Ijtimoiy nazorat mexanizmlari:
Ma’qullamaslik.
Ayblash.
Jazolash.
Muloqotning perseptiv tomoni – bu muloqot jarayonida o‘zaro bir-birini tushunish va bir-birini idrok qilish.
O‘zaro bir-birini idrok etishning mexanizmlari:
Identefikatsiya.
Refleksiya.
Stereotiplashtirish.
Identefikatsiya – bu insonning o‘zini boshqa insonga, guruhga o‘xshatishidir.
Refleksiya –bu insonnig muloqotdagi sheriklari uni qanday idrok etishli va shunga qarab o‘z hatti-harakatini to‘g‘rilash.
Stereotiplashtirish - xulq-atvor shakllarini tasniflash va ularning sabablarini avval ma’lum bo‘lgan, y’ani ijtimoiy stereotipga javob beruvchi holatlarga kiritish orqali tahlil qilishdir.
Shaxsalaro munosabatlar psixodiagnostikasida qo‘llaniladigan metodlar:
Sotsiometriya
So‘rovnomalar (T.Liri metodikasi, Tomas metodikasi)
Proyektiv metodikalar (“Oila rasmi”, Rene Jil metodikasi).
Sotsiometriya metodi. Ushbu metod shaxslararo munosabatlarda guruh a’zolarining egallagan mavqeini aniqlash imkonini beradi. Sotsiometriya metodining asoschisi J.Moreno hisoblanadi (1934 yilda taklif etilgan).
T.Liri metodikasi. Ushbu metodika shaxsning atrofdagilarga munosabat turlarini aniqlashga mo‘ljallangan.
K.N.Tomas shaxs so‘rovnomasi. Ushbu metodika turli nizoli vaziyatlarda shaxsning o‘zini qanday tutishini aniqlashga mo‘ljallangan. Metodika yordamida quidagi xulq- atvor shakllari aiqlanadi:
1.Hamkorlik.
2.Raqobatga moyillik.
3.Murosaga tayyotlik.
4.Nizolardan qochish.
5.Keskinlashtirishga intilish.
12- amaliy mashg‘ulot:
Мавзу: Yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari. Psixik rivojlanish va davrlashtirish muammosi.
Reja:
1.Yosh va pedagogik psixologiya fanining predmeti, maqsad va vazifalari.Yosh va pedagogik psixologiya fanining asosiy muammolari.Yosh va pedagogik psixologiya fanining o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni.
2.Psixik rivojlanish haqida tushuncha, uning o‘ziga xos xususiyatlari, psixik rivojlanishning asosiy omillari. Rivojlanishni davrlashtirish muammosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |