Dori vositalarining sanoat texnologiyasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‟zbеkiston Rеspublikasi Sog‟liqni saqlash vazirligi Toshkеnt farmatsеvtika instituti
- MA‟RUZALAR MATNI
- Tuzuvchilar
- Markaziy uslubiy kengash raisi, f.f.d., prof. X.S.Zaynutdinov
- Ilmiy kengash kotibi, f.f.d., prof. Z.O.Yuldashev
- 1-MA‟RUZA Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish Reja
- Xavf tugrisida tushuncha. Xavfning taksonomiyasi, nomenklaturasi, kvantifikatsiyasi va identifikatsiyasi Xavf
- Xavfning taksonomiyasi
- Xavfning nomenklaturasi.
- Xavfning kvantifikatsiyasi.
- Xavfning identifikatsiyasi.
- Xavfsizlikni tizimiy taxlil kilish. Xavfsizlikning tizimiy taxlili xakida tushuncha va uning maksadi. Sistemali taxlil
1 DORI VOSITALARINING SANOAT TEXNOLOGIYASI KAFEDRASI O‟zbеkiston Rеspublikasi Sog‟liqni saqlash vazirligi Toshkеnt farmatsеvtika instituti Toshkеnt-2014 Sanoat farmatsiyasi fakultеti YO„NALISHI UCHUN HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI fanidan ma'ruzalar matni 2 O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‗LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI “TASDIQLAYMAN” O‗quv ishlari bo‗yicha prorektor v.b. farm.f.d., prof. ------------------------------------- X.S.Zaynutdinov ― ---------- ‖ --------------------------------------- 2014 yil 5510600 – Sanoat Farmatciyasi (turlari) bo‟yicha va 5522900 – Biotexnologiya ta‟lim yo‟nalishlari “HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI”fanidan MA‟RUZALAR MATNI Toshkent - 2014 3 Tuzuvchilar: Xaydarov V.R. DVST kafedrasi mudiri v.b., dotsent, f.f.n. Zufarova Z.X DVST kafedrasi katta o‘qituvchisi, f.f.n. Sharipova S.T. DVST kafedrasi assistenti. Taqrizchilar: TTYMI Muxandislik kommunikatsiyalari va tuzilmalari dotsеnti, k.f.n. M.D.Saidova Farmakologiya va klinik farmatciya kafеdrasi mudiri, t.f.d. S.A.Saidov Institut markaziy uslubiy kengashida (2014 y. ― ---------- ‖ ------------------------------ dagi ----- –sonli majlis bayoni) ko‗rib chiqildi va ilmiy kengashga tasdiqlash uchun tavsiya etildi. Markaziy uslubiy kengash raisi, f.f.d., prof. X.S.Zaynutdinov Institut ilmiy kengashida (2014 y. ― ----------------- ‖ ---------------------------------------------- dagi ----- –sonli majlis bayoni) tasdiqlandi va chop etishga tavsiya etildi. Ilmiy kengash kotibi, f.f.d., prof. Z.O.Yuldashev 4 1-MA‟RUZA Mavzu: Hayot faoliyati xavfsizligi faniga kirish Reja: 1.«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining mohiyati va maqsadi. 2.Xavf tugrisida tushuncha. Xavfning taksonomiyasi, nomenklaturasi, kvantifikatsiyasi va identifikatsiyasi. 3.Xavfsizlikni tizimiy taxlil kilish. Xavfsizlikning tizimiy taxlili xakida tushuncha va uning maksadi. 4.Sabab va xavf tizimi. 5.Xayot faoliyati xavfsizligini boshkarish funksiyalari Vatanimiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, inson qadriyati eng oldingi o‗rindadir. Asosiy Qomusimiz bo‗lgan O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosini ham inson, uning qadr-qimmati, salomatligi tashkil etadi. Insonning hayoti, yashashga bo‗lgan huquqi Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi. «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining umumiy maqsadi-xavfsiz kelajakni ta‘minlash, iqtisodiy masalalarni atrof-muhitni muhofaza qilish bilan chambarchas bog‗langan holda olib borish, inson faoliyatining ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyati bilan chegaralanmasdan, uning xar xil tabiiy va tasodifiy ofatlardan saqlash masallarini o‗rganish xisoblanadi. Buning asosida rivojlanishning hamma jarayonlarini tekis o‗sib borishini ta‘minlash, umumbashariy tabiiy zahiralarni tejash, texnologiyalarni xavfsizlarini tanlash, tashqi muhit bilan xavfsiz muloqot qilishni ta‘minlaydigan etuk kadrlarni tayyorlash masalalari yotadi. Bunda e‘tiborni hamma jabhalarda bu ishlarga alohida ahamiyat beruvchi rahbar xodimlarni tayyorlash masalasiga ahamiyat berish zarurati ko‗rinadi. Xayot faoliyati xavfsizligi negizini uchta mustaqil fan tashkil qiladi: mehnatni muhofaza qilish (ishlab chiqarish sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi, mexnat qonuniyatlari, yong‗in xavfsizligi), ekologiya-atrof-muhitni muhofaza qilish va fuqarolar mudofaasi (favqulodda xolatlar) fanlari. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning qonuniy asosini O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‗zbekiston Respublikasi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va Favqulodda vaziyatlar vazirining ko‗rsatma va boshqa tegishli me‘yoriy hujjatlari tashkil etadi. Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining diqqat markazida qo‗yilgan maqsad bu insonni jamiyat taraqqiyotidagi roli. Hayotiy faoliyat xavfsizligi - bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Ilmiy texnik rivojlanish xayot faoliyat xavfsizligiga bog‗lik bo‗lgan yangi muammolarni keltirib chikaradi. Bu masalalarni xal etish ilmiy tadkikot natijalari va chukur bilimlarni bulishni takkoza qiladi. Tadkikot natijalari sanitariya va kurilish normalarida, aktlar, koidalar xavfsizlik me‘yorlari, konunlashtirilgan aktlar va boshka materiallarda bayon etilgan. Hozirgi zamon ishlab chikarishdagi jarayonlarni bajarishda ko‗plab mashina va uskunalar ishlatiladi. Ularga aloxida-aloxida xavfsizlik talablari ishlab chikarilgan. SHu boisdan xayot faoliyati xavfsizligi masalalarini qismlarini o‗rganishda xavf paydo bo‗lish manbalari, ularning qisqacha xarakteristikasi, insonga ta‘siri, muxofaza yo‗llarini ma‘ruza matnida bayon etish lozim. Xayot faoliyat xavfsizligi fanini urganishda texnik, fizik- ximiyaviy, tibbiy, biologik, kishlok xujaligi, xukukiy va boshka fanlarning yutuklariga asoslanish zarur. Unda mehnat muhofazasiga qisqacha kirish, mehnat qonunchiligi, mehnat gigienasi va sanoat sanitariyasi, sexlarini yoritish, shovqin va titrash, elektr havfsizligi, og‗ir ko‗p mehnatni mexanizatsiyalash, korxona xududini obodlantirish, yong‗in havfsizligini ta‘minlash va boshqa dolzarb muammolar o‗rganiladi. Fanning vazifasi bo‗lajak mutaxassislarga xayot faoliyati va mehnat xavfsizligini ilmiy asosini o‗rganish, ularga ishlab chiqarishda sog‗lom ish sharoitini yaratish, shuningdek ishlab chiqarishdagi xavfsizlikni ta‘minlashni o‗rganishdir. SHunday kilib, xayot faoliyat xavfsizligi fani barcha konunlashtiruvchi aktlar, ijtimoiy- 5 iktisodiy, tadbirlar tizimi bo‗lib insonni ishga kobiliyatligini, sog‗ligini va xavfsizligini ta‘minlaydi. Hayotiy faoliyat xavfsizligi-inson faoliyatining barcha jabhalaridagi xavfli va zararli omillardan tortib inson himoyasi muhofazasi nazariyasi va amaliyotini o‗z ichiga oluvchi ilmiy bilimlar sohasi sanaladi. Hayotiy faoliyat xavfsizligi vazifasi xavflar ta‘sir etish darajasini baholash, muxofazalash uchun qo‗llanadigan vositalar, yo‗l-yo‗riqlar, qo‗llanmalar, usullarni ishlab chiqishni shakllantirishdan iborat. Fan va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy – iqtisodiy xavfsizlikni oshirib, shu bilan birga aholi salomatligi uchun bo‗lganidek, atrof-muhit uchun ham xavfsizlikning yangi turlari vujudga kelishiga olib keldi. Xavfsizlik–tushunchasi deganda ishlash davomida insonga ta‘sir etuvchi xavfsizlikni va inson salomatligiga ta‘sir etuvchi xolatdir. Butun jahon sog‗liqni saqlash tashkiloti ma‘lumotlariga ko‗ra, hozirgi paytda baxtsiz hodisalar oqibatidagi o‗limlar yurak-tomir va onkologik kasalliklardan keyin 3-o‗rinda turadi. Agar kasalliklardan, asosan katta yoshdagi kishilar hayotdan ko‗z yumsa, baxtsiz voqealar natijasida esa mehnatga layoqatlilar asosan halok bo‗ladi. SHikastlanish – 2 yoshdan 41 yoshgacha bo‗lgan insonlar o‗limining asosiy sababidan hisoblanadi. Insoniyat vabo, o‗lat, chechak, terlama epidemiyalarini engib o‗tdi, hayotini uzaytirish usullarini izlamoqda, biroq baxtsiz hodisalar bilan samarali kurashishning uddasidan chiqmoqda. SHikastlanish hozirgi vaqtda haqiqiy ijtimoiy kulfat epidemiya ko‗lamiga tenglashdi. Hayotiy faoliyat – inson organizmidagi murakkab biologik jarayon bo‗lib, salomatlik va mehnatga layoqatni saqlash imkoniyatini beradi. Har qanday faoliyat salohiyati xavfli. Turli sabablarga ko‗ra, o‗lim holatlari ehtimoli bor. Baxtsiz hodisalar xarakteri Ehtimolligi Avtofojea (halokat) 4000 dan 1 Qulash 10000 dan 1 Alanga va yonuvchi moddalar ta‘siri 25000 dan 1 Suvga cho‗kish 30000 dan 1 O‗q otadigan qurollardan jarohatlar 100000 dan 1 Aviahalokatlar 100000 dan 1 Jismlarning qulashi 160000 dan 1 Elektjarohat 160000 dan 1 Uraganlar-bo‗ronlar 2500000 dan 1 Xavf tugrisida tushuncha. Xavfning taksonomiyasi, nomenklaturasi, kvantifikatsiyasi va identifikatsiyasi Xavf - xayot faoliyati xavfsizligining asosiy tushunchalaridan biri bo‗lib, inson faoliyati davrida uning sog‗ligiga bevosita yoki bilvosita zarar keltiruvchi, ya‘ni ko‗ngilsiz okibatlarga olib keluvchi xolat, jarayon, ob‘ekt va vositalardir. Xavfni xarakterlovchi belgilar soni taxlil maksadiga bog‗liq holda ko‗payishi yoki kamayishi mumkin. SHu sababli, Ishlab chiqarishdagi xavfni xarakterlovchi belgilar mexnat xavfsizligi standartlariga muvofik - «xavfli va zararli ishlab chikarish omillari» shaklida talkin kiladi. Xavfli va zararli omillar ta‘sir ko‗rsatish tabiatiga ko‗ra fizikaviy, ximiyaviy, biologik va psixofiziologik omillarga ajratiladi Xavfli va zararli omillarni ta‘siri natijasi jarohatlanish, og‗ir kasalliklar, avariyalar va ofatlar soni ortishini ko‗rsatadi. Sanoat ishlab chiqarish korxonalarida barcha xavfli va zararli omillarni kuzatish mumkin. Xavfli ishlab chiqarish omili – bu shunday omilki, uning ta‘siri ishlovchini jarohatga olib keladi. Zararli ishlab chiqarish omili ta‘siri kasallikka olib keladi. 6 Ishlab chiqarish omillari tasnifi Gr up pa O m il la r Xavfli va zararli ishlab chiqarish omil Fizi k M ex an ik Xarakatdagi mashina va mexanizmlar, mashinalarning harakatlanuvchi qismlari; xarakatlanuvchi maxsulotlar, materiallar, buziladigan uskunalar; Xav o mux it i xolati Ishchi zonasi xavosining ortiqcha changlangan va gaz bilan to‗yinganligi Xavoning ortiqcha yoki kam ionlashganligi uskuna va materiallar sirtlari Ishchi zonasi xavosi xaroratining past yoki yuqoriligi ; barometrik bosimining yuqori yoki pastligi yoki uning keskin o‗zgarishi xavoning namligining yuqori yoki kamligi; xavo xarakatining past yoki yuqoriligi SHov qin , vibrat siya ishlash joyida shovqinning yuqori darajasi vibratsiya yuqori darajasi infratovush to‗lqinlar yuqori darajasi ultratovush yuqori darajasi Elek tr xav fsi zli k elektr zanjirida quvvatlanish darajasining yuqoriligi elektromagnit nurlanishlarning yuqori darajasi elektr maydonining yuqori quvvatlanganligi magnit maydonining yuqori quvvatlanganligi Y O ru g‘ la n g a n li k tabiiy yorug‗likning etishmasligi yoki yo‗qligi Ishchi zonasining etarli yorug‗lanmaganligi yorug‗likning yuqoriligi ultrabinafsha nurlanish yuqori darajasi infraqizil nurlanish yuqori darajasi Ishchi zonasida ionlashgan nurlanish yuqori darajasi Kimyov iy odam organizmiga ta’siriga ko‘ra toksik; qitiqlovchi; sensibilovchi; kanserogen; mutagen; reproduktiv ta‘sirga ega; odam organizmiga Nafas olish yo‗llari; oshqozon-ichak trakti; 7 kirish yo‘l- lariga ko‘ra Teri va shilliq qavvat orqali. Psixofi- ziologik fizik zo‘riqishlar statik dinamik asab-psixik zo‘riqishlar aqliy zo‗riqish analizatorlarning zo‗riqishi mexnat turining bir xildaligi emotsional zo‗riqish Biologi k Patogen mikroorganizmlar (bakteriya, virus, rikketsiya, spiroxeta, zamburug‗lar) xayot maxsulotlari SHunga boglik xolda xavf potensial (yashirin) va real turlarga bo‗linadi. Potensial xavfni yuzaga,birinchi navbatda ishlab chikarish sharoitiga bog‗iq bo‗lib, xavfni yuzaga keltiruvchi sabablar orqali baholanadi. Xavf tasirida yuzaga kelgan baxtsiz xodisalarning sabablari esa texnik-texnologik, sanitar-gigienik, tashkiliy va psixofiziologiya kabi turlarga bo‗linadi. Xavfning taksonomiyasi- bu uning kelib chikishi tabiati turi, okibatlari, tuzilishi insonga ta‘sir etish xarakteri va shunga o‗xshash belgilari asosida tasniflanishi bir sistemaga keltirilishidir. Umuman, «taksonomiya» murakkab hodisalar jarayonlar tushunchalar va ob‘ektlarning tasniflanishi xamda bir sistemaga solinishi to‗g‗risidagi fan hisoblanadi. Xavf murakkab va ko‗p belgilarga ega tushuncha bo‗lganligi sababli, uning taksanomiyasini inson xayot faoliyatini xavfsizligini ta‘minlashda xamda xavf tabiatini chukurrok o‗rganishda muxim rol o‗ynaydi. Lekin, xozirgi vaktda xavfning takkomil, to‗liq taksonomiyasi ishlab chikilmagan. SHunday bulsada bu borada ma‘lum darajada ilmiy ishlar bajarilgan bo‗lib, xavfning kuyidagi ko‗rinishdagi taksonomiyasi vujudga kelgan: - xavfning yuzaga kelish tabiatiga ko‗ra: tabiiy,texnik, antropogen, ekologik, aralash; - xavf ta‘sirida ko‗ngilsiz oqibatlarni yuzaga kelish vaqtiga ko‗ra: impulsiv,kumuletiv; - lokalizatsiya bo‗yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera, kosmos bilan bog‗liq xavflar; - yuzaga keluvchi okibatlar bo‗yicha: charchash, tolikish, zo‗rikish, kasallanish, shikastlanish, jaroxatlanish, avariya, yong‗in va boshqalar; - keltirib chikaruvchi zararga ko‗ra: sotsial, texnik, ekologik; - yuzaga kelish soxasi bo‗yicha: madaniy, maishiy, transport, yo‗l -transport, ishlab chikarish, xarbiy va boshkalar; - xavfning tarkibi va tuzilishiga ko‗ra: oddiy va xosilali (yasamali), ya‘ni bir necha oddiy xavflar birikishi natijasida yangi, murakkab xavfning yuzaga kelishi; - insonga ta‘sir etish xarakteriga ko‗ra: aktiv va passiv; Xavfli faktorlar belgilari esa aprior va aposterior turlarga bo‗linadi. Aposterior belgilarda xavfning izi, o‗rni koladi, ya‘ni xavf asosli buladi. Xavfning nomenklaturasi. Nomenklatura - ma‘lum bir belgilariga kura tartibga solingan, sistemalashtirilgan nomlar, terminlar ruyxatidir. Xozirgi vaktda xavfning alfavit tartibidagi nomenklaturasi ishlab chiqilgan bo‗lib, u quyidagi ko‗rinishga egadir. Alkogol, anomal xarorat, anomal nisbiy namlik, anomal havo tezligi, anomal barometrik bosim, anomal yoritilganlik, anomal ionlashgan havo, analizatorlarning zo‗riqishi, aylanish va xarakatlanish tezligi, aqliy zo‗rikish, bosim ostidagi idishlar, bug‗, balandlik, gazlar, gerbitsidlar, gipodinamiya, gipokineziya, dinamik zo‗rikish, dorilar, etarsiz mustaxkamlik, yomg‗ir, yopiq xajm (sig‗im), yong‗in, yong‗inga xavfli moddalar, yorug‗lik oqimining pulsatsiyasi, zaharli moddalar, zanglash, zaxarlanish, issiq yuza (sirt), infratovush, infraqizil nurlar, ishchi xolat, ishchining noto‗g‗ri xarakati, kasalliklar, kinetik energiya, kishilarning xato xarakati, lazer nurlari, mashina va mexanizmlarning aylanuvchi kismlari, 8 muz, magnit maydoni, makroorganizmlar, meteoritlar, mikroorganizmlar, momokaldirok, monotonlik, mashina va mexanizmlarning zo‗riqishi, nonormal ruhiy holat, notekis yuza, olov, portlovchi moddalar, pestitsidlar, radiatsiya, rezonans, suv, suv bosishi, suv toshqini, sovuq yuza (sirt), statik zo‗riqish, statik elektr zaryadlari, tugun, toygok (sirganchik) yuza, tuman, to‗lqin zarbasi, tezlanish, tolikish, uchkun, uykusizlik, ultratovush, ultrabinafsha nurlar, xazonrezlik, chukurlik, chang, charchash, shovqin, elektr yoyi, elektr toki, elektr maydoni, emotsional zo‗rizish, yukoridan kulash (yikilish), yukori ravshanliqdagi yorug‗lik, yukori chastotali tok, yashin, o‗tkir predmetlar (tikonli, uchli, qirrali, kesuvchi), qasmoq, qurol-yarog‗, qor bosishi, qor kuchishi, quyosh aktivligi, quyosh zarbasi, xarakktlanuvchi predmetlar, xavoning gaz tarkibini buzilishi. Aniq tekshirishlar va tadkikotlar o‗tkazishda aloxida ob‘ektlar, ishlab chikarish, sexlar, ish joylari, ish jarayonlari, kasb turlari bo‗yicha xam xavf nomenklaturasi tuziladi. Xavfning kvantifikatsiyasi. Kvantifikatsiya- sifat darajasi aniqlanadigan va baxolanadigan murakkab tushunchalarga sonli xarakteristika berish demaqdir. Kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshka usullar qo‗llaniladi. Xavfning eng keng tarqalgan soniy baholash mezoni-tavakkal, tavakkalchilik, ya‘ni xavf-xatarga karshi bormoqdir. Soniy baxolash - ma‘lum davrdagi faoliyat davomida yuzaga kelgan ko‗ngilsiz oqibatlarni oldindan ehtimol qilingan, sodir bo‗lishi mumkin bo‗lgan xavfga, ko‗ngilsiz okibatlarga nisbatidir. Tavakkalni aniqlashda okibatlarning sinfi ko‗rsatilishi lozim. Xavfning identifikatsiyasi. Xavf potensial, ya‘ni yashirin xarakterga ega. SHu sababli, hayot faoliyat xavfsizligini ta‘minlashda xavfni oldindan aniqlash muxim rol o‗ynaydi. Identifikatsiya - xavfni va uning soniy hamda vaqtli ko‗rsatkichlarini aniqlash jarayoni bo‗lib, uning natijasida xayot faoliyat xavfsizligini ta‘minlashga karatilgan profilaktik va operativ tadbirlar ishlab chikiladi. Identifikatsiya jarayonida xavfning nomenklaturasi, xavfni yuzaga kelish extimoli, fazoviy koordinatalari, xavf tufayli kutiladigan zarar va boshka parametrlar aniklanadi. Olingan natijalar asosida esa anik tadbirlar ishlab chikiladi. Potensial xavf yuzaga keladigan, amalga oshadigan sharoitlar baxtsiz hodisalarning sabablari deyiladi. Baxtsiz hodisalar turli xil, ya‘ni jaroxatlar, shikastlanishlar, kasallanishlar va boshka ko‗rinishlarda bo‗lishi mumkin. Xavf, sabab va okibat - baxtsiz xodisalarni, favkulodda xolatlarni, yong‗inlarni va shu kabi boshka ko‗ngilsiz xodisalarni asosiy xarakteristikasi hisoblanadi. «Xavf - sabab - ko‗ngilsiz oqibatlar» - bu logik rivojlanish jarayoni bo‗lib, yashirin xavfni yuzaga chikishiga xamda real zarar keltirib chikarishga olib keladi. Ko‗rsatilganidek, bu jarayon ko‗p sababli hisoblanadi. SHu sababli baxtsiz hodisalarni oldini olishda ularning sabablarini aniklash muxim rol o‗ynaydi. Quyida yuqoridagi uchlikga doir misollar keltiramiz: Elektr toki (xavf) - qisqa tutashuv (sabab) - kuyish (okibat); Pestsidlar (xavf) - SHXV foydalanmaslik (sabab) - zaxarlanish (okibat). Insoniyatning xar kanday faoliyati potensial xavfli jarayondir. Albatta, bu tasdik aksiomatik xarakterda bo‗lsada, muxim metodologik axamiyatga egadir. Xavfsizlikni tizimiy taxlil kilish. Xavfsizlikning tizimiy taxlili xakida tushuncha va uning maksadi. Sistemali taxlil — murakkab muammolar, jumladan, xavfsizlik sistemasi bo‗yicha karor tayyorlash va uni asoslash uchun foydalaniladigan metodologik vositalar majmuidir. Sistema- o‗zaro birikkan komponentlar majmui bo‗lib, ularning o‗zaro ta‘siri natijasida ma‘lum bir maksad amalga oshiriladi, ish bajariladi. Sistemaning komponentlari jumlasiga material va ob‘ektlardan tashqari ularning o‗zaro bog‗lanishi xamda ular o‗rtasidagi munosabatlar xam kiradi. Har kanday soz mashina texnik sistemaga misol bo‗la oladi. Agar sistemaning bir komponentini inson tashkil etsa, bunday sistema «ergatik sistema» deb ataladi. Ergatik sistemaga misol tariqasida «inson-mashina», «inson-muxit», «inson-mashina-muxit», kabilarni keltirishimiz mumkin. Sistemani tashkil etuvchi elementlarni o‗ziga xos xususiyatlari bo‗lishi bilan bir katorda uning 9 o‗zini xam o‗z xususiyati mavjud bo‗ladi. Sistemada vujudga kelgan xususiyat uni tashkil etuvchi elementlarning birortasida xam bo‗lmaydi. Masalan, yonuvchi modda- kislorod-yongin manbasi bitta sistemani tashkil etadi. Agar ushbu elementlardan birortasi bo‗lmasa yonish jarayoni yuzaga kelmaydi. Bu erda yonuvchi modda yonish xususiyatiga, kislorod-yong‗inni yuzaga keltirish sharoitini yaratash xususiyatiga, manba esa yong‗inni amalga oshirish xususiyatiga ega. Albatta, bu sistemada ushbu elementlardan birortasining bo‗lmasligi, sistemani buzilishiga olib keladi, natija, maksad (ushbu kolatda-yonish) amalga oshmaydi. Xavfsizlikni sistemali taklilining asosiy maksadi ko‗ngilsiz okibatlar (baxtsiz xodisalar)ga olib keluvchi sabablarni aniklash va shu asosida ularni kamaytirish ehtimolini ta‘minlovchi tadbirlar ishlab chikishdan iboratdir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling