Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi
Download 0.87 Mb.
|
2 5244698480563199183
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
- 11-Mavzu: Xayol Reja
- Tayanch tushunchalar
Mustaqil ta’lim topshiriqlari:
1.Tafakkur haqida tushuncha bering. 2. Tafakkurning nerv-fiziologik jarayonlari? 3. Tafakkur turlari.Tafakkur jarayonlari? 4.Tafakkurning mantiqiy shakllari? 5. Intellekt va kreativlk haqida tushuncha? Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Umumiy psixologiya. Darslik. – T., 2010. – 190-208 b. 2. Shamshetova A.K., Melibayeva R.N, Usmanova X.E., Xaydarov I.O.. Umumiy psixologiya. 0 ‘quv qo‘llanma. – Т.: «Barkamol fayz media», 2018. – 134-175 b. 3. G‘oziev E. G‘ Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. – T.: “Universitet” 2002.229-256b. 4. Ivanov P.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya: Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. / P.I. Ivanov, M.E. Zufarova; Mas’ul muharrir D.M. Mirzajonova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta ’lim vazirligi. – Т.: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 186-228 b. 11-Mavzu: Xayol Reja: Xayol haqida tushuncha. Xayol turlari to‘g‘risida umumiy tushuncha. Xayolning xususiyatlari. Xayol jarayonlarining fiziologik asoslari. Xayol shakllari haqida tushuncha. Tayanch tushunchalar: Xayol xaqida tushuncha. Xayol, obrazlar, passiv xayol, gallyutsinatsiya, ijodiy xayol, orzu, shirin xayol. Xayol o‘zining faolligi bilan atrofmuhitni o‘zgartirishga yo‘naltirilgan shaxsni ijodiy faoliyatining muhim sharti sifatida xizmat qiladi. Xayol ong faoliyatidir. Bu faoliyat ilgari biz idrok kilmagan, tajribamizda uchratilmagan narsa va xodisalarning obrazlarini mavjud tasavvurlarimiz asosida miyamizda yaratishda ifodalanadi. Xayol xam aloxida psixik jarayon sifatida shaxsga narsa va xodisalarning moxiyati xususidagi tajribasi yoki bilimi yetishmagan sharoitlarda ruyo beradigan aks ettirish xodisasidir. Demak, xayol-yangi obrazlar va taxminlarning shakllanishi jarayoni bo‘lsa, unga yaqin bo‘lgan yana bir tushincha-fantaziya-xayolning borlikdan, xakikatdan biroz uzoqlashuvi jarayonidir. Xayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo‘lib, mexnatning ozirgi va oraliq maxsulotlarida uz ifodasini topadi. Xayol mexnat natijalarini narsalarga gavdalashtirishga undaydi va shuning bilan birga muammoli vaziyat aniq bo‘lmagan xollarda ish harakat programmasini tuzishni ta’minlaydi. Shuning bilan birga xayol aktiv faolitini programmalashtiruvchi emas, balki uning urnini almashtiruvchi obrazlar xosil qilish vositasi sifatida yuzaga chikadi. Xayolning psixik jarayon sifatidagi birinchi va muxim vazifasi shundan iboratki, u mexnatni boshlamasdan oldin uning natijasini tasavvur qilish imkoniyatini beradi. Xayolning muhim tomonlaridan biri — uning ijodiyot va shaxs munosabatining yaxlit holda talqin qilish xususiyatidir. Ijodiyot shaxsning ichki imkoniyatlari va zaxiralarini ro‘yobga chiqishining asosiy shartlaridan biridir. Xuddi shu sababdan shaxs o‘zining ijodiy faoliyati bilan, birinchidan, insonning yaratuvchilik qudratini amaliyotda namoyish qiladi. Ikkinchidan, u ijodiyot ta’sirida yangi fazilatlarni egallaydi, nafosat, badiiy ijod, texnik qobiliyat, kashfiyot ijtimoiy muammolarni integratsiya qilish yoki mavjud umumiy qonuniyatlardan kelib chiqib, uni differensiallashtiradi. Uchinchidan, jahon faniga o‘z ulushini qo‘shadi va sivshshzatsiyaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, ijtimoiy taraqqiyot harakatlantiruvchisiga aylanadi. Ijodiyot davomida shaxs motivatsion, emotsional, irodaviy barqarorlik, xarakterning mustahkamligi va boshqa individualtipologik xususnyatlardagi yetuklik ijodiyot mahsuliga, uning samaradorligiga, sifatiga munosib ravishda ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Ijodiyot tarkiblari bilan shaxsning xususiyatlari o‘rtasidagi uyg‘unlikning yuzaga kelishi ikkiyoqlama ta’sir o‘tkazish mexanizmi sifatida muhim rol o‘ynaydi, ya’ni faoliyatda shaxs o‘zining yangi qirralarini ochadi, uning fazilatlari esa ijodiy izlanishlarning muvaffaqiyatli yakunlanishini ta’minlaydi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling