroreseptiv sezgilar; Ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda reseptorlari ichki tana a'zolarida, to‘qimalarda joylashgan sezgilar, ya'ni interoreseptiv sezgilar. Tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar, ya'ni proprioreseptiv sezgilar. Sifat - mazkur sezgining asosiy xususiyati bo‘lib, uni boshqa sezgi turlaridan farqlaydi va ayni shu sezgi turi doirasida o‘zgarib turadi. Masalan, eshitish sezgisi past-balandligi, mayinligi, zo‘rligi bilan farq qiladi va hokazo. Sezgining jadalligi uning miqdorini ifoda etadigan xususiyat bo‘lib, ta'sir kelayotgan qo‘zg‘atuvchining kuchi va reseptorning funksional holati bilan belgilanadi. Sezgining davomiyligi uning vaqtinchalik xususiyati hisoblanadi. U ham sezgi a'zosining funksional holati bilan lekin asosan qo‘zg‘atuvchining ta'sir qilish vaqti va ta'sirning jadalligi bilan belgilanadi. Qo‘zg‘atuvchi sezgi a'zosiga ta'sir qilishi bilanoq sezgi hosil bo‘lmaydi, balki bir oz vaqt o‘tgach hosil bo‘ladi. Bu sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri har xil sezgi turi uchun turlicha, masalan, taktil sezgilari uchun 130 millisekund bo‘lsa, og‘riq sezgisi uchun 370 millisekundan iborat. Bilinar - bilinmas sezgi hosil qiluvchi qo‘zg‘atuvchining minimal kuchi sezgirlikning quyi chegarasi deyiladi. Sezgilarning quyi chegarasi analizatorning absolyut sezgirligi darajasini aniqlaydi. Masalan, 1gramm qandni 1 piyola choydagi mazasi uncha sezilmaydi. 0.1 sm qog‘ozni qo‘l kaftiga qo‘yilsa, uning og‘irligi sezilmaydi. Sezgi chegarasining me'yori qanchalik kichik bo‘lsa, mazkur analizatorning sezgirligi shunchalik yuksak bo‘ladi. Formulasi Ye = 1 R1 E - sezgirlik P-qo‘zg‘atuvchining ta'sir me'yori. 30 Ko‘rish va eshitish analizatorining sezuvchanligi juda yuksakdir. S.I.Vavilov (1851-1951)ning tajribalarida ko‘rsatilganidek, kishining ko‘zlari to‘r pardagi bor yo‘g‘i 28 kvant atrofida nur tushgan taqdirda ham yorug‘likni ko‘ra oladi. Tim qorong‘ulikda 27 kilometr masofada yonib turgan shamni ko‘rish qobiliyatiga egamiz. Ayni paytda badanimizga biror narsa tekkanini sezishimiz uchun ko‘rish va eshitish sezgilari hosil bo‘lishiga sarflanganiga nisbatan, 100-10000000 barovar zid quvvat talab qilinadi. Analizatorning mutlaq sezuvchanligi sezgining faqat quyi emas, balki yuqori chegarasi bilan kifoyalanadi. Sezgining mutlaqo yuqori sezuvchanligi deb qo‘zg‘atuvchining kuch bilan ta'sir qilishiga aytiladi. Bunda ta'sir ko‘rsatayotgan qo‘zg‘atuvchiga aynan o‘xshaydigan sezgi hosil bo‘ladi. Bizning reseptorlarimizga ta'sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchilar kuchining yana ham oshishi og‘riq sezgisini hosil qiladi. 1.2. Idrok va uni o`rganish metodlari. Metodologiyasi Hozirgi zamon psixologiyasida ob`ektiv borliqni aks ettirishning bir nechta darajasi farqlanadi: sensor, pertseptiv (birlamchi obrazlar), tasavvur va xayol (ikkilamchi obraz), nutq- fikrlash darajalaridir. Idrok ham sezgilar kabi ob`ektiv borliqni bevosita aks ettiruvchi jarayonlar tarkibiga kiradi. Idrok deganda, ob`ektiv voqelikdagi predmet va hodisalarning sezgi a`zolariga bevosita ta`sir etishi natijasidagi sub`ektiv aks ettirish tushuniladi. Bu ta`sir natijasida sub`ektda narsa va hodisalarning yaxlit obrazi shakllanadi. Sezgilardan farqli o`laroq idrok hissiy bilishning yangi bosqichi bo`lib, predmet va hodisalarni barcha xususiyatlari bilan birgalikda aks ettirilishidir. Idrok obrazlarida ob`ektlarning muhim xususiyatlari: fazodagi joylashgan o‘rni (lokalizatsiya), o‘zoq-yaqinligi, yo`nalishi, rel‘efi, hajmi, davomiyligi, izchilligi va boshqalar aks ettiriladi. Bu xususiyatlar idrokning makon va zamondagi to‘zilishini tashkil etadi. Shu bilan birga idrok modallik va intensivlik (jadallik) xususiyatiga ham ega. Idrokning modalligida analizatorlar qabul qilayotgan tashqi qo`zg`atuvchilarning sifat jihatdan farqlari ajratiladi. Intensivligi esa tashqi olamdan kelayotgan qo`zg`atuvchilarning miqdoriy quvvat ko`rsatkichlarini aks ettiradi. Idrok ruhiy jarayon sifatida yana yuksakrok xususiyatlarga ham egadir. Bu xususiyatlar - predmetlilik, konstantlik, yaxlitlik, ma`lum tartibda to‘zilganlik va umumiylikdan iborat. Idrok sezgi organlarimizga bevosita ta`sir etib turgan narsa va hodisalarning ongimizda butun, yaxlit holda aks ettirishdan iborat psixik jarayondir. Idrok prosessida barcha ruhiy hayotimiz, ongimizning butun mazmuni, bilimlarimiz va tajribalarimiz ishtirok etadi. Shuning uchun ham idrok sezgilarga nisbabatan murakkabroq va mazmundor psixik jarayon bo‘lib hisoblanadi. Idrokning fiziologik asoslari qo‘zgovchilar yigindisi ta`sirida bosh miya yarim sharlari qobig‘ida hosil bo‘lgan shartli reflektor (muvaqqat) nerv bog‘lanishlaridan iboratdir. Idrok perseptiv xarakterga ega, chunki kishilar idrokining mazmuni birbiridan farq qiladi. Kishilar aynan bir xil narsani o‘z bilim darajasi, turmush tajribasi, dunyoqarashi hamda ijtimoiy kelib chiqishiga qarab turlicha idrok 41 qiladilar. Idrokning nechog‘lik mazmundorligi shaxsning dunyoqarashi, e`tiqodi, ideali, bilim va madaniy saviyasi, hayotdan orttirgan tajribalari hamda qiziqishlariga bog‘liqdir. Inson tomonidan rang va yoruqlikni sezish ko‘rish sezgilari tarkibiga kirib, seziladigan ranglar esa xromatik va axromatik turlarga bo‘linadi. Psixofiziologik qonuniyatga binoan yorug‘lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o‘tib singanda hosil bo‘ladigan ranglar xromatik ranglar deb atalib, ular kamalak ranglar hisoblanadi va tarkibiga qizil, zarqaldoq, sariq, yashil, havorang, ko‘k, binafsha tuslarini qamrab oladi. Biroq mazkur ranglarning turlari, ko‘rinishlari tabiatda xilma-xil va nihoyatda ko‘pdir. Odatda oq rang, qora rang, kul rang va ularning turlicha ko‘rinishlari axromatik ranglar deb nomlanadi. Ko`rish organi ko`z bo`lib, insoniyat ko`zi orqali dunyodagi barcha narsalarning rang-barangligini uning o`simlik va hayvonot dunyosini o`rganish bilan birga o`qishni, yozishni va myehnatning boshqa turlarini o`rganadi. Ko`zning byevosita ta'sirlovchisi yorug`lik bo`lib, yorug`lik ko`z ryetsyeptorlariga ta'sir etib ko`ruv syezgisini hosil qiladi. Ko`ruv organi bolaning 11- 12 yoshigacha rivojlanib boradi. Ko`z bosh suyagining ko`z kosachasida joylashgan bo`lib, ko`z soqqasi va uni o`rab turgan apparatdan ya'ni ko`z soqqasini harakatga kyeltiruvchi muskullar, qovoq kipriklar, ko`z yoshi byezlari, qon tomirlari kabilardan iborat. Ko`z soqqasi sharga o`xshash bo`lib, oldingi va orqa qutblarga bo`linadi. Ko`z soqqasi tashqi va ichki qismlardan iborat. Tashqi qismi uch qavatdan ya'ni tashqi - oqsil parda (sklyera), o`rta-tomirli parda va ichki - to`r pardadan iborat. Ichki qismiga ko`z ichi suyuqligi, gavhar va shishasimon tana kiradi. Ko`z soqqasi hajmi chaqoloqlarda 16 mm, kattalardla esa 24 chamasida bo`ladi. Ko`z soqqasining o`sishi va rivojlanishi 5 yoshgacha tyez ya'ni intyensiv kyechadi. 9-12 yoshda sustlasha boshlaydi. Sklyera yoki oqsil pardaning qalinligi 1 mm chamasida bo`lib rangi oq bir qismi qovoqlar ostidan ko`rinib turadi. Sklyeraning orqa qismida tyeshikcha bo`lib undan nyerv o`tadi. Sklyeraning 1/5 qismi shox pardaga 4/5 qismi orqa oqsil pardaga to`g`ri kyeladi. Shox pardada qon tomirlar bo`lmaydi. Tashqi pardaning ichki qismida tomirli parda bor. Bu pardada qon tomirlar va pigmyent ko`p pigmyent miqdori har xil bo`ladi. Tomirli parda oldingi rangdor, o`rta kipriksimon tana va orqa xususiy tomirli qismga bo`linadi. Tomirli parda qon tomirlarga boy bo`lib, ko`z to`qimalarini oziq moddalar va kislorod bilan ta'minlaydi. Bu qavatning oldingi qismi rangli parda dyeb atalib hammada har xil (qora, ko`k, sarg`imtir va x.k.) bo`ladi. Bu pardaning o`rtasida yumoldoq tyeshikcha bo`lib u ko`z qorachig`idir.Rangdor pardada radial va xalqa shaklidagi sillik muskullar joylashgan bo`lib, xalqa muskullari qisqarganda ko`z qorachig`i torayadi, radial muskullar qisqarganda ko`z qorachig`i kyengayadi. Rangdor pardaning orqasida tiniq ikki tomoni qavariq linza-gavhar joylashgan. Gavhar 42 yarim suyuq modda bo`lib, yupqa tiniq kapsula ichida joylashgan. Unda qon tomirlari bo`lmaydi. Shox parda bilan rangdor pardaning o`rtasida kichkina bo`shliq bo`lib, bunga ko`zning oldingi kamyerasi dyeyiladi. Rangdor parda bilan gavharning o`rtasida ham bo`shliq bo`lib bunga ko`zning orqadagi kamyerasi dyeb ataladi. Har bir ko`ruv nyervida 1 mln. ga yaqin nyerv tolalari bor. Ko`z soqqasining ichki ya'ni to`rsimon pardasi ayniqsa muhim ahamiyatga ega bo`lib, uning orqa qismida yorug`likni, ranglarni qabul qiluvchi ryetsyeptorlar joylashgan. Ular maxsus nyerv hujayralari bo`lib, tayyoqcha va kolbacha shaklidadir. Ko`z soqqasining to`rsimon pardasida 130 mln ga yaqin tayyoqchasimon ryetsyeptorlar bo`lib, ular yorug`lik kamayganda yoki tun vaqtida qo`zg`aladi. Kolbachasimon retseptorlar to`r pardada 7 mln ga yaqin bo`lib, yorug`lik yetarli bo`lganda qo`zg`alib, ko`zning kunduzi ko`rish qobiliyatini ta'minlaydi. Kolbachasimon ryetsyeptolar funktsiyasiga ko`ra uch xil: ko`k, yashil va qizil ranglarni qabul qiluvchi bo`ladi. Uchalasining baravar qo`zg`alishi esa oq rangni ko`rishga imqon byeradi chunki to`r pardaning kolbachasimon ryetsyeptolarida ranglarni syezuvchi ryetsyeptorlar yoki nyervlar bo`ladi. Tayyoqchasimon retseptorlarda esa bu kabi ranglarni syezuvchi retseptor yoki nyervlar bo`lmaydi, shuning uchun kyechasi qorong`u bo`lib ko`rinadi. Ko`z bajaradigan funksiyasiga ko`ra ikki qismga: ko`zning optik sistyemasi va retseptor qismiga bo`linadi. Ko`zning optik sistyemasiga, uning shox pardasi, ko`z ichi suyuqligi, gavhar va shishasimon tana kiradi. Bular ko`zga tushadigan yorug`lik nurini sindirib o`tkazadi va uni ko`zni ichki to`r pardasida joylashgan retseptorlarga to`plab byeradi. To‘r parda rang va yorug‘likni sezish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, unda ko‘ruv nervining tarmoqlari joylashgandir. Ushbu tarmoqlarning chekka uchlarida tayoqchalar va kolbachalar deb ataladigan maxsus nerv hujayralari mavjuddir. Inson ko‘zining to‘r pardasi 130 millionga yaqin tayoqcha va 7 millionga yaqin kolbacha bor deb taxmin qilinadi. Kolbachalar yordami bilan xromatik (kunduzgi) ranglar ko‘riladi, xolos. Tayoqchalar yorug‘likni yaxshi sezuvchan bo‘lib, xira va qorong‘i paytlarda o‘z funksiyasini bajaradi, axromatik ranglarni aks ettiradi. To‘r pardaning eng sezgir joyi- sariq dog‘ning asosan kolbachalar bilan to‘lgan markaziy chuqurchasi hisoblanib, unga qaysi narsaning aksi tushsa, xuddi shuni hammadan ravshanroq ko‘ramiz. Ob'ektga tik qarash natijasida ko‘z muskullari unga qaratiladi va aks ettiriluvchining surati sariq dog‘ga tushadi, bunday tarzdagi ko‘rish tog‘ridan ko‘rish deyiladi. Agarda narsalarning surati sariq dog‘dan tashqarida, ya'ni to‘r pardaning bir joyida rang va yorug‘likni sezadigan 43 tayoqchalar va kolbachalar mavjud emas, bu ko‘ruv nervining ko‘z soqqasidan chiqish joyi bo‘lib, u yorug‘likdan ta'sirlanmaganligi uchun ko‘r dog‘ deb ataladi. Odam ko‘zi ranglarni taxminan 380 millimikrondan 780 millimikrongacha uzunlikdagi to‘lqinlarning ta'sirida sezadi: 1) 780-610 qizil rang; 2) 610-590 zarqaldoq; 3) 590-575 sariq; 4) 560-510 yashil; 5) 480-470 shavo rang; 6) 470-450 ko‘k rang; 7) 450-380 binafsha rang seziladi. Ko‘rish sezgilarining xossalari: 1. Rangni toni (150 ga yaqin tuslari). 2. Ochiqlik (qora bilan oq rangda 200 gacha tus ajratiladi). 3. Rangning ravshanligi (600 ga yaqin). 4. Rangning quyuqligi (tonning yaqqolligi). 5. Ranglarning aralashib ketishi (turli uzunliklardagi yorug‘lik nuri) Ko‘rish sezgisi jarayoni: Uch rangli sezish nazariyasi: 1. 1756 yilda M. V. Lomonosov asosiy qoidalarini bayon qilib bergan; 2. 100 yildan keyin nemis fizigi G. Gelmgolts uni to‘la isbotlab bergan. 3. Ushbu nazariyaga binoan, to‘r pardaning kolbachalarida uchta asosiy element mavjuddir, ulardan birining qo‘zg‘alishi qizil rang sezgisini ikkinchi birining qo‘zg‘alishi yashil rang sezgisi va uchunchi birining qo‘zg‘alishi binafsha rang sezgisi hosil qiladi. Nazariyaga ko‘ra, yorug‘lik to‘lqinlari birdaniga uchta elementni bir xilda qo‘zg‘atsa, oq rang sezgisi vujudga keladi. Lekin yorug‘lik to‘lqinlari ikki yoki uch elementga ta'sir qilsa-yu, ammo bu ta'sir bir tekis kechmasa, u holda sezuvchi elementlardan har birining qanchalik qo‘zqalganligiga qarab, har xil rang sezgilari namoyon bo‘ladi. Hozirgi zamon psixologiyasida ranglarni sezish yolg‘iz to‘r pardasidagi jarayonlar bilangina emas, balki miya po‘stida yuzaga keladigan boshqa jarayonlar bilan ham bog‘liq ekanligi tog‘risidagi ma'lumot mavjuddir. Zamonaviy ma'lumotlarga binoan, tayoqchalarda ko‘rish purpuri degan maxsus modda borligi isbotlangan. Ko‘zga yorug‘lik ta'sir etganda ko‘rish purpuri kimyoviy yo‘l bilan parchalanib, tarkibiy qismlarga bo‘linadi va mazkur jarayon ko‘rish nervini qo‘zg‘atib, yorug‘lik sezgisi hosil qiladi, qorong‘ilikda esa purpur o‘z funksional holatini qayta tiklaydi. Download 75.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling