Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti pedagogika kafedrasi
Download 0.87 Mb.
|
2 5244698480563199183
Xotira jarayonlari.
Xotira sohasida quyidagi asosiy jarayonlar farqlanadi. Esda olib qolish, esda saqlash,esga tushirish, va unutish jarayonlari. Bu xotira jarayonlari faoliyatda tarkib topadi. Va ularni faoliyat belgilab beradi. Ma’lum materialni esda olib qolish hayot faoliyati davomida individual, yani shaxsiy tajribani to‘plash bilan bog‘liqdir. To‘plangan tajribadan keyingi faoliyatda foydalanish qayta esga tushirishni talab qiladi. Ma’lum materialning faoliyatda qatnashmay qo‘yishi yoki faoliyatdan tushib qolishi uni esdan chiqarib qo‘yishga olib keladi. Materialni xotirada saqlab turish deb ataladigan narsa ham shaxsning faoliyatida qatnashish bilan bog‘liq, chunki insonning har bir dakikadagi xatti-harakatlari uning butun hayotiy tajribasi bilan belgilanadi. Ana shu yuqorida ko‘rsatilgan protsesslarda xotiraning faoliyat bilan aloqasi va xotira aktlarining alohida mustakil harakatlar tarzida namoyon bulishi ayniqsa yaqqol ko‘rinadi. Xotira jarayonlarning o‘zaro bog‘liqligini unutmagan holda, bu protsesslarning har biriga xos bo‘lgan eng muhim xususiyatlarni qarab chiqamiz. Esda olib qolishni xotira protsessii deb ta’riflash mumkin; buning natijasida yangi materialni oldin o‘zlashtirilgan material bilan bog‘lash orqali yangi material mustahkamlanadi. Esda olib qolish individ tajribasini yangi bilimlar va ish-harakat formalari bilan boyitishning zaruriy shartidir. Esda olib qolish hama vaqt tanlovchanlik xarakteriga ega: bizning sezgi organlarimizga ta’sir qilayotgan hamma narsalar ham esimizda saqlanib qolavermaydi. Qayta esga tushurishni xotira protsessii deb ta’riflash mumkin, bu xotira protsessi natijasida psixikaning ilgari mustahkamlangan mazmunini uzoq muddatli xotiradan chiqarib olish va uni opirativ xotiraga o‘tkazish yuli bilan aktuallashtirish sodir bo‘ladi. Qayta esga tushirish protsessining ichidan uning har xil turlarini ajratib, ularni kuyidagi tartibda joylashtirish mumkin: tanish, qayta esga tushirishning o‘zi va eslash. Bunda shaxsning tarixiy xotirasi hisoblangan xotirlash alohida urinni egallaydi. Tanish - qandaydir obyektni qayta idrok qilish sharoitida uni qayta esga tushirishdir. Tanish katta hayotiy ahamiyatga ega. Tanish bo‘lmaganda biz narsalarni bizga avvaldan tanish bo‘lgan narsalar deb emas, balki har gal yangi narsalar deb idrok qilgan bular edik. Tanish hama vaqt bizning tajribamizni atrofimizdagi obyektlarni idrok qilishimiz bilan bog‘laydi va buning bilan bizga atrofimizdagi voqeylikni to‘g‘ri anglay olish imkonini beradi. Tanish o‘zining aniqligi, yaqqoligi va to‘laligi darajasi bilan har xil bo‘ladi. Tanish-ixtiyorsiz yoki ixtiyoriy protsess tarzida amalga oshirilishi mumkin. Odatda, tanish to‘la, yaqqol va aniq bo‘lsa, u bir momentli ixtiyorsiz aks tariqasida amalga oshiriladi. Biz ilgari idrok qilgan narsalarimizni hozir qayta idrok qilayotgan paytimizda ixtiyorsiz ravishda, hech qanday zur bo‘lmay, o‘zimiz sezmagan holda tanib olamiz. Xotirlash-o‘tmishdagi obrazlarimizni zamon va makonda lokallashtirilgan holda qayta esga tushurishdan iboratdir. Xotirlashda biz o‘tmish obrazlarini faqat esga tushiribgina qolmay, balki bu obrazlarni ma’lum vaqt va joylar bilan bog‘laymiz, biz bu obrazlarni kachon va qanday sharoitlarda idrok qilganimizni eslaymiz, ularni o‘z hayotimizning ma’lum davrlari bilan bog‘laymiz, bu obrazlarning vaqt oraligidagi izchilligini anglaymiz. Materialning mantikiyligi, anglanganligi, avvalo tajriba bilan bog‘liqligi esda olib qolishning zarur shartidir. Qayta esga tushurish psixikaning ilgari mustahkamlangan mazmunini uzoq muddatli xotiradan chiqarib olish va amaliy xotiraga o‘tkazish yo‘li bilan aktuallashtirish jarayoni sifatida ta’riflash mumkin. Aktuallashtirish jarayoni turli qiyinchilik darajasi bilan farqlanishi mumkin. Tanish biron bir obyektni takroran idrok qilish sharoiti qayta esga tushirish demakdir. Qayta esga tushirish ham ixtiyoriy va ixtiyorsiz bulishi mumkin. Ba’zan kerakli narsalarni esga tushirish uchun faol qidiruv ishlarini olib borishimizga to‘g‘ri keladi. Bunday paytda esga tushirish eslash deb aytiladi. Eslash usullari orasida eng muhimlari quyidagilardan iborat; plan to‘qish eslatadigan materialning obrazlariga asoslanish bevosita bog‘lanishlarni hosil qilish. Unutish; unutish jarayoni ozmi ko‘pmi darajada chuqur bo‘lishi mumkin. Material shaxs faoliyatida qancha kam ishtirok etsa, aktual hayotiy maqsadlarga erishishda qanchalik ahamiyati samimiy bo‘lsa, uni unutish shunchalik chuqur bo‘ladi. Unutish maqsadga muvofiq hodisadir. Esida olib qolishni eng darslabki ham tashqi ta’sirlarining izlari mustahkamlangunga qadar ma’lum vaqtni talab etadi. Bu vaqtdagi jarayonlar mexanizmlari axborotni esda saqlab qolish, esda saqlash va qayta esga tushurishning alohida bir turi hisoblanadi. Bu jarayon qisqa muddatli xotira deb ataladi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling