Shaxslararo munosabatlar muloqot vositasida amalga oshiriladi.
Muloqot – bu ikki yoki undan ortiq kishilarning o‘zaro ta’siri, ular o‘rtasida bilish yoki affektiv baholash xarakteridag i axborot almashinishdir.
Muloqot ko‘p qirrali, murakkab jarayon bo‘lganligi sababli uning tuzilishida 3 ta tomonni farqlash mumkin. Bular:
Kommunikatsiya - inglizcha so‘z bo‘lib, xabar qilish, aytish ma’nosini anglatadi. Kommunikatsiya insonlar o‘rtasidagi tasavvur, fikr, his-tuyg‘u, kayfiyat almashinuvidan iborat bo‘lib, ularning o‘zaro ta’siri orqali amalga oshiriladi.
Kommunikator – axborot beruvchi.
Retsipiyent – axborotni qabul qiluvchi.
Muloqot jarayonida kommunikator va retsipiyent navbatma-navbat o‘rin almashadilar.
Kommunikatsiya verbal va noverbal vositalar yordamida amalga oshiriladi.
Verbal kommunikatsiya – nutqiy, noverbal kommunikatsiya – imo-ishora, mimika, pantomimika, y’ani belgilarning optiko-kinetik tizimi; intonatsiya, pauza kabi vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi.
Noverbal kommunikatsiya shakllari:
1.Kinestetika – tana,qo‘l harakatlari(jestikulyatsiya), mimika, pantomimika.
2.Paralingvistika – bu ovoz tembri, diapazoni, tonalligi.
3.Ekstrolingvistika – nutq tempi, pauzalar, tomoq qirish,yig‘lash,kulgi va h.k.
4.Proksemika – muloqotni vaqt va fazoviy jihatdan tashkil etilish sohasi.
Muloqotning interaktiv tomoni – bu insonlarning muloqot jarayonida bir-birlariga o‘zaro ta’sir etishidir.
Muloqot va birgalikdagi faoliyat ijtimoiy nazorat sharoitlarida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy nazorat esa ijtimoiy normalar – jamiyatda qabul qilingan, kishilarning o‘zaro ta’sir va munosabatlarini tartibga soluvchi xulq-atvor namunalari asosida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |