Dori vositalarining sanoat texnologiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana31.01.2018
Hajmi5.01 Kb.
#25731
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 
87 
15–MA‟RUZA 
Mavzu: Farmatsevtik korxonalarda fuqarolar mudofaasi. 
     Reja:   
1.
 
Havfsizlik va favqulotdagi holatlar. 
2.
 
FM vazifalari, tuzilishi va bo‗limlari. 
3.
 
FVda boshqarish organlari. 
4.
 
FVda himoya vositalari va tamoyillari. 
5.
 
Favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  sohasidagi  O‗zbekiston  Respublikasi 
qonunlari. 
 
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida  O‗zR Mudofaa 
vazirligi  Fuqaro  mudofaasi  va  favqulodda  vaziyatlar  boshqarmasi  negizida  O‗zR 
Prezidentining  1996  yil  4  martdagi  PF-1378  sonli  Farmoni  bilan  Favqulodda  vaziyatlar 
vazirligi tashkil etildi. 
Farmon  bilan  favqulodda  vaziyatlarni  bartaraf  etish,  aholi  hayotini  va  salomatligini, 
moddiy va ma‘naviy qadriyatlarni muhofaza qilish, shuningdek tinchlik va harbiy davrlarda 
favqulodda  vaziyatlar  vujudga  kelganda  ularning  oqibatlarini  tugatish  hamda  zararlarini 
kamaytirish  sohasida  davlat  siyosatini  ishlab  chiqish  va  amalga  oshirish  vazirlikning  asosiy 
vazifalaridan biri deb belgilandi. 
O‗zbekiston  Respublikasi  aholi  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilishda 
bir  qator  huquqiy-me‘yoriy  asoslarga  tayaniladi.  Bular  O‗zbekiston  Respublikasi 
Konstitutsiyasi, 
O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  farmonlari,  O‗zbekiston 
Respublikasi  qonunlari,  Vazirlar  Mahkamasining  qarorlari  va  favqulodda  vaziyatlar 
vazirligining ko‗rsatma va buyruqlaridan iborat. 
Asosiy Qomusimiz bo‗lgan O‗zbekiston Respublikasi  Konstitutsiyasining asosini ham inson, 
uning  qadr-qimmati,  salomatligi  tashkil  etadi.  Insonning  hayoti,  yashashga  bo‗lgan  xuquqi 
Konstitutsiya bilan muhofaza qilinadi. 
Favqulodda  vaziyatning  o‗zi  nima,  undan  aholi  va  hududlarni  muhofaza  qilish  deganda 
nimani ko‗zda tutish lozim?  
Favqulotda  vaziyat  –  odamlar  qurbon  bo‗lishi,  ularning  sog‗ligi  yoki  atrof  tabiiy  muhitga 
zarar etishi, jiddiy moddiy talofatlar keltirib chiqarishi hamda odamlar hayot faoliyati sharoiti 
izdan chiqishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‗lgan avariya, halokat, xavfli tabiiy 
hodisa, tabiiy yoki boshqa ofat natijasida muayyan xududda yuzaga kelgan xolat.   
O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  favqulodda  vaziyatlar  (real  tashqi  xavf,  ommaviy 
tartibsizliklar,  yirik  halokat,  tabiiy  ofat,  epidemiya)  yuz  bergan  taqdirda  fuqarolarning 
xavfsizligini ta‘minlashni ko‗zlab, O‗zbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning 
ayrim  joylarida  favqulodda  holat  joriy  etadi,  qabul  qilgan  qarorini  uch  kun  mobaynida 
O‗zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  tasdig‗iga  kiritadi.  Favqulodda  holat  joriy  etish 
shartlari va tartibi qonun bilan belgilanadi. 
Ushbu Farmonga muvofiq O‗zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar  vazirligi aholi va 
hududlarni  turli  tusdagi  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish,  sodir  bo‗lgan  taqdirda 
oqibatlarini  bartaraf  etish,  aholi  hayoti  va  salomatligini,  moddiy  va  ma‘naviy  qadriyatlarni 
muhofaza  qilish,  shuningdek  tinchlik  va  harbiy  davrda  favqulodda  vaziyatlar  vujudga 
kelganda  ularning  oqibatlarini  tugatish  hamda  zararlarini  kamaytirish  sohasida  davlat 
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish vazirlikning asosiy vazifalari sifatida belgilandi.  
Aholi  va  xalq  xo‗jaligi  ob‘ektlarini  muhofaza  etishni  ta‘minlashga  rahbarlik  qilish 
respublikada  O‗zbekiston  Respublikasi  Bosh  vazirining  birinchi  o‗rinbosari  Favqulodda 
vaziyatlar  vaziriga  yuklatildi.  Farmonning  ushbu  bandiga  O‗zbekiston  Respublikasi 
Prezidentining  1998  yil  11  dekabrdagi  PF-2153  Farmoni  bilan  o‗zgartirish  kiritilib 
O‗zbekiston  Respublikasida  aholi  va  xalq  xo‗jaligi  ob‘ektlarini  muhofaza  etishni 
ta‘minlashga rahbar etib O‗zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri belgilandi. 
Qoraqalpog‗iston  Respublikasi,  viloyatlar,  shaharlar  va  tumanlarda  Qoraqalpog‗iston 

 
88 
Respublikasi  Vazirlar  Kengashi  Raisi  va  tegishli  hududlarning  hokimlari;  vazirliklar, 
idoralar, uyushmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda vazirlar, davlat qo‗mitalari va 
uyushmalar  boshqaruvlari  raislari,  korxonalar,  muassasalar  va  tashkilotlarning  direktor  va 
boshliqlari aholi va xalq xo‗jaligi ob‘ektlarini muhofaza etishga rahbar etib tayinlandilar. 
Respublikamiz  mustaqillikka  erishganidan  so‗ng  tashkil  etilgan  Favquolotda  vaziyatlar 
vazirligining  asosiy  vazifalaridan  biri  favqulotda  vaziyatlarda  aholi  hayoti  va  sog‗ligini, 
moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilishdan iborat. 
 Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish –favqulotda vaziyatlarning 
oldini  olish  va  ularni  bartaraf  etish  choralari,  usullari,  vositalari  tizimi,  sa‘iy  harakatlari 
majmui. 
Favqulodda vaziyatlarni oldini olish – oldindan o‗tkazilib, favqulodda vaziyatlar ro‗y berishi 
xavfini  imkon  qadar  kamaytirishga,  bunday  vaziyatlar  ro‗y  berganda  esa  odamlar  xayoti, 
sog‗ligini  saqlash,  atrof  tabiiy  muhitga  etkaziladigan  zarar  va  moddiy  talofatlar  miqdorini 
kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui. 
Favqulodda  vaziyatlarni  bartaraf  etish  –  favqulodda  vaziyatlar  sodir  bo‗lganda  o‗tkazilib, 
odamlar  hayoti  va  sog‗ligini  saqlash,  atrof  tabiiy  muhitga  etkaziladigan  zarar  va  moddiy 
talofatlar miqdorini kamaytirishga, shuningdek FV ro‗y bergan zonalarning kengayishiga yo‗l 
qo‗ymaslik,  xavfli  omillar  ta‘sirini  tugatishga  qaratilgan  qutqaruv  ishlari  va  kechiktirib 
bo‗lmaydigan ishlar majmuidir. 
Favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilishning  asosiy  tamoyillari  insonparvarlik,  inso n 
hayoti va sog‗ligining ustuvorligi; oshkoralik; axborotning o‗z vaqtida berilishi va ishonchli 
bo‗lishi;  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  choralarining  oldindan  ko‗rilishidan 
iborat, 
        ―Favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilishni  ta‘minlash  tizimi‖  (6—14-moddalar)  - 
muhofaza  tizimini  tashkil  etuvchi  organlar,  ularning  vazifalari  haqida  so‗z  yuritiladi. 
Favqulodda  vaziyatlarning  oldini  olish  va  bunday  vaziyatlarda  harakat  qilish  davlat  tizimi 
(FVDT), Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirliklar, idoralar, mahalliy 
hokimiyat  organlarining  vakolatlari,  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlarning  majburiyatlari 
belgilab berilgan. 
Favqulodda  vaziyatlar  yana  tarqalish  miqyosiga  (shikastlanganlar  soniga  xamda  moddiy 
yo‗qotishlar miqdoriga qarab) ko‗ra 4 guruxga bo‗linadi: 
1.
 
Lokal (ob‘ekt miqyosidagi) FV; 
2.  Maxalliy FV; 
3.  Respublika (milliy) FV; 
4.  Transchegaraviy (global). 
Lokal  favkulodda  vaziyat  —  biror  ob‘ektga  taalluqli  bo‗lib,  uning  miqyosi  o‗sha  ob‘ekt 
xududi  bilan  chegaralanadi.  Bunday  vaziyat  natijasida  10  dan  ortiq  bo‗lmagan  odam 
jabrlangan yoki 100 dan ortiq bo‗lmagan odamning xayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud 
moddiy zarar favkulodda vaziyat paydo bo‗lgan kunda eng kam oylik ish xaqi mikdorining 1 
ming baravaridan ortiq bo‗lmagan miqdorni tashkil etgan xisoblanadi. Bunday FV oqibatlari 
shu ob‘ekt kuchi va resurslari bilan tugatiladi. 
Maxalliy  tavsifdagi  favkulotda  vaziyat  —  axoli  yashaydigan  xudud  (axoli  punkti,  shaxar, 
tuman,  viloyat)  bilan  chegaralanadi.  Bunday  vaziyat  natijasida  10  dan  ortiq,  birok  500  dan 
kam bo‗lmagan odamning xayot faoliyati sharoitlari buzilgan yoxud moddiy zarar favkulotda 
vaziyat paydo bo‗lgan kunda eng kam oylik ish xaki miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, 
biroq yarim million baravaridan ko‗p bo‗lmagan miqdorni tashkil etgan xisoblanadi. 
Respublika (milliy) tavsifdagi favkulotda vaziyat deyilganda  — favkulotda vaziyat natijasida 
500  dan  ortiq  odamning  xayot  faoliyati  sharoitlari  buzilgan  yoxud  moddiy  zarar  FV  paydo 
bo‗lgan  kunda  eng  kam  oylik  ish  xaqi  mikdorining  0,5  million  baravaridan  ortig‗ini  tashkil 
etadigan,  xamda  FV  mintaqasi  viloyat  chegarasidan  tashqariga  chiqadigan,  respublika 
miqyosida tarqalishi mumkin bo‗lgan FV tushuniladi. 
Transchegaraviy (global) tavsnifdagi favkulotda vaziyat deyilganda esa, oqibatlari mamlakat 

 
89 
tashqarisiga  chiqadigan  yoxud  FV  chet  elda  yuz  bergan  va  O‗zbekiston  xududiga  daxldor 
holat tushuniladi. 
Favqulodda  vaziyatlarning  oldini  olish  va  xarakat  qilish  davlat  tizimi.  Favqulotda 
vaziyatlarning  oldini  olish  va  bunday  vaziyatlarda  xarakat  qilish  davlat  tizimi 
Qorakalpogiston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashining,  viloyatlar,  tumanlar  va  shaharlar 
xokimliklarining,  vazirlik  va  idoralarning,  korxona,  muassasa  va  tashkilotlarning  boshqaruv 
organlari, kuchlari hamda vositalaridan iborat. 
 
Favkulotda  vaziyatlarning  oldini  olish  va  bunday  vaziyatlarda  xarakat  qilish  davlat 
tizimi  tarkibi  va  faoliyat  ko‗rsatishi  tartibi  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Maxkamasi 
tomonidan belgilanadi. 
O‗zbekiston   Respublikasi Vazirlar Maxkamasi: 
-favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar davlat rezervlari 
yaratilishini ta‘minlaydi hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi; 
  
-favqulotda  vaziyatlarning  oldini  olish  va  ularni  bartaraf  etishga  oid  kuchlar  va 
vositalarni  moliya  hamda  resurs  jixatidan  ta‘minlashni,  ularni  maxsus  texnika  va  boshqa 
moddiy-texnika vositalari bilan jihozlashni amalga oshiradi; 
  
-favqulotda  vaziyatlar  tasnifini  tasdiqlaydi  hamda  ularni  bartaraf  etishda  ijro 
xrkimiyati organlari ishtiroki darajasini belgilaydi; 
  
-vazirliklar,  idoralar,  ijro  xokimiyati  mahalliy  organlarining  aholini  va  xududlarni 
favqulotda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  sohasidagi  faoliyati  ustidan  nazoratni  amalga 
oshiradi; 
  
-qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarini amalga oshiradi. 
O‗zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi: 
-favqulotda  vaziyatlarning  oldini  olish,  bunday  vaziyatlarda  aholi  hayoti  va  sog‗ligini, 
moddiy  va  madaniy  boyliklarni  muhofaza  qilish,  favqulotda  vaziyatlar  oqibatlarini  bartaraf 
etish va zararni kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi; 
 
-aholini  va  xududlarni  favqulotda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  sohasida  maxsus 
dasturlar ishlab  chiqilishi va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi; 
 
-o‗z  vakolati  doirasida  vazirlik  va  idoralar,  korxona,  muassasa  va  tashkilotlar, 
mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo‗lgan qarorlar qabul qiladi; 
 
-boshqaruv  organlarining,  aholini  va  xududlarni  muhofaza  qilish  kuchlari  va 
vositalarining favqulotda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo‗lishini tashkil etadi;
 
 
         -favqulotda  vaziyatlarni  bartaraf  etish  kuchlari  va  vositalari  boshqaruvini  amalga 
oshiradi, boshqaruv punktlari, xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi; 
 
-favqulotda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo‗lmaydigan 
boshqa ishlar o‗tkazilishini tashkil etadi; 
 
-aholini  va  xududlarni  favkulotda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  tadbirlari  bajarilishi 
ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi; 
 
-ishlab chiqarish va ijtimoiy ob‘ektlar bo‗yicha loyixalar va qarorlar yuzasidan davlat 
ekspertizasi o‗tkazilishida ishtirok etadi; 
 
-qonun xujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Fuqarolar o‗zini o‗zi boshqarish organlarining favqulotda vaziyatlarning oldini olish va ularni 
bartaraf etishdagi ishtiroki.   
Fuqarolarning o‗zini o‗zi boshqarish organlari:  
 
-aholi punktlari, suv ta‘minoti manbalari, ijtimoiy va madaniy obektlarning sanitariya 
va ekologik holati ustidan nazorat amalga oshirilishiga yordam beradilar; 
 
-fuqarolarni favqulotda  vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishga jalb qiladilar;  
 
-qonun xujjatlariga  muvofiq boshka choralarni amalga oshiradilar. 
Fuqarolarning  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  sohasidagi  majburiyatlari. 
Fuqarolar: 
-xavfsizlik  choralariga  rioya  etishlari,  ishlab  chiqarish  va  texnologiya  intizomi,  ekologik 

 
90 
xavfsizlik  talablari  favqulotda  vaziyatlar  ro‗y  berishiga  olib  kelishi  mumkin  bo‗lgan  tarzda 
tuzilishiga yo‗l qo‗ymasliklari; 
-muhofazalanishning  asosiy  usullarini,  jabrlanganlarga  birlamchi  tibbiy  yordam  ko‗rsatish 
yo‗llarini o‗rganishlari hamda o‗z bilim va amaliy ko‗nikmalarini takomillashtirishlari; 
-favqulotda  vaziyatlar  ro‗y  berishiga  olib  kelishi  mumkin  bo‗lgan  avariyalar,  o fatlar  va 
xalokatlar  taxdididan  darak  beruvchi  alomatlar  borligi  to‗g‗risida  tegishli  organlarga  xabar 
berishlari; 
-favqulotda  vaziyatlar  taxdid  solgan  va  boshlangan  sharoitlarda  ogoxlantirish  belgilarini, 
yurish-turish  qoidalari  va  xarakat  qilish  tartibini,  umumiy  va  yakka  muxofazalanish 
vositalaridan foydalanish usullarini bilishlari; 
-zarurat  bo‗lganda  avariya-qutkaruv  ishlari  va  kechiktirib  bo‗lmaydigan  boshqa  ishlarni 
o‗tkazishda yordamlashishlari shart. 
FVDT boshqaruv organlarining ob‘ektlar darajasidagi vazifalari quyidagilardan iborat: 
    •  Favqulotda  vaziyatlarning  oldini  olish  va  ularni  bartaraf  etish,  ob‘ektlar  ishining  FV 
chog‗ida  ishonchliligi  va  barqarorligini  oshirishga  doir  tadbirlarni  ishlab  chiqish  va  amalga 
oshirishga rahbarlik qilish; 
    •  Boshqaruv  organlarining,  ob‘ektlar  kuch  va  vositalarining  FV  chog‗idagi  xarakatlarga 
tayyorligini ta‘minlash; 
     •  Avariya  qutqaruv  hamda  boshqa  kechiktirib  bo‗lmaydigan  ishlarga  shu  jumladan, 
ob‘ektlar xodimlarini evakuatsiya qilishga rahbarlik qilish; 
    •  Favqulotda  vaziyatlarni  bartaraf  etish  uchun  moliyaviy  va  moddiy  resurslar  zaxiralarini 
yaratish; 
    •  Ob‘ektlarning  rahbarlar  tarkibi,  kuch  va  vositalari,  xodimlarini  FVlardagi  xarakatlarga 
tayyorlashni tashkil etish. 
FM shtabi asosida quyidagi xizmatli tizimlar tashkil etiladi: 
 
• Aloqa va tashviqot; 

 
 Meditsina; 
 
• Radiatsiya va kimyoviy kurollar ta‘siriga karshi; 
 
• Jamoat tartibini saqlash; 
 
• Elektr ta‘minoti; 
 
• Avariya texnikani ta‘mirlash; 
 
• Panada va qochoqlar maskanida xizmat ko‗rsatish; 
 
• Transportda xizmat ko‗rsatish; 
 
• Moddiy ta‘minot va boshqa vazifalar. 
Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining yaratilish mohiyati          respublikamiz hududlarida 
sodir  bo‗lishi  mumkin  bo‗lgan  tabiiy  va  texnogen  tusdagi  favqulodda  vaziyatlarning  sodir 
bo‗lish  ehtimoli  yuqori  ekanligidadir.  Har  qancha  oldi  olinishiga  qaramasdan  favqulodda 
vaziyatlar sodir bo‗lib turar ekan, ularni bartaraf etish uchun ma‘lum kuch va vositalar zarur 
bo‗ladi. 
Favqulodda  vaziyatlar  oqibatlarini  bartaraf  etishda,  sodir  bo‗lgan  favqulodda  vaziyatning 
turi,  xususiyatiga  muvofiq  maxsus  kuchlar  jalb  qilinadi.  Bunday  vaziyatlarda  favqulodda 
vaziyatning  vaqti,  qamrab  olgan  hududi,  aholi  punkti  va  boshqa  xususiyatlariga  alohida 
e‘tibor berilib, zudlik bilan ishga kirishiladi. 
Favqulodda  vaziyatlarda  ularning  oldini  olish  va  harakat  qilish  davlat  tizimining  kuchlari 
nafaqat  Vatanimiz  hududlarida  sodir  bo‗ladigan  noxush  vaziyatlarni  bartaraf  etishda,  balki 
qo‗shni  va  uzoq  xorijiy  mamlakatlarda  bo‗ladigan  favqulodda  vaziyatlarda  ham 
insonparvarlik  yordamlarini  ko‗rsatishi  mumkin.  Buning  uchun  ular  albatta  maxsus 
tayyorgarlikdan  o‗tishlari,  doimo  jangovar  holatda  bo‗lishlari  uchun  o‗quv-mashq 
amaliyotlarida murakkab vazifalarni amalga oshirishlari zarur. 
FVDT  o‗z  faoliyatida  O‗zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasiga,  qonunlariga,  O‗zbekiston 
Respublikasi  Oliy  Majlisi  palatalarining  qarorlariga,  O‗zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 
farmonlari,  qarorlari  va  farmoyishlariga,  O‗zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining 

 
91 
qarorlari  va  farmoyishlariga,  O‗zbekiston  Respublikasi  Fuqaro  muhofazasi  boshlig‗i  va 
O‗zbekiston  Respublikasi  Favqulodda  vaziyatlar  vazirining  buyruqlari  va  ko‗rsatmalariga, 
O‗zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalariga,  ushbu  Nizomga,  shuningdek  boshqa 
me‘yoriy-huquqiy hujjatlarga amal qiladi. 
Quyidagilar FVDTning asosiy vazifalari hisoblanadi: 
tinchlik va harbiy davrda aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida 
davlat  siyosatini  amalga  oshirish,  me‘yoriy-huquqiy  hujjatlarni  ishlab  chiqish  va  amalga 
oshirish;  
respublika  hududidagi  mumkin  bo‗lgan  favqulodda  vaziyatlarni  prognozlashtirish,  ularning 
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash;  
favqulodda  vaziyatlarning  oldini  olishga,  odamlar  xavfsizligini  ta‘minlashga,  xavfli 
texnologiyalar  va  ishlab  chiqarishlarning  tavakkalchiligini  pasaytirishga,  iqtisodiyot  tarmoqlari 
va  boshqa  tashkilotlar  faoliyat  ko‗rsatishining  barqarorligini  oshirishga  qaratilgan  maqsadli  va 
kompleks ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;  
boshqaruv  organlari  va  favqulodda  vaziyatlarning  oldini  olish  va  ularni  bartaraf  etish  uchun 
mo‗ljallangan kuch va vositalarning doimiy tayyorligini ta‘minlash;  
aholi  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  sohasidagi  axborotlarni  yig‗ish, 
ishlab chiqish, ayirboshlash va berish;  
aholini,  boshqaruv  organlarining  mansabdor  shaxslarini,  FVDT  kuchlari  va  vositalarini 
favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash;  
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish;  
aholi  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  sohasida  davlat  ekspertizasi, 
nazorati va tekshiruvini amalga oshirish;  
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish;  
favqulodda vaziyatlardan zarar ko‗rgan aholini ijtimoiy himoya qilishga doir tadbirlarni amalga 
oshirish;  
aholi  va  hududlarni  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  sohasida  fuqarolarning,  shu 
jumladan  ularni  tugatishda  bevosita  qatnashgan  shaxslarning  huquq  va  majburiyatlarini  amalga 
oshirish;  
aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish;  
vujudga  kelishi  mumkin  bo‗lgan  favqulodda  vaziyatlardan  sug‗urta  qilishning  maqbul  tizimini 
ta‘minlash. 
―O‗zbekiston  Respublikasi  Favqulodda  vaziyatlarda  ularning  oldini    olish  va  harakat  qilish 
davlat tizimini yanada takomillashtirish to‗g‗risida‖gi (Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 24 
avgustdagi 
242 
– 
sonli 
Qarori) 
ga 
muvofiq:  
FVDTning kuch va vositalari: 

 
fuqaro muhofazasi qo‗shinlari; 

 
favqulodda  vaziyatlar  vazirligiga  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  hamda  tezkor  bo‗ysinuvchi 
respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari; qutqaruv tuzilmalari; 

 
vazirliklar va idoralarning  professional ixtisoslashtirilgan bo‗linmalari va tuzilmalari, 
respublika,  maxalliy  va  ob‘ektlar  darajasida  FVDTga  tegishli  xududiy  va  funksional 
quyi tizimlarining  qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari; 

 
O‗zbekiston  Qizil  YArim  oy  Jamiyatining  ko‗ngillilar  otryadlari  (komandalari, 
guruhlari), «Vatanparvar» mudofaaga ko‗maklashuvchi tashkiloti. 
FVVga  to‗g‗ridan-to‗g‗ri  bo‗ysunuvchi  qutqaruv  tuzilmalari  malakali  mutaxassislar  bilan 
butlangan  va  maxsus  texnika,  asbob-uskunalar,  aslaha-anjomlar  va  boshqa  qutqarish  vositalari 
bilan  jihozlangan,  qutqaruv  ishlarini  avtonom  rejimda  kamida  72  soat  ichida  ta‘minlashga 
mo‗ljallangan, doimiy tayyor holatdagi qutqaruv tuzilmalarini o‗z ichiga oladi. 
FVVga  tezkor  bo‗ysunuvchi  respublika  ixtisoslashtirilgan  va  qutqaruv  tuzilmalari  O‗zbekiston 
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi YOng‗in xavfsizligi bosh boshqarmasining alohida murakkab 
va uzoq davom etadigan yong‗inlarni o‗chirish bo‗yicha respublika ixtisoslashtirilgan otryadini, 
O‗zbekiston  aloqa  va  axborotlashtirish  agentligining  Maxsus  avariya-tiklash  boshqarmasini, 

 
92 
O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligining Respublika tezkor tibbiy yordam ilmiy 
markazini  va  uning  filiallarini,  «O‗zbekiston  havo  yo‗llari»  milliy  aviakompaniyasining 
qidiruvchi  havo  kemalarini,  mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  avtotashuvchilari  hududiy 
uyushmalari  avtotransport  va  avtosanitariya  otryadlarini,  shuningdek  favqulodda  vaziyatlarni 
tugatishga  hamda  FVDT  kuchlari  harakati  va  tadbirlarini  ta‘minlashga  mo‗ljallangan  FVDT 
funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy bo‗linmalarini o‗z ichiga oladi.  
Prognozlashtirilayotgan  yoki  yuzaga  kelgan  favqulodda  vaziyatlarning  holati,  ko‗lamlaridan 
kelib  chiqib  O‗zbekiston  Respublikasining  Bosh  vaziri  —  Fuqaro  muhofazasi  boshlig‗i, 
shuningdek  fuqaro  muhofazasi  boshlig‗i  —  Qoraqalpog‗iston  Respublikasi  Vazirlar  Kengashi 
Raisining,  tegishli  viloyatlar  va  Toshkent  shahar  hokimining  qarori  bilan  muayyan  bir  hudud 
doirasida FVDT faoliyat ko‗rsatishining quyidagi rejimlaridan biri o‗rnatiladi: 
kundalik  faoliyat  rejimi  —  me‘yordagi  ishlab  chiqarish-sanoat,  radiatsion,  kimyoviy,  biologik 
(bakteriologik),  seysmik  va  gidrometeorologik  vaziyatda,  epidemiyalar,  epizootiyalar  va 
epifitotiyalar bo‗lmaganda;  
yuqori  tayyorgarlik  rejimi  —  ishlab  chiqarish-sanoat,  radiatsion,  kimyoviy,  biologik 
(bakteriologik),  seysmik  va  gidrometeorologik  vaziyat  yomonlashganda,  favqulodda  vaziyatlar 
yuzaga kelishi mumkinligi to‗g‗risida prognoz olinganda;  
favqulodda rejim — favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda vaziyatlar davrida. 
«O‗zbekiston  Respublikasi  Fuqaro  muhofazasi  tuzilmalari  Nizomini  tasdiqlash  to‗g‗risida» 
(FM 
boshlig‗ining 
№ 

sonli 
Buyrug‗i 
10.11.2007 
yil) 
VI. Ob’ekt tuzilmalari -Korxonalar, tashkilotlar, idoralar, xo‗jaliklar va barcha muassasalarda 
FM vazifalarini bajarish maqsadida ushbu ob‘ektlarda ishlovchilar soni va ob‘ektlarda yuzaga 
kelishi  mumkin  bo‗lgan  vaziyatlarni  va  mavjud  shart  sharoitlarni  hisobga  olib  quyidagi 
tuzilmalar tashkil etadi: 
 
- razvedka guruhlari, zvenolari; 
 
-aloqa va xabar berish guruhlari, zvenolari; 
 
- qutqaruv komandalari yoki guruhlari; 
 
- sanitar drujinalari yoki sanitar postlari; 
 
- jamoat tartibini saqlash guruhlari; 
 
- yong‗in xavfsizligi guruhlari; 
 
- himoya inshootlariga xizmat ko‗rsatish bo‗yicha guruhlar yoki zvenolar; 
 
- avariya-texnik guruhlar; 
 
- radiatsiyaviy-kimyoviy nazorat postlari; 
 
- boshqa tuzilmalar.     
Keltirilgan  ma‘lumotlarga  ko‗ra  favqulodda vaziyatlarda  ularning  oldini  olish  va harakat 
qilish davlat tizimining favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat 
tizimining  favqulodda  vaziyatlarni  bartaraf  etish  bo‗yicha  maxsus  bo‗linmalari  mavjud 
bo‗lib,  ular  nafaqat  yirik  noxush  vaziyatlarda,  balki  turmush  sharoitida  uchrab  turadigan 
maishiy noxush vaziyatlarda ham ishtirok etishmoqda. Albatta, maxsus qutqaruv kuchlari bor 
ekan  deb,  axoli  o‗rtasida  xotirjamlikka  berilish  aslo  o‗rinli  emas.  CHunki  hozirgi  vaqtda 
dunyo  miqyosida  asosiy  mablag‗  va  kuchlar  sodir  bo‗lishi  mumkin  bo‗lgan  favqulodda 
vaziyatlarning  oldini  olishga  qaratilgan  va  sarf  qilinmoqda.  Lekin,  mazkur  tizim  qanchalik 
rivoj topmasin, hayotimiz turli nohush vaziyatlarda kafolatlangan emas.  

 
Zero,  Prezidentimiz  I.Karimovning  so‗zlarini  eslasak,  ―Har  qanday  mintaqada 
xavfsizlikni  ta‘minlash  muommolari  muayyan  mohiyatga  ega.  SHuningdek,  har  bir 
mintaqaning o‗z xususiyatlari va xavfsizlikni saqlash omillari bor‖ (O‗zbekiston XXI-
asr bo‗sag‗asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va tarqqiyot kafolatlari. 11 -
12-B). 

 
SHuning  uchun  maxsus  qutqaruv  xizmatlari  bilan  bir  qatorda  joylardagi,  turli 
muassasa  va  korxonalar  qoshidagi  qutqaruv  xizmatlarining  Favqulodda  vaziyatlarni 
bartaraf  etish  bo‗yicha  o‗rni  aloxida  e‘tiborga  molik.  Xozirgi  vaqtda  ular  malakasini 
oshirish, kerakli anjomlar bilan ta‘minlash xar bir raxbarning zimmasidagi kechiktirib 

 
93 
bo‗lmaydigan vazifalardan biri bo‗lmog‗i shart.   
Favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  sohasidagi  O‗zbekiston  Respublikasi  qonunlari. 
Respublikamiz Prezidenti tomonidan olib borilayotgan odilona siyosat tufayli inson manfaati, 
inson qadriyati eng oldingi o‗rindadir.  
     So‗nggi  yillarda Oliy Majlis tomonidan yangi asrda aholining xavfsizligini kafolatlovchi, 
fuqarolar  mas‘uliyati  va  jamiyat  taraqqiyotining  huquqiy  zaminini  belgilovchi  bir  nechta 
qonunlar qabul qilindi.  
Favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish  hamda  fuqaro  muhofazasining  huquqiy  asosini 
tashkil  etuvchi  hujjatlar  talablarini  chuqur  bilmasdan  turib  favqulodda  vaziyatlardan 
muhofaza qilish tadbirlarini samarali amalga oshirib bo‗lmaydi. Har bir rahbar xodim, har bir 
fuqaro  muhofazasi  bo‗yicha  mutaxassis  bu  hujjatlarni  bilib,  o‗rganibgina  qolmay,  zarur 
bo‗lgan vaziyatlarda ulardan kelib chiqadigan talablarni amalda qo‗llay bilishi ham  lozimdir. 
Boshqacha  aytganda:  ―Har  qanday  qonun  ijro  qilingan  taqdirdagina  qonundir.  Qonunning 
amalda ishlashi uchun esa unga yordamchi aktlar tuzish, eng asosiysi esa, uni hayotga tadbiq 
etish kerak‖ (I.Karimov). 
Bu  so‗zlar  O‗zbekiston  Respublikasida  favqulodda  vaziyatlardan  muhofaza  qilish 
sohasida  maxsus  vakolatli  davlat  organi  bo‗lmish  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi  va  uning 
joylardagi boshqarma, bo‗limlari elkasiga yanada mas‘uliyatli vazifalarni yuklaydi. 
Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling