Dori vositalarining sanoat texnologiyasi
Ishlab chiqarish travmatizm va kasbiy kasalliklari profilaktikasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-ma‟ruza Mavzu: Farmatsevtik korxonalarda elektr havfsizligi
Ishlab chiqarish travmatizm va kasbiy kasalliklari profilaktikasi. Mexanizatsiya, avtomatizatsiya. Umumiy va kasb kasalliklari, zaharlanishning oldini olish uchun salomatlik va mehnat sharoitlari xavfsizligini ta‘minlovchi texnika va qurilma katta ahamiyat kasb etadi. • Eritish, isitish, ventilyasiya, sanitariya me‘yorlariga tegishli ishlab chiqarish holati. • Sanitar- maishiy qurilmalar • Uskunalarning germatizatsiyasi, izolyasiya tovushi, shovqin va tebranishni o‗chiruvchilar • Uskunalar va ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish • Saqlovchi, blokirovkalovchi va signalizatsiya qurilmalari • Elektr magnit nurlanishning himoya ekranlari • Ichimlik suvini tozalovchi, zararsizlantiruvchi qurilmalar • Ishlab chiqarish, oqova suvlarni filtrash, zaharli va zararli moddalardan tozalash uchun qurilmalar • Ishlab chiqarish zaruriyatlarini uchun individual himoya vositalari va moslamalari. Mehnatdan mayibligi natijasida jabrlanuvchiga qoplanadigan zarar miqdori Fuqaro hayoti yoki salomatligiga etkazilgan zarar qoplovi O‗zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi tomonidan tartibga solinadi. Jabrlanuvchiga qoplanadigan zarar: 1. Ish haqi miqdorida yoki uning tegishli qismi-mehnatga layoqat yo‗qotilish darajasiga qarab pul miqdori to‗lovlari; 2. Qo‗shimcha xarajatlar kompensatsiyasi; 3. Bir yo‗la to‗lanadigan to‗lov puli; 4. Moddiy zarar qoplovidan iborat. 62 11-ma‟ruza Mavzu: Farmatsevtik korxonalarda elektr havfsizligi Reja: • Elektr xavfsizlik. Tokning inson uchun xavfi. • Yo‗l qo‗yiladigan tok va kuchlanishlar. • Inson tanasining elektr qarshiligi. • Elektrxavfsizlik shartlari tahlili. • Sanoat korxonalarining elektr xavfi buyicha sinflarga bulish Elektr tokini fizika qonunlari bilan izoxlaydigan bo‗lsak, u elektr zaryadlarining tartibli xarakati bo‗lib, elektr toki paydo bo‗lishi va doimo paydo bo‗lib turishi uchun moddada erkin elektr zaryadlari, ularni tartibli xarakatga keltiruvchi elektr maydon va zanjir berk bo‗lishi kerak. Sanoatda elektr energiyasidan keng kulamda foydalanish sababli elektr toki tasirida ruy berish mumkin bulgan baxtsiz xodisalar va ulardan saklanish masalalari muxim masalalar katoriga kirib bormokda. Elektr toki ta‘sirining eng xavfli tomoni shundaki bu xavfni oldinrok sezish imkoniyati yuk. Elektr tokining inson organizmiga ta‘siri natijasida shikastlanish hosil qiladi. Uning oqibati tokning miqdori va uning harakat davomiyligi, kuchlanish kattaligi, inson tanasining elektr qarshiligi va organizmning individual xossalari orqali o‗tish yo‗li va chastotasiga bog‗liq. Elektr tokining inson organizmiga ta‘siri turli fiziologik reaksiyalar ko‗rinishida issiqlik (kuyish, kon tomirlari nerv va xujayralarning kizishi sifatida), mexanik (to‗qimalarning yorilishi), elektrolitik (kon tarkibidagi yoki xujayralar tarkibidagi tuzlarning parchalanishi natijasida konning fizik va kimyoviy xususiyatlarini uzgarishi), biologik (inson organizmidagi tirik xujayralar muskullarning keskin kiskarishi natijasida tulkinlanadi, nafas paralichi, yurak falajini keltirib chiqib, bu asosan organizmdagi bioelektrik jarayonlarning buzilishi natijasida ruy beradi) bo‗lishi mumkin. Elektr xavfsizligi – kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit maydonining zararli va xavfli ta‘siridan muhofaza qilishni ta‘minlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar sistemasi. Elektrdan shikastlanish ichki (elektr toki urganda yurak, nafas olish yo‗llari, lat eyish boshqalar) va tashki (kuyish, teri elektrometalizatsiyasi, elektr chandiqlar) shikastlanishlarga bo‗linadi. Elektr tokining inson organizmiga ta‘sirining xilma-xilligidan kelib chikib, umuman elektr ta‘sirini ikki gruppaga bo‗lib qarash mumkin: maxalliy elektr ta‘siri va tok urishi. 1.Maxalliy elektr ta‘siriga elektr ta‘siri natijasida kuyib qolish, elektr belgilari xosil bo‗lishi, terining metallashib kolishi xollarini ko‗rsatish mumkin. 2.Tok urishi to‗rt darajaga bo‗lib qaraladi: I. muskullar keskin kiskarishi natijasida odam tok ta‘siridan chikib ketadi va odam xushini yo‗qotmaydi. II. muskullar keskin kiskarishi natijasida odam xushini yo‗kotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi. III. xushini yo‗kotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‗xtab koladi. IV klinik o‗lim xolati- bunda insonda xech kanday xayot alomatlari ko‗rinmay koladi. Jarohatlanish natijasiga organizmdagi tokning yo‗li ham ta‘sir qiladi. Elektr toki qo‗l orqali oyoqqa etganda eng katta xavf tug‗diradi, ya‘ni bunda tok organizmning eng ko‗p organlarini (yurakni va o‗pkani) qamrab oladi. Elektrdan jarohatlanish statistikasidan ma‘lumki, inson qo‗lining orqa tomonidan, chakkalardan, umurtqadan, tizzalardan, asab tolalarning birikish joylar va boshqa joylardan nisbatan uncha katta bo‗lmagan toklar o‗tganda ham halokatlarga olib keladi. Elektr tokidan jarohatlanish natijasida insonning individual xususiyatlariga sezilarli darajada bog‗liq bo‗ladi. Masalan, bir xil miqdordagi tok ikki kishidan o‗tganda birinchisida kuchsiz sezgi uyg‗otsa, ikkinchi kishining muskullarini qisqarishiga olib kelishi mumkin. Kishiga ta‘sir etuvchi tok qiymati insonning jismoniy va ruhiy holatiga bog‗liq holda o‗zgaradi. 63 Insonni mast holatida bo‗lishi, uning organizmini elektrga qarshiligini kamaytiradi va shunga ko‗ra uning jarohatlanishi xavfini ko‗paytiradi. YUrak, o‗pka, asab kasalliklari bilan xastalangan insonlar uchun tok xavfli ta‘sir ko‗rsatadi. SHuning uchun elektr qurilmalarida ishlashga tibbiy ko‗rikdan o‗tgan va maxsus ma‘lumotli kishilarga ruxsat etiladi. Inson tanasining elektr qarshiligi.Elektr tokidan jarohatlanishda inson tanasining qarshiligi katta ahamiyatga ega bo‗ladi. Inson organizmining karshiligi teri karshiligi va ichki organlar karshiliklari yigindisi sifatida olinadi.Teri asosan kuruk va ulik xujayralarning kattik katlamidan tashkil topganligi sababli katta karshilikka ega va umuman inson organizmining karshiligini ifodalaydi. Epiderma dielektrik sifatida ko‗rib chiqilishi mumkin. Inson tanasining umumiy elektrik qarshiligi terining ustki qatlami va uning ahvoli qarshiligining kattaligiga bog‗liq. Organizmning ichki organlarining karshiligi uncha katta emas. Inson terisining qarshiligi quyidagi asosiy omillarga bog‗liq: -terining ahvoli (toza, iflos, nam, quruq, butun, shikastlangan); -elektr tok turi va qo‗yilgan kuchlanish kattaligi; -tok chastotalari; -o‗tish davomiyligi; -asab tizimining umumiy axvoli. Tananing elektr tokiga qarshiligi Ri 100000 om dan 1000 om gacha qiymatlarda o‗zgaradi. Quruq shikastlanmagan teri uchun Ri = 10000-100000 Om. Terining ustki qismi (qatlami) da (tirnalish, kesilish, yoriqlar) Ri keskin pasayadi va ichki organlar qarshiligiga teng bo‗lib qoladi. Ri = 600-800 Om. Nam (terlagan) va ifloslangan teri qarshiligi sezilarli darajada pasayadi. Jumladan 30 V kuchlanishga ega elektrodlarni quruq qo‗llar bilan zabt etishda og‗riqli sezgilar kuzatilmaydi, nam teri holatida egilgan barmoqlarni to‗g‗ri tutish mushkul, qo‗l kaftida kuchli og‗riqlar seziladi. Kislotalar, ishqorlar, suv ta‘siri va terlashda inson teri qarshiligi Ri = 1000 Omgacha pasayishi mumkin, teri kesilganda esa hatto 600 Omgacha. Ri doimiyda bo‗lgani kabi, o‗zgaruvchan toklarda qo‗yilgan kuchlanish kattalashuvi bilan tushadi. Bu terining ustki qatlami uzilishi bilan izohlanadi. Inson tanasining ichki qarshiligi 500 - 600 Om dan oshmaydi. Yo‘l qo‘yiladigan tok Insonning elektr toki bilan shikastlanishiga ta‘sir etuvchi asosiy omillar–inson orqali o‗tadigan tok kattaligi va uning ta‘sir davomiyligi. 50-60 Gs sanoat chastotali o‗zgaruvchan tok xuddi shunday kattalikdagi doimiy tokka qaraganda insonni kuchliroq jarohatlaydi. Insonga 12-15 mA elektrodlardan mustaqil uzilishi mushkul bo‗lgan o‗zgaruvchan tok kattaligi inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. 50-60 Gs chastotali o‗zgaruvchan tok uchun xavfsiz kattalik sifatida 10 mA qabul qilingan. Doimiy tok uchun – 50 mA. Tokning turi va chastotasi xam ta‘sir ko‗rsatishda muxim rol uynaydi. Eng zararli tok 20- 100 Gs atrofidagi elektr toki xisoblanadi. Tokning inson tanasiga ta‘sir qilishiga ko‗ra quyidagi tasniflari aniqlangan: Inson o‘zi orqali o‘tayotgan kam ahamiyatli tok ta’sirini seza boshlaydi: 0,6 – 1,5 mA – o‗zgaruvchan tokda Boshlang‗ich sezuvchan 5 – 7 mA – doimiy tokda tok 10-15 mA f=50 Gs bo‗lganda o‗zgaruvchan toklar Boshlang‗ich qo‗yib 50-80 mA doimiy toklar yubormaydigan toklar 100 mA-5 A o‗zgaruvchan toklar Boshlang‗ich fibrilyasion 300 mA-5 A doimiy toklar toklar Yo‘l qo‘yiladigan xavfsiz kuchlanishlar. Baxtsiz hodisalar tahlili shuni ko‗rsatdiki, elektrjarohatlarning aksariyati kuchlanish ostidagi elektr qurilmalarning himoyalanmagan qismlariga tasodifan tegib ketishi natijasida sodir 64 bo‗ladi. Elektr qurilmadan foydalanilganda va atrof ishlab chiqarish muhitiga qarab (50-60 Gs) sanoat chastotali o‗zgaruvchan tokning 3 ta xavfsiz kuchlanishi o‗rnatilgan: YUqori xavfsiz binolarda – 65 V. YUqori xavfli binolarda – 36 V. O‗ta xavfli binolarda – 12 V. Ko‗pincha 1000 V gacha kuchlanishli elektr qurilma bilan ish qiluvchi xodimlarning elektrotok bilan shikastlanish holatlari yuz beradi negaki ular bunday kuchlanishni xavfsiz deb hisoblab, himoya vositalaridan asossiz foydalanishadi. U dan 36 V gachani nisbatan xavfsiz kuchlanish deb hisoblash qabul qilingan. U = 36 dan 60 V gacha kuyish va teridan og‗riqli qo‗zg‗atishini chaqiradi. U = 60 dan 100 V gacha jiddiy xavf chegarasi hisoblanadi va katta kuyishlar va nafas hamda yurak falajini hosil qiladi. 100 V dan yuqori kuchlanishli elektrotok inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Tok ta‘siriga tushib kolish sabablari Elektr toki ta‘siridan jaroxatlanish sabablari kuyidagilar: 1. kuchlanish ostida bulgan elektr tarmoklari yoki elektr utkazgichlarga tegib ketish yoki xavf tugdiruvchi masofaga yakinlashish. 2. elektr kurilmalari asbob uskunalarining ustki metall korpuslari va kopkoklarida elektr utkazgichlarning muxofaza kobiklarini shikastlanishi natijasida elektr kuchlanish xosil bulishi. 3. elektr tokini uchirib remont ishlarini bajarayotgan vaktda tasodifan elektr tokini ulab yuborish. 4. er yuzasiga uzilib tushgan elektr utkazgichi er yuzasi buylab elektr tokini tarkatayotgan tok potensiallari ayirmasi xosil bulgan zonaga bilmay kirib kolish natijasida kadam kuchlanishlar ta‘siriga tushib kolish. 5.izolyasiyasi ishdan chiqqan o‗tkazgichlar yoki ochiq tok uzatish qismlarga tekkanda, yoy orqali elektr toki ta‘siridan jaroxatlanish mumkin. Elektr jixozlari bilan ishlaganda xavfsizlik turli texnik va tashkiliy choralar bilan ta‘minlanadi. Elektr tokdan ximoyalanishning texnik vositalari jamoa va shaxsiyga bo‗linadi. Asosiy jamoa usullari: tok o‗tkazuvchi qismlar izolyasiyasi va uni doimiy nazorati; to‗siq vositalari o‗rnatish; ogohlantiruvchi signalizatsiya va blokirovka qurilmalari; xavfsizlik belgilari va ogohlantiruvchi plakatlardan foydalanish; kamroq kuchlanishdan foydalananish; erga ulash, nollashtirish, muxofazalovchi o‗chirish. Elektr tokidan jaroxatlanishning oldini olishga karatilgan asosiy chora-tadbirlar kuyidagilardir: 1) kuchlanish ostida bulgan utkazgichlarni kul etmaydigan kilib bajarish 2) elektr tarmoklarini ayrim joylashtirish 3) elektr kurilmalari korpusida elektr tokining xosil bulishiga karshi chora tadbirlar belgilash. a) kam kuchlanishga ega bo‗lgan elektr manbalaridan foydalanish; b) ikki qavatli muhofaza qoblari bilan ta‘minlash; v) potensiallarni tenglashtirish; g) erga ulab muhofazalash; d) nol simiga ulab muhofazalash; e) muhofaza o‗chirish qurilmalari. 4) Maxsus elektr muxofazalash sistemalaridan foydalanish 5) Elektr kurilmalarini xavfsiz ishlatishni tashkiliy chora-tadbirlarini kullash. Kuchlanish ostida bo‗lgan elektr o‗tkazgichlarini qo‗l etmaydigan qilib bajarishda tok o‗tkazgichlarini muhofaza qobiqlari bilan ta‘minlash, ularni bo‗y etmaydigan balandliklarga o‗rnatish, shuningdek o‗tkazgichlarni to‗siq vositalari bilan ta‘minlash kerak. Elektr tarmoqlarini ayrim joylashtirish deganda elektr tarmoqlarini o‗zaro transformator 65 yordamida tarmoqlarga bo‗lib yuborish tushuniladi. Buning natijasida ajratilgan tarmoqlar katta muhofaza izolyasiyasi qarshiligiga ega bo‗ladi, shuning uchun o‗tkazgichlarning erga nisbatan sig‗imi kichkina bo‗lganligi xavfsizlikni ta‘minlashda muhim rol o‗ynaydi. Elektroxavfsizlik shartlari tahlili Elektr tarmoqlari va elektr qurilmalarini 2 guruhga bo‗lish qabul qilinadi: • 1 guruh - 1000 V gacha kuchlanishli • 2 guruh - 1000 V dan yuqori kuchlanishli Elektr tarmoqlari tokli quvurlar soni bo‗yicha quyidagilarga bo‗linadi: • Bir o‗tkazgichli • Ikki o‗tkazgichli • Uch o‗tkazgichli • To‗rt o‗tkazgichli Bir o‗tkazgichli tarmoqda rels yoki er ikkinchi o‗tkazgich sanaladi. Bu sxema bo‗yicha tramvaylar, elektrovozlar, gohida payvandlash qurilmalari ishlaydi. 2 o‗tkazgichli tarmoqlari - doimiy va o‗zgaruvchan tok 1 fazali tarmoqlari. 3 o‗tkazgichli o‗zgaruvchan tok tarmoqlari - izolyasiyalanadi yoki erga tutash neytralli 3-fazali tok tarmoqlari. 4 o‗tkazgichli tarmoqlari - erga tutash neytralli va nolli o‗tkazgichli 3-fazali tok tarmoqlari.` Elektr qurilmaning statsionar konstruktiv himoya qurilmalari to‗siqlar, blokirovka, signalizatsiya, erga ulab muxofaza qilish, nolga ulab muxofaza qilish va hokazodan iborat. Statsionar – elektr himoya ko‗chma va olib yuriladigan buyumlar bilan qo‗shimcha qilinadigan himoya vositalari elektr qurilmalarda elektr tokidan talofat ko‗rishdan, elektr yoy va elektromagnit maydon ta‘siridan, elektr qurilmalarda ishlayotgan insonlarni himoya qilishga xizmat qiladi. Izolyasiya qiluvchi shtangalar va kleshlar, elektr o‗lchagich kleshlar va kuchlanish ko‗rsatkichlari, dielektrik rezina buyumlar va izolyasiyalanuvchi qo‗yilmalar, ko‗chma erga tutashma va to‗siqlar, izolyasiyali qo‗lkopli montyorlar asbobi, ogohlantiruvchi plakatlar shular jumlasidan. Erga ulab muhofaza qilish. Har qanday elektr qurilmasini, agar uning metall korpuslarida elektr kuchlanishi hosil bo‗lishi xavfi bo‗lsa, qaysi joyda va qanday binoda ishlatilishidan qat‘i nazar, uning korpusini erga ulab qo‗yiladi va bu elektr ustanovkalarini erga ulab muhofaza qilish deb ataladi. Erga ulab muhofaza qilishning asosiy mohiyati ishlatilayotgan elektr asboblarining metall korpuslarida elektr kuchlanishi paydo bo‗lsa uni erga o‗tkazib yuborishdan iborat. Elektr qurilmalarni erga ulab muhofaza qilishning asosiy xususiyati, qurilma korpusiga o‗tib ketgan kuchlanishni xavfsiz kuchlanish darajasiga tushirish, shuningdek, erga ulangan joy atrofida potensiallar ayirmasi hosil bo‗lmasligini ta‘minlashdan iborat. Nollashtirish – bu uskunani kuchlanish ostida qolishi mumkin bo‗lgan tok o‗tkazmaydigan qismini nolli o‗tkazgich bilan oldindan elektrik biriktirish hisoblanadi. Bunga qo‗shimcha ravishda nolli o‗tkazgich holati haqida signal beruvchi qurilmani jihozlash maqsadga muvofiq bo‗ladi. Nolga ulab muhofaza qilishning vazifasi erga ulab muhofaza qilish bilan bir xil, ya‘ni elektr asbobi korpusiga oqib o‗tib ketgan kuchlanishni zararsizlantirishdan iborat. Nolga ulab muhofaza qilishning ishlash prinsipini korpusga o‗tib ketgan elektr tokini nol simi bilan ulash hisobiga qisqa to‗qinish vujudga keltirish bilan, elektr qurilmasiga kelayotgan tok kuchining ortib ketishiga erishiladi va buning natijasida elektr qurilmasini muhofaza qilish uchun o‗rnatilgan saqlovchi eruvchi qurilmani yoki saqlovchi avtomatni o‗chirish bilan elektr qurilmasiga kelayotgan elektr tokini uzib qo‗yiladi. Bunday vazifani bajaruvchi, saqlovchi, eruvchi qurilmalar yoki avtomatlar oldindan elektr qurilmasidagi elektr tokining ma‘lum miqdorda oshishiga mo‗ljallab o‗rnatib qo‗yiladi. Muxofazalovchi uchirish kurilmasi Agar elektr kurilmasi korpusida inson xayoti uchun xavfli kuchlanish xosil bulib kolsa, uni tezda uchirish imkoniyatini beradigan kurilmalarga muxofazalovchi uchirish 66 kurilmalari deyiladi. Muxofazalovchi uchirish kurilmasi, xavf xosil kilgan elektr asbobini 0,2 sekund dan oshmagan vakt davomida uchirish imkoniyatini berishi kerak. Muxofazalovchi uchirish asbobi bir kancha kismlardan tashkil topgan bulib. Asosan elektr sistemasida biror bir parametrning uzgarishini sezib, elektr sistema siga berilayotgan tokni avtomatik uzuvchi kurilmaga signal beradi. Bu elementlarning asosiysi kabul kiluvchi kurilma bulib, u elektr sistemasidagi parametr uzgarishlarni kabul kiladi, agar kelayotgan signal kuchsiz bulgan xolda uni kuchaytiruvchi kurilma urnatiladi, shuningdek bu sistemaning tugri ishlayotganligini tekshirib turuvchi nazorat asboblari, xamda signal lampalari urnatilishi mumkin. Muxofazalovchi uchirish kurilmasi erga ulash va nollashtirish har xil sabablarga (faza korpusga tutashganga erga ulash va nollashtirish nosoz bo‗lganda, izolyasiyalar qarshiligi ruxsat etilgan normadan kam bo‗lgan xolllarda) ko‗ra inson xavfsizligini ta‘minlay olmaganda ishlatiladi. Harakatlanadigan elektr qurilmalarida qo‗l jihozlaridan foydalanilganda himoya ajratkichlarni qo‗llash eng maqsadga muvofiqdir. Elektr qurilmalarda qo‗llaniladigan shaxsiy himoya vositalari Mavjud elektr qurilmalarda ishlarning xavfsiz va yuqori maxsuldor sharoitlari ta‘minlash uchun elektr himoya vositalaridan tashqari turli noelektrotexnik himoya vositalaridan foydalaniladi. 1. himoya ko‗zoynaklari 2. kaskalar 3. qo‗lkoplar 4. protivogazlar 5. balandlikda ishlar uchun – saqlovchi belbog‗lar 6. sug‗urta dorlari 7. montyorlik qo‗ltirnoqlar 8. qo‗yma va osma zinalar (narvon) 9. stremyanka narvonlar va boshqa. Izolyasiyali shtanga – ishchi kuchlanishida turlar elektr qurilma qismlarini tegish bo‗lgan izolyasiyali materialdan tayyorlangan sterjen. SHtangalar barcha kuchlanishli qurilmalarda qo‗llaniladi. SHtangalarning 3 turi bor: 1. Tezkor – 1 qutbli ajratuvchi operatsiyalar, muvaqqat ko‗chma himoya erga tutashmalar qo‗yish, kuchlanish yo‗qligini tekshirish va boshqa operatsiyalar. 2. Ulchovli – ishlayotgan elektr qurilmalarda o‗lchovlar uchun. 3. Ta‘mirlovchi – kuchlanish ostida bo‗lgan tok yuruvi qismlarda bevosita va yaqinidagi profilaktik, ta‘mirlovchi va montaj ishlarini bajarish uchun. Turli ishlar uchun ishlatiladigan universal shtangalar mavjud: Har bir shtanga 3 ta asosiy qismga ega: 1. ishchi 2. izolyasiyalaydigan 3. rukoyatka Kleshlar 1 kV gacha elektr qurilma uchun 1 qo‗lli va 2 kV dan 10 kV gacha elektr qurilma uchun ikki qo‗lli bo‗ladi. Ular 3 asosiy qismga ega: 1. magnitsim, o‗ram, o‗lchov asbobidan iborat ishchi 2. ishchi qismidan uporgacha izolyasiyalaydigan 3. uporidan klesh oxirigacha rukoyatka. Elektr qurilmada dielektrik qo‗lqoplar: 1. 1000 V gacha – kuchlanish ostidagi ishlarda asosiy himoya vositasi sifatida qo‗llaniladi (uzunligi 350 mm). 2. Elektr qurilmada 1000 V asosiy izolyasiyalanadigan vositalar (shtangalar, izolyasiyalanadigan va elektr o‗lchagich kleshlar) yordamida ishlarda qo‗shimcha himoya vositasi sifatida qo‗llaniladi. 67 Dielektrik qo‗lqoplar, kalishlar va bo‗tiklar, gilamchalar yuqori elektrik mustahkamlik va yaxshi elastik egiluvchanlikka ega dielektrik maxsus rezinadan tayyorlanib, asosiy vositalar yordamida bajariladigan operatsiyalarda qo‗shimcha himoya vositasi sifatida qo‗llaniladi. Sanoat korxonalarining elektr xavfi buyicha sinflarga bulish Elektr tokidan jarohatlanish xavfi ko‗p holda elektr qurilma ishlatilayotgan muhitga bog‗liq bo‗ladi. O‗tkazgichlarni, elektr uskunalarining tok o‗tkazuvchi qismlari izolyasiyasi yuqori namlik, agressiv bug‗ va gazlarning ta‘siri ostida asta-sekinlik bilan emiriladi va ishdan chiqadi. Atrof muhitning yuqori darajadagi namligi inson tanasining qarshiligini kamaytiradi. Barcha xonalar (binolar) atrof – muhit xarakteriga bog‗liq ravishda, elektr xavfsizlik bo‗yicha uch guruhga bo‗lanadi. 1. xavfi yuqori bo‗lmagan; 2. yuqori xavfli; 3. o‗ta xavfli. YUqori xavfli xonalar unda quyidagi sharoitlardan birining mavjudligi bilan xarakterlanadi: -tok o‗tkazuvchi pollar (metall, tuproq, beton kumir va metallarning changlari); -namlik (havoning nisbiy namligi) 75% dan yuqori yoki tok o‗tkazuvchi changlar; -havo haroratining yuqoriligi (+350S dan yuqori); -ishchilarni bir vaqtda elektr uskunasining metall korpusiga va binoning erga biriktirilgan metall konstruksiyalariga va uskunalarga tegishi mumkinligi. O‗ta xavfli xonalar unda quyidagi sharoitlardan birining mavjudligi bilan xarakterlanadi: -havoning nisbiy namligi 100 % ga yaqin; -kimyoviy aktiv muhitlar (kislota va ishqorlar bug‗lari); -bir vaqtda yuqori xavfli xonalar uchun ko‗zda tutilgan sharoitlardan ikki yoki undan o rtig‗ini mavjudligi; Bu kategoriyalarga xonadan tashqarida, ochiq maydonda ishlatilayotgan elektr qurilmasini ham tenglashtirish mumkin. Xavfsiz xonalar nisbiy namligi va havo harorati me‘yorida bo‗lgan (nisbiy namligi 40—60%, havo harorati 18—25°C) va elektr toki o‗tkazmaydigan (masalan, yog‗och) polga ega bo‗lgan sanoat korxonalari xonalari kiradi. Elektr qurilmalarni xizmatchi personalari davriy tarzda elektr tok bilan shikastlanish xavfi to‗g‗risida va jabrlanuvchilarga birinchi yordam ko‗rsatish uslublari borasida yo‗riqnomadan o‗tish, shunidek elektr tokidan ozod uslublarini o‗rganishi, sun‘iy nafas oldirish yoki tashqaridan yurak massaji uslublariga o‗rgatilishi zarur. Mashg‗ulotlarni tibiy personalni tegishli shaxslari texnik personal bilan щamkorlikda olib borishlari zarur. O‗qishni tashkil qilish sex, uchastka yoki korxona boshlig‗i zimmasidadir. Doimiy navbatchilik joyilarda: a) birinchi yordam ko‗rsatish uchun aptechka bo‗lishi; b) ko‗rinadigan joylarda birinchi yordam ko‗rsatish qoidalari, sun‘iy nafas berish va yurakni tashqaridan massaj qilish qoidalari to‗g‗risidagi plakatlar osilgan bo‗lishi zarur. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling