Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi


Download 0.87 Mb.
bet131/169
Sana19.06.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1600118
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   169
Bog'liq
2 5244698480563199183

«Harakatdagi tanlov» metodikasi
Ushbu metodikaning maqsadi – maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning shaxslararo munosabatini guruhlarda o‘rganish va baholashdan iborat. Ushbu metodika bolalar uchun mo‘ljallangan sotsiometrik metodlardan biri hisoblanadi.
Guruhdagi har bir bolaga uni qiziqtiradigan va o‘zida bo‘lishni hohlaydigan predmetlar beriladi. Bu har xil o‘yinchoqlar, rasmlar hamda shirinliklar bo‘lishi mumkin. Bola quyidagicha ko‘rsatma oladi: senga berilgan 3 ta predmetning o‘zingga yoqadiganini eng yaqin o‘rtoq deb hisoblagan bolaning shkafiga qo‘y, keyingi predmetni esa o‘rtacha o‘rtog‘ing shkafiga, oxirgisini esa o‘zing bilan unchalik o‘rtoq bo‘lmagan bolaning shkafiga qo‘y.
Har bir bola ushbu predmetlarni tarqatib bo‘lgandan so‘ng, tadqiqotchi har bir bolada qancha predmet yig‘ilgani haqida xulosa chiqaradi va bolaning guruhdagi sotsiometrik o‘rni aniqlanadi. Bu quyidagi formula bilan ishlab chiqiladi: , bunda C – bolaning o‘rtoqlari bilan shaxslararo munosabatdagi o‘rni, K – esa bolaning o‘rtoqlaridan olgan predmetlar miqdori, n – guruhda testda qatnashgan bolalar soni.
Natijalarni baholash:
10 ball – agar bolaning ko‘rsatkichi 100% bo‘lsa
8-9 ball – bolaning ko‘rsatkichi 80 – 99% bo‘lsa
6-7 ball – bolaning ko‘rsatkichi 60 – 79% bo‘lsa
4-5 ball – bolaning ko‘rsatkichi 40 – 59% bo‘lsa
2-3 ball – bolaning ko‘rsatkichi 20 – 39% bo‘lsa
0-1 ball – bolaning ko‘rsatkichi 0 – 19% bo‘lsa
10 ball – juda yuqori
8-9 ball – yuqori
4-7 ball – o‘rtacha
2-3 ball – past
0-3 ballgacha – juda past
Foydalaniladigan adabiyotlar:
1. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. Darslik. – T., 2010. – 167-188 b.
2. Shamshetova A.K., Melibayeva R.N, Usmanova X.E., Xaydarov I.O.. Umumiy psixologiya. 0 ‘quv qo‘llanma. – Т.: «Barkamol fayz media», 2018. – 114-121 b.
3. G‘oziev E. G‘ Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. – T.: “Universitet” 2002.40-53b.
4. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya: Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. / P.I. Ivanov, M.E. Zufarova; Mas’ul muharrir D.M. Mirzajonova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. – Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 136-164 b.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling