Dori vositalarining sanoat texnologiyasi


-MA‟RUZA  Mavzu:  Mehnatni muhofaza qilish qonunlari va ularning


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana31.01.2018
Hajmi5.01 Kb.
#25731
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

13-MA‟RUZA 
Mavzu:  Mehnatni muhofaza qilish qonunlari va ularning  
tashkiliy asoslari. 
Reja:   
 
1.
 
Mehnatni muhofaza qilish to‗g‗risidagi qonunning qo‗llanish sohasi va davlat siyosati. 
2.
 
Mexnat muxofazasi soxasida nazorat organlari. 
3.
 
Korxona  va  tashkilotlarda  mehnat   muxofazaci  bo‗yicha  ishlarni  tashkil  qilish  va 
ularning bajarilishi uctidan nazorat.  
4.
 
Mehnatni  muhofaza  qilish  to‗g‗risidagi  qonunlar  va  boshqa  me‘yoriy  hujjatlarni 
buzganlik uchun javobgarlik. 
5.  Mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi buyicha o‗qitish. 
 
O‗zbekistonda mexnat muxofazasi - bu tegishli qonun va boshqa me‘yoriy xujjatlar asosida 
amal  kiluvchi,  insonning  mexnat  jarayonidagi  xavfsizligi,  sixat-salomatligi  va  ish  kobiliyati 
saklanishini ta‘minlashga karatilgan ijtimoiy, iktisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiena 
va davolash oldini olish tadbirlari xamda vositalari tizimidan iborat. 
Mexnatni  muxofaza  kilish  buyicha  belgilangan  barcha  tadbirlar  O‗zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasi (8 dekabr, 1992 yil), O‗zbekiston Respublikasining Mexnat kodeksi (21 dekabr; 
1995 y.), «Mexnatni muxofaza kilish tugrisidagi konun» (6 may. 1993 y.), Davlat standartlari, 
nizomlar va normativ xujjatlar, xavfsizlik texnikasi buyicha koidalar asosida olib boriladi.  
Mehnat muhofazasi – mehnat jarayonida insonning mehnatga layoqati va salomatligini saqlash, 
xavfsizligini  ta‘minlash  imkonini  beruvchi  ijtimoiy  –  iqtisodiy,  texnik,  gigienik,  davolash  – 
profilaktik, hamda tashkiliy tadbirlar va vositalar qonuniy aktlarning tizimidan iborat. 
Mehnat  muhofazasi  borasida  asosiy  vazifalar  –  ishlab  chiqarish  jarohatlari,  kasbiy 
xastaliklarning oldini olish hamda butun dunyoda mehnat sharoitlarini yaxshilashdan iborat. 
O‗zbekiston  Respublikasining  mexnatni  muxofaza  qilish  to‗g‗risidagi  konunida  mexnatni 
muxofaza  kilish  soxasidagi  davlat  siyosati  anik  o‗z  aksini  topgan.  Unda  «Korxonaning  ishlab 
chikarish  faoliyati  natijalariga  nisbatan  xodimning  xayoti  va  sogligi  ustivorligi»  (4  modda) 
ta‘kidlangan.  Ushbu  konun  5  bulim  va  29  moddadan  iborat  bulib,  unda  mexnat  muxofazasi 
buyicha  umumiy  koidalar  (1-bulim,  7  moddadan  iborat);  mexnatning  muxofaza  kilinishini 
ta‘minlash  (2-bulim,  8  moddadan  iborat);  ishlovchilarning  mexnatni  muxofaza  kilishga  doir 
xukuklarini ruyobga chikarishdagi kafolatlar (3-bulim, 6 moddadan iborat); mexnatni muxofaza 
kilishga  doir  konunlar  va  boshka  me‘yoriy  xujjatlarga  rioya  etilishi  ustidan  davlat  va 
jamoatchilik  nazorati  (4-bulim,  3  moddadan  iborat);  mexnatni  muxofaza  kilish  to‗g‗risida»gi 
konunlar  va  boshka  me‘yoriy  xujjatlarni  buzganlik  uchun  javobgarlik  (5-bulim,  5  moddadan 
iborat)  masalalari  yoritilgan.  1995  yil  21  dekabrda  O‗zbekiston  Respublikasining  Mexnat 
kodeksi  qabul  qilindi  va  u  1996  yil  aprel  oyidan  boshlab  amalda  kuchga  kirdi.  Ushbu 
konunlarda  ko‗rsatilishicha  xavfsizlik  texnikasiga,  ishlab  chikarish  sanitariyasiga  yong‗in 
chiqishidan  saklanishga  va  mexnat  muxofazasiining  boshka  koidalariga  rioya  etish  yuzasidan 
ishchi  va  xizmatchilarga  yul  yuriklar  berish,  shuningdek,  xodimlarning  mexnat  muxofazasiga 
doir  kullanmalarda  kursatilgan  xamma  talablarga  amal  kilishi  ustidan doimiy  nazorat  urnatish 
ma‘muriyat  zimmasiga  yuklanadi.  O‗zbekiston  Respublikasining  «Mexnat  kodeksi»  va 
«Mexnatni  muxofaza  kilish»  konunlari  asosida  mexnat  sharoiti  zararli  bulgan  ishlarda, 
shuningdek  aloxida  xarorat  sharoitida  bajariladigan  yoki  ifloslantiradigan  ishlarda  ishlovchi 
xodimlarga  belgilangan  me‘yorda  maxsus  kiyim  bosh,  maxsus  poyabzal  va  boshka  shaxsiy 
ximoya  vositalari  tekinga  beriladi.  Mexnat  sharoiti  ifloslanish  bilan  bog‗liq  va  zararli  bulgan 
ishlarda ishlovchi ishchilar belgilangan normalarda sovun, sut yoki boshka xil profilaktik ozik-
ovkatlar, issik sexlarda ishlovchilarga esa gaz-suv bilan tekin ta‘minlanadi. 
Mexnat  konunlari  kodeksida  balog‗atga  etmagan  yoshlarning  mexnatiga  aloxida  e‘tibor 
berilgan.  Un  sakkiz  yoshga  tulmagan  yigitlarning  16  kg  dan,  qizlarni  10  kg  dan  ortiq  yuk 
ko‗tarishiga,  ularning  ish  vaqtini  xaftasiga  36  soatdan  ortib  ketishiga,  yo‗l  qo‗ymaslik  kerak. 

 
75 
SHuningdek, ularni tungi va ish vaqtidan tashqari ishlarga xamda dam olish kunlari ishlashga 
jalb  etish  taqiqlanadi.  Ishchi  xodimlar  uchun  ish  vaqtining  normal  muddati  40  soatdan  oshib 
ketmasligi,  o‗n  sakkizga  kirmagan  yoshlar  xamda  mexnat  sharoiti  zararli  bo‗lgan  ishlarda 
mexnat  qiluvchilar  uchun  ish  vaqti  miqdori  xaftasiga  ko‗pi  bilan  36  soat  bo‗lishi  kerak.  Ish 
vaqtidan  ortiq  ishlash  xar  bir  ishchi  va  xizmatchi  uchun  surunkasiga  ikki  kun  davomida  4 
soatdan va yiliga 120 soatdan ko‗p bo‗lmasligi lozim. 
Mexnat  sharoitlarini  me‘yorlashtirish,  ishchilar  uchun  sog‗lom  va  xavfsiz  ish  sharoitini 
ta‘minlash  maqsadida  mexnat  xavfsizligi  talablari  asosida  standartlar  ishlab  chiqilib  ular 
ma‘lum bir sistemaga solingan. 
Ishlab chiqarishda yuz beradigan baxtsiz xodisalarni oldini olishga qaratilgan tadbirlardan biri 
bu  sodir  bo‗lgan  baxtsiz  xodisalarni  to‗g‗ri  tekshirish  va  taxlil  kilish,  ularning  sabablarini 
aniqlash xamda olingan ma‘lumotlar asosida tegishli tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir. SHu 
nuktai  nazardan  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasining  1997  yil  6  iyundagi  286-
sonli  karoriga  asosan  «Ishlab  chikarishdagi  baxtsiz  xodisalarni  va  xodimlar  salomatligining 
boshka zararlanishini tekshirish va xisobga olish» to‗g‗risida Nizom qabul qilindi. 
Mehnat  muhofazasi  mehnatning  xavfsiz  va  bezarar  sharoitlarini  ta‘minlash  bilan  bog‗liq 
mehnat muhofazasi qonunlari majmuasi masalalarini o‗z ichiga oladi. 
Ishlab  chiqarish  sanitariyasi  ishlayotgan  zararli  ishlab  chiqarish  omillariga  ta‘sirning  oldini 
oluvchi  vositalar  va  tashkiliy,  gigienik,  sanitariya-texnik  tadbirlar  tizimini  o‗z  ichiga  qamrab 
oladi. YOng‗in xavfsizligi mehnat muhofazasi qonunlari majmuasiga bevosita bog‗liq. 
Butun  dunyoda  mehnat  qonunchiligi  ishchi  va  xizmatchilarning  mehnat  huquqlari 
muhofazasini belgilaydi, mehnatning o‗ta qulay sharoitlarini ta‘minlaydi. 
Mehnat  muhofazasining  huquqiy  masalalari  davlatimizning  Asosiy  Qonuni  –  O‗zbekiston 
Respublikasi  Konstitutsiyasi  bilan  tartibga  solinadi.  Konstitutsiyaning  IX  bobi  iqtisodiy  va 
ijtimoiy 
huquqlarni 
himoyalashga 
qaratilgan. 
Konstitutsiya 
fuqarolar 
huquq 
va 
majburiyatlarini, mehnat va dam olish huquqlarini, keksalikda moddiy ta‘minotga va mehnatga 
layoqatsizlik  holatida  nafaqa  to‗lovlari  hamda  davlat  ijtimoiy  sug‗urta  mablag‗lari  evaziga 
to‗lovlar huquqlarini belgilaydi. 
Ijtimoiy  sug‗urta  mablag‗lari  respublikamiz  kasaba  uyushmalari  va  ijtimoiy  ta‘minot 
vazirliklari ixtiyoridadir. 
Qonunchilik asoslarida mehnat muhofazasi to‗g‗risidagi asosiy nizom ham bor. Unga muvofiq 
ishlab  chiqarishda  jarohatlanishlar  va  kasbiy  kasalliklarni  oldini  olish,  ogohlantirish  korxona 
ma‘muriyatining  majburiyati  sanaladi.  Ishlab  chiqarish  jarohatlarini  va  kasbiy  xastaliklari 
haqida ogohlantirish, ishlab chiqarish va maishiy xonalar, ish o‗rinlarini jihozlash, texnologik 
jarayonlarni  tashkil  qilish,  MX  qoidalari  va  sanitariya  qonunlariga  muvofiq  ishlayotganlarni 
himoya  qilish  kabi  tadbirlarni  o‗z  ichiga  oluvchi  mehnatning  xavfsiz  va  bezarar  sharoitlarni 
ta‘minlashga asoslangan. 
Homilador  ayollar  va  go‗dak  farzandlarini  tarbiyalayotgan  ayollar  davlatimizning  yuksak 
g‗amxo‗rligi ostida. Ularni tungi vaqtlarda, ishdan tashqari ishlarga jalb qilish, bayram va dam 
olish  kunlarida  band  etish,  shuningdek,  ularni  roziligisiz  xizmat  safarlariga  jo‗natish  ma‘n 
etiladi (11-bob «Ayollar mehnati»). 
Respublika mehnat qonunlarida o‗smirlar mehnatini muhofaza qilishga alohida e‘tibor beriladi. 
Voyaga  etmaganlarga  ham  davlatimiz  g‗amho‗rlik  ko‗rsatib  keladi,  ya‘ni  18  yoshga 
etmaganlar. Yigit va qizlar 16 yoshdan, istisno tarzda korxona kasaba qo‗mitasi roziligi bilan 
15 yoshdan ishga qabul qilinadi. 
Voyaga  etmaganlarning  barchasi  albatta  ishga  qabul  qilinishdan  avval  dastlabki  tibbiy 
ko‗rikdan o‗tadilar, so‗ngra 18 yoshdan boshlab har yili tibbiy ko‗rikdan o‗tashlari shart. 
O‗smirlarni  og‗ir,  er  osti  ishlarida  hamda  zararli  va  xavfili  ishlarda,  balandlikka  ko‗tarilish 
(liniya va antenna tayanchlarida) kabi ishlarda ishlatish ta‘qiqlanadi. 
Og‗ir yuklarni ko‗tarishdagi me‘yor chegaralar: 
16 yoshdan 18 yoshgacha bo‗lgan o‗smirlar uchun – 16 kilogramm 
16 yoshdan 18 yoshgacha bo‗lgan qizlar uchun – 10 kilogramm 

 
76 
15 yoshlilarning og‗ir yuklar ko‗tarishiga yo‗l qo‗yilmaydi. 
18  yoshgacha  bo‗lganlarni  tungi  vaqtda,  ish  vaqtidan  tashqari,  bayram  va  dam  olish  kunlari 
ishlarga jalb qilish ma‘n etiladi. O‗smirlar uchun ish haftasi qisqartiriladi. 
15 – 16 yosh – 24 soat (haftasiga) 
16 – 18 yosh – 36 soat. 
Ish  haki,  to‗liq  ish  kuni  uchun  to‗lanadi.  Ta‘til  olish  uchun  imtiyozlar  yozda  yoki  ularning 
ixtiyoriga ko‗ra yilning boshqa davrida 1 kalendar oy davomiyligida beriladi. 
Tungi  ishlarda,  ishdan  keyin  qolib  ishlanadigan  ishlarda,  dam  olish  kunlarida  o‗smirlar 
mehnatidan foydalanish butunlay taqiqlanadi. O‗smirlar sog‗ligi uchun zararli moddalar ajralib 
chiqaradigan  ishlarda  ularni  ishlatish  mumkin  emas.  Mashinasozlik  sanoatida  galvanik 
sexlarda, har xil shamollatish tizimlarini ta‘mirlash va tozalashda, shuningdek, simob va simob 
birikmalari bilan ishlanadigan ba‘zi bir ishlarda o‗smirlar mehnatidan foydalanish taqiqlanadi. 
YOshlarning  ishga  joylashishi  bilan,  hokimiyatlardagi  mehnat  –  ishga  joylash  bo‗yicha 
komissiyasi bilan voyaga etmaganlar ishlari bo‗yicha komissiyaci shug‗ullanadi. 
O‗smir  jo‗natilgan  korxona  ma‘muriyati  uni  ishga  joylashtirishi  shart,  chunki,  korxonada 
voyaga etmaganlarni ishlab chiqarish ta‘limi va ishlashi uchun ma‘lum o‗rin soni ajratiladi. 
O‗smirlarni  ishdan  bo‗shatish  hokimiyat  huzuridagi  voyaga  etmaganlar  ishlari  bo‗yicha 
komissiya roziligisiz amalga oshirilmaydi. 
Oliy o‗quv yurtlari, hamda o‗rta maxsus o‗quv yurtlarining  sirtqi bo‗limlarida ta‘limlarini ish 
bilan birgalikda olib borayotgan ishchilar va xizmatchilar ham imtiyozlarga egadirlar. 
Har yili ularga laboratoriya imtihon sessiyalari uchun to‗lanadigan ta‘tillar beriladi. Oliy o‗quv 
yurti yoki texnikum manziliga borish – kelish yo‗l kira haqining 50 foizini ma‘muriyat to‗laydi. 
Haftada 1 ozod kun (ish kuni) 50 foiz to‗lanadi. 
Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosati: 

 
Korxona ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog‗ligi 
ustivorligi; 

 
mehnatni  muhofaza  qilish  soxasidagi  faoliyatini  iqtisodiy  va  ijtimoiy  siyosatining 
boshqa yo‗nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;  

 
mulk va xo‗jalik yuritish shakllaridan qa‘tiy nazar barcha korxonalar uchun mehnatni 
muhofaza qilish soxasida yagona tartib qoidalar belgilab qo‗yish: 
   

 
mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-
muhit holati muntazam nazorat etilishini ta‘minlash; 

 
korxonalarda  mehnatni  muhofaza  qilish  talablari  hamma  joyda  bajarilishini  nazorat 
qilish; 

 
mehnatni muhofaza qilishni mablag‗ bilan ta‘minlashda davlatning ishtirok etishi; 

 
oliy  va  o‗rta  maxsus  o‗quv  yurtlarida  mehnat  muhofazasi  bo‗yicha  mutaxassislar 
tayerlash; 

 
xavfsiz  texnika,  texnologiyalar  va  xodimlarni  ximoyalash  vositalari  ishlab  chiqilishi 
va joriy etilishini rag‗batlantirish;  

 
fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‗yicha vatanimiz va chet 
el ilg‗or tajribasidan keng foydalanish; 

 
ishlovchilarni  maxsus  kiyim  va  poyafzal,  shaxsiy  himoya  vositalari,  parxez  ovqatlar 
bilan bepul ta‘minlash; 

 
korxonalarda  mehnatning  sog‗lom  va  xavfsiz  shart-sharoitlarini  yaratishga 
ko‗maklashuvchi soliq siyosatini yuritish;  

 
ishlab  chiqarishdagi  har  bir  baxtsiz  hodisani  va  har  bir  kasb  kasalligini  tekshirib 
chiqish  hamda  hisobga  olib  borishning  va  shu  asosda  ishlab  chiqarishdagi 
jarohatlanishlar  hamda  kasb  kasalliklariga  chalinishlar  darajasi  haqida  aholini 
xabardor qilishning majburligi; 

 
ishlab  chiqarishdagi  baxtsiz  hodisalardan  jabrlangan  yoki  kasb  kasalligiga  yo‗liqqan 
ishlovchilarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash; 

 
kasaba  uyushmalari  va  boshqa  jamoat  birlashmalari,  korxonalar  va  alohida  shaxslar 

 
77 
mehnatini  muhofaza  qilishni  ta‘minlashga  qaratilgan  faoliyatini  har  tomonlama 
qo‗llab quvvatlash; 

 
mehnatni  muhofaza  qilish  muammolarini  hal  etish  chog‗ida  halqaro  hamkorlikni 
yo‗lga qo‗yish prinsplariga asoslanadi; 
Mehnatni  muhofaza  qilish  qoidalari  va  normalari,  shuningdek,  mehnat  qilish  qonunlarining 
bajarilishini  ta‘minlovchi  umumiy  va  maxsus  davlat  nazorat  tashkilotlari  mavjud.  Mexnat 
muxofazasi  buyicha  konunlarga,  ishlab  chiqarish  sanitariyasi  va  xavfsizlik  texnikasi  qoida  va 
normalariga  rioya  etmaslik  ishlab  chiqarishdagi  baxtsiz  xodisalarning  asosiy  sabablari 
xisoblanadi. SHu sababli, mexnat konunlari va mexnat sharoitlarini doimiy nazorat qilib borish 
taqozo etiladi va bu ishni davlat xamda jamoat nazorat organlari olib boradi. 
Mexnat muxofazasi soxasida Davlat nazorat organlari quyidagilardan iboratdir: 
Ijtimoiy macalalar bo‗yicha Davlat Mehnat qumitaci-Mehnat  to‗g‗ricidagi qonunchilikka rioya 
etish uctidan nazoratni amalga oshiradi. 
Kasaba uyushmasining texnik nazorati  - ishlab chiqarishda ishlar bexatar olib borilishini, unda 
ishlatiladigan  texnikalar,  usunalar  va  jixozlarning  texnik  xolatini,  ulardan  foydalanish 
qoidalarini  bajarilishini,  shunigdek  yuk  ko‗tarish-tushirish  mashina  va  mexanizmlari,  bosim 
ostida  ishlovchi  qozon  va  sig‗imlardan  foydalanish  va  portlatish  ishlarini  olib  borishda  ishlar 
bexatar  olib  borilishini  nazorat  qiladi.  Uning  asosiy  vazifalari  qatoriga  baxtsiz  hodisalarni 
tekshirish va hisobga olishni korxona ma‘muriyati tomonidan to‗g‗ri olib borilayotganligini ku-
zatib  borish,  o‗lim  bilan  tugagan  hamda  og‗ir  va  bir  guruh,  kishilarning  baxtsiz  hodisaga 
uchrashi hollarini  tekshirishga qatnashadi va tekshirish materiallari bo‗yicha baxtsiz hodisaga 
aybdor  bo‗lganlar  haqidagi  malumotlarni,  aybdorlarni  jinoiy  javobgarlikka  tortish  maqsadida 
tekshirish  organlariga  jo‗natish  ham  kiradi.  Kasaba  uyushmasining  texnik  nazoratchisi  yangi 
uskunalarni  va  yangi  korxonalarni  qabul  qilish  va  foydalanish  uchun  topshirish  davlat  qabul 
komissiyasining  a‘zosi  hisoblanadi.  SHuningdek,  u  mehnatni  muhofaza  qilish  nomenklatura 
chora tadbirlarining amalga oshirilishini kuzatib boradi. 
Davlat yong‗in nazorati ishlab chiqarish binolari va inshootlarida-yong‗in xavfcizligi qoidalari 
talablariga amal qilish uctidan nazoratidir. 
Davlat  sanitariya  nazorati  Recpublika  cog‗liqni  caqlash  Vazirligi  canepidemctansiyacining  
bosh canitariya–epidemiologiya Boshqarmaci korxonalar va tashkilotlar tomonidan sanitariya-
gigiena  normalariga  va  qoidalariga  rioya  kilish,  shuningdek,  -yuqumli  kacalliklar  zaxarlanish 
va  kasb  kasalligini  oldini  olish  mehnatkashlarning  maishiy  mehnat   va  dam  olish  sharoitlarini 
yaxshilashni  ta‘minlovchi  tadbirlarining  bajarilishi  ustidan  nazorat  kiladi.  Davlat  sanitariya 
nazorati  viloyat,  shaxar,  tuman  sanitariya  epidimiologiya  stansiyalari  tomonidan  amalga 
oshiriladi.        
Davlat  tog‗  texnik  nazorati  (Gosgortexnadzor)  -bu  bocim  octida  ishlayotgan  qurilmalardan 
to‗g‗ri  foydalanish  va  qoidalariga  rioya  qilish,  ko‗taruvchi  qurilmalar,  gaz  qurilmalari  ishi, 
portlash  ishlarini  o‗tqazish  uctidan  nazoratdir.  Davlat  tog‗  texnik  nazorati  maxcuclashtirilgan 
incpeksiyalariga ega: Kotlonazorat, Gaz va Tog‗ incpeksiyalari. 
Kotlonazorat  incpektorlari  ko‗tarma  kranlar,  liftlar,  kotellar,  icciq  cuv  bug‗i  uchun  quvirlarni 
ro‗yxatdan  o‗tqazib,  ishlashiga  ruxcat  beradi.  Gaz  incpeksiyaci  inshootlarni,  ularning  gaz 
qurilmalari,  acbob  va  kommunikasiyalari  mehnat muxofazaci  qoidalariga  muvofiq  texnik 
axvoli va ishlatilishini ta‘minlaydi, nazorat qiladi.  
Tog‗  incpeksiyaci  portlovchi  moddalarni  to‗g‗ri  caqlash  va  xicobga  olish,  shuningdek, 
portlatish ishlarining xavfciz o‗tqazilishi uctidan nazoratni ta‘minlaydi.          
Davlat energetika nazorati (Gosenergonadzor) elektr va issiqlik yordamida ishlovchi uskuna va 
kurilmalardan foydalanish ishlarini bexatar olib borilishini nazorat kiladi. 
Davlat nazorat organlaridan tashkari kasaba uyushmalarining texnik inspektorlari xam nazorat 
ishlarini olib boradi. Mexnat bo‗yicha texnik inspektorlar ishlab chikarishda ruy bergan avariya 
va  baxtsiz  xodisalarni  tekshiradi  va  sud-tergov  ishlari  uchun  xulosa  yozib  beradi,  shunigdek, 
baxtsiz xodisalarni xisobga olib boradi. Bundan tashqari, ular mexnat muxofazasi buyicha ish 
sharoitlarini yaxshilash borasida tuzilgan bitim va kollektiv shartnomalarning bajarilishini xam  

 
78 
nazorat kiladi. 
Kasaba  uyushmalari  tomonidan  mexnat  muxofazasi  xolatini  nazorat  kilib  borish  uchun 
jamoatchi  inspektorlar  xam  saylanadi.  Ushbu  jamoatchi  inspektorlarga  maxsus  guvoxnoma 
beriladi va kasaba uyushmalarining umumiy yig‗ilishlarida ularning xisobotlari tinglanadi. 
Mehnat  to‗g‗ricidagi  qonunchilikka  rioya  qilish  texnika  xavfcizligi,  ishlab  chiqarish 
canitariyaci  yong‗in  xavfsizligi  qoidalari  va  me‘yorlari  ijroci  uctidan  oliy  nazorat  bosh 
prokuror va adliya organlariga yuklatiladi. 
Kasaba  uyushmasi  ustaviga  asosan  jamoa  shartnomaci  xar  yili  ishchilar  va  xizmatchilar 
jamoaci nomidan va korxona ma‘muriyati tomonidan FZMK o‗rtacida tuziladi va ma‘muriyat, 
jamoa  va xizmatchilarning  o‗zaro  majburiyatlarini  belgilaydi.  SHartnoma  3  bo‗limdan  iborat. 
Mehnat  muxofazaci to‗g‗ricidagi bitimdan iborat. 
1. Baxtciz xodicalarni ogoxlantirish, oldini olish bo‗yicha tadbirlar. 
2. Ishlab chiqarishda kacbiy kacalliklarni oldini olish bo‗yicha. 
3. Mehnat sharoitlarini umumiy yaxshilash bo‗yicha. 
Ular sex va umumzavod nakladnoy xarajatlari, davlat kapital qo‗yilmalari, bank krediti evaziga 
moliyalanadi. 
Mehnat  muhofazasi  bo‗yicha  tadbirlarga  ajratilgan  xarajatlarni  boshqa  maqsadlarga  sarflash 
qat‘iyan ma‘n etiladi. 
SHartnomada  ijro  uchun  muddatlar  va  mas‘uliyatli  shaxslar  ko‗rsatiladi.  Yil  oxirida  mehnat 
muhofazasiga  ajratilgan  mablag‗larning  o‗zlashtirilgani  va  tadbirlar  bajarilgani  to‗g‗risida 
hisobot tinglanadi. 
Xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini 
qo‗llashga xaqli: 
1. Xayfcan. 
2. O‗rtacha oylik ish xaqining yigirma foizidan ortiq bo‗lmagan miqdorga jarima colish xollari 
xam nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish xaqidan jarima ushlab qolish ushbu Kodekcning 
164-moddaci talablariga rioya qilingan xolda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi. 
3. Mehnat  shartnomacini bekor qilish (100–modda ikkinchi qicmining 3 va 4-bandlari). 
Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‗llash taqiqlanadi. 
Ma‘muriy  jazo–(ogoxlantirish  yoki  jarima)  TX  qoidalari  yoki  canoat  canitariyaci  qoidalari 
buzilishida  aybdor  xodimga  texnik  incpeksiya  va  canitar  nazorat  organlari  tomonidan 
ogoxlantirish yoki jarima colinadi. 
Mehnat  muxofazaci  qoidalari  buzilishi,  atrof-muxit  ifloclanishi  uctidan  agar  bu 
qonunbuzarliklar  oqibatida  baxtciz  xodicalar  chiqishi  mumkin,  inconlar  calomatligiga  zarar 
etkazca, mancabdor shaxclar prokuratura organlari tomonidan jinoiy javobgarlikka tortiladi. 
Mexnat muxofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‗yicha o‗qitish. 
Ishlab  chiqarishda  faoliyat  ko‗rsatadigan  xar  bir  ishchi  va  xodim  o‗ziga  biriktirilgan  ishni 
xavfsiz  bajarishi  uchun  chukur  bilimga  ega  bo‗lishi  zarur.  Buning  uchun  esa  ularni  mexnat 
muxofazasi va xavfsizlik texnikasi bo‗yicha malakali ukitish talab etiladi. 
Ishlab  chikarishda  barcha  ishchilar  ishlab  chikarish  ishlarining  xarakteri  va  xavfsizlik 
darajasidan  kat‘iy  nazar  mexnat  xavfsizligi  buyicha  ukitilib,  bilimlari  tekshirilib  kurilgandan 
keyin  ishga  ruxsat  etiladi.  Ishchilarni  mexnat  muxofazasi  va  xavfsizlik  texnikasi  buyicha 
ukitish  ularga  yuriknomalar  (instruktajlar)  utish  orkali  amalga  oshiriladi.  Yuriknomalar 
mazmuni, xarakteri va utkazilish davriga boglik xolda kuyidagi turlarga bulinadi: 
Kirish  yo‗riqnomasi.  Kirish  yo‗riqnomasini  korxonadagi  xavfsizlik  texnikasi  buyicha 
muxandis,  korxona  yoki  bosh  muxandis  xamda  kasaba  uyushmasi  kumitasi  tomonidan 
tasdiklangan  dastur  asosida  utkazadi.  U  mexnat  muxofazasiga  oid  zamonaviy  vositalar  va 
ko‗rgazmali qurollar bilan jixozlangan mexnat muxofazasi kabinetlarida o‗tkaziladi. 
Kirish  yo‗riqnomasi  «SN  va  PM-4-80»  asosida  tuzilib  quyidagi  masalalarni  o‗z  ichiga  olishi 
mumkin: 
-korxonaning ish rejimi va ichki tartib koidalari bilan tanishtirish; 
-mexnat intizomi va uni mexnat xavfsizligiga ta‘siri; 

 
79 
-mexnat muxofazasi buyicha jamoa (kollektiv) shartnomalari; 
-korxonada sodir bulgan baxtsiz xodisalar va ularni kelib chikish sabablari; 
-yonginni oldini olish tadbirlari; 
-elektr xavfsizligini asosiy koidalari; 
-yuklarni  kutarish  va  tushirishdagi,  ximikatlar  va  kislotalari  bilan  ishlashdagi  xavfsizlik 
koidalari; 
-ishga kelish yoki ishdan qaytishdagi xavfsizlik qoidalari; 
-maxsus kiyim boshlar va saklash kurilmalaridan foydalanish qoidalari; 
-jaroxatlanganlarga birinchi tibbiy yordam kursatish tartib qoidalari; 
-ichkilikbozlikka qarshi kurash tadbirlari
-jamoa o‗rtasida ma‘naviyat va ma‘rifatni yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar. 
Kirish  yo‗riqnomasi  dasturiga  kiritilishi  lozim  bo‗lgan  masalalar  maxalliy  sharoitlar,  ishlab 
chiqarish  xarakteri  va  ishga  qabul  qilingan  ishchining  kasbiga  bog‗liq  xolda  qo‗shimcha 
tadbirlar bilan to‗ldirilishi mumkin. Ushbu yo‗riqnoma maxsus jurnalga yoki maxsus shakldagi 
«kartochka» orqali xujjatlashtiriladi. 
Ish  joyidagi  birlamchi  yuriqnoma.  Ushbu  yo‗riqnoma  xam  korxona  raxbari  (yoki  bosh 
muxandis) va kasaba uyushmasi kumitasi tomonidan tasdiklangan dastur asosida o‗tkaziladi. 
Ish joyidagi birlamchi yo‗riqnoma dasturiga asosan quyidagilar kiritilishi mumkin: 
-ish joyidagi texnologik jarayonlar va tashkiliy-texnik koidalar; 
-ish joyini tashkil etishga kuyilgan talablar; 
-mashina  yoki  qurilmaning  tuzilishi,  ishlash  tartibi,  texnik  ma‘lumotlari  va  uning  xavfli 
zonalari; 
-ishni bajarishdagi xavfsizlik koidalari; 
-mashina  yoki  qurilmalardan  foydalanishning  xavfsiz  usullari;  elektr  jixozlari  va  ular  bilan 
ishlash qoidalari; 
-ish joyining yoki ish maydonining xavfli zonalari; 
-ish joyidagi «signalizatsiya» va undan foydalanish koidalari. 
YUkorida  kayd  etilgan  masalalardan  tashkari  bu  yuriknoma,  ishning  turiga  va  ishchining 
malakasiga boglik xolda boshka tadbirlar bilan xam tuldirilishi mumkin. 
Navbatdagi  (rejadagi)  yo‗riqnoma.  Bu  yo‗riqnoma  xarakteri  va  xavfsizlik  darajasiga  bog‗liq 
xolda ish joyidagi birlamchi yo‗riqnomadan 3 yoki 6 oy o‗tgach o‗tkaziladi. Ushbu yo‗riqnoma 
ishchilarni  mexnat  muxofazasi  va  xavfsizlik  texnikasi  bo‗yicha  bilimlarini  oshirish  xamda 
tekshirish  maksadida  utkaziladi.  Yuriknomani  utkazishda  ish  joyidagi  birlamchi  yuriknoma 
dasturi asos kilib olinadi. 
Navbatdan  (rejadan)  tashkari  yo‗riqnoma.  Bu  yo‗riqnoma  ishlab  chikarish  texnologiyalari 
uzgarganda,  ya‘ni  texnika  vositalari  joriy  etilganda,  ishchi  bir  ishdan  boshka  ishga 
utkazilganda, baxtsiz xodisa ruy berganda yoki xafsizlik texnikasi koidalari buzalgan vaktlarda 
utkaziladi. 
Davriy  (mavsumiy)  yo‗riqnoma.  Ayrim  ishlab  chiqarish  soxalari,  jumladan  kishlok  xujalik 
ishlari mavsumiy xarakterga egaligi sababli, mavsum turiga boglik xolda mavsumiy yuriknoma 
utkaziladi.  Masalan:  baxorgi  erga  ishlov  berish  mavsumi  oldidan,  ekish  mavsumi  oldidan, 
xosilni yig‗ib olish davri oldidan va boshqalar. 
Kurs  o‗qishlari.  Ishlab  chikarish  jarayoni  davrida  bajariladigan  ishning  turiga  va  xarakteriga 
boglik  xolda  ishchilar  va  texnik  xodimlar  mexnat  muxofazasi  buyicha  kurs  o‗qishlariga 
yuboriladilar.  Kurs  o‗qishlari  oliy  ukuv  yurtlari  koshidagi  malaka  oshirish  kurslari  yoki 
fakultetlarida xamda ilmiy-tekshirish institutlarida maxsus dastur asosida olib boriladi. Mexnat 
muxofazasi buyicha kurs o‗qishlarini o‗tagan ishchi xodimlarga guvoxnoma beriladi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling