Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti "tasdiqlayman "


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/65
Sana11.11.2023
Hajmi5.13 Kb.
#1766899
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65
Bog'liq
1-kurs majmua

Til ‒ ramziy tizim Ramz tushunchasi keng ma’noli boʻlib, turli ma’nolarda 
qoʻllaniladi. Olimlar tomo-nidan ramz atamasiga ta’rif berish har xildir Ba’zi bir 
olimlar ramz – kim uchundir nimanidir (xususiyat yoki munosabatni ) almashtira 
oluvchi, biror nimaning qulaylik uchun oʻrnini egallovchi narsa deb hisoblasa 
(masalan, J.Birs), boshqa bir nuqtayi nazar egalari “boshqa bir narsalarni oʻzining 
tabiiy xususiyatlari orqali emas, balki insonlar tomonidan kelishilganlik, qabul 
qilinganlik asosida anglatish uchun yaratilgan mod-diylik” sifatida talqin qiladilar. 
Qomusiy adabiyotlarda esa ramz (rus znak,.ingilizcha-singe, nem.-Ziechen) 
tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: 
1. Ramz (znak) ‒ moddiy (material) qabul qilinadigan narsa boʻlib, hissiy bilish 
jarayonida va odamlar orasidagi munosabatda biror bir predmet yoki predmetning 
muayyan xususiyati, munosabatini ifodalash hamda axborot saqlash va uning 
ma’lum bir komponentini uzatish uchun xizmat qiladi. 
2. Ramz (znak)-boshqa bir predmetning, belgi yoki munosabatning vakili sifatida 
namoyon boʻluvchi va axborot (informatsiya, bilim)ga ega boʻlish, saqlash, qayta 
ish-lash va uzatish uchun ishlatiladigan moddiy predmet (hodisa)». 
3. Ramz (znak) boshqa bir narsa, voqea hodisa harakatni atash, ifodalash, undan
xabar berishga xizmat etuvchi va bevosita kuzatishda berilgan (sezgi organlariga 
ta’sir etadigan) moddiylik. 
Odatda ramz ishora, belgi va timsol (simvol) tushunchalariga sinonim tarzida 
ishla-tiladi. Ammo ular orasida ma’lum farqlar mavjud. Belgi asosan predmetning 
ma’lum xususiyati, muhim, ajralib turuvchi sifatida boʻlsa, timsol muayyan bir 
g‘oyaning, ideal hodisaning moddiylashtirilgan ifodalanishi, narsaning oʻzi emas, 
balki uni eslatib turuvchi, koʻz oldimizda gavdalantiruvchi ma’nosiga ega boʻlib,
unda koʻpincha koʻta-rinkilik, tantanavorlik boʻyog‘i, qoʻshimcha ma’nosi xosdir: 
Kabutar ‒ tinchlik timsoli. Ramz esa biror bir predmet, voqea hodisa va 
xususiyatga ishora qiluvchi, anglatuvchi, uning oʻrnida kela oluvchi, uni muloqot 


jarayonida almashtira oluvchi moddiylik boʻlib, timsol atamasiga xos boʻlgan 
boʻyoqlardan xolidir.
Fanda, jumladan tilshunoslikda yana bitta atama - ishora soʻzi ham, ba’zan
shartli belgi soʻz birikmasi ham shu ma’noda qoʻllaniladi Bu atamalarning 
qoʻllanishidagi farq keskin emas, bib-birini bemalol almashtira oladi. Biz asosan 
ramz atamasidan foydalanamiz. Chunki bu soʻzda biz uchun ifodalanishi zarur 
boʻlgan ma’no- “narsaning (ataluvchi, nomlanuvchining) oʻzi emas, balki boshqa, 
lekin uni eslatuvchi moddiylik” tushunchasi boshqa atamalardan koʻra 
yorqinroqdir. Ramz muayyan mazmunni, g‘oyani boshqalarga yetkazish vazifasini 
bajaradi. Chunonchi, yoʻl chetidagi qoshiq, vilka tasvirli ramz yaqin yerda 
oshxona, tamaddi qilish imkoniyatini mavjud joyni bildiradi – oshxona ramzidir. 
Ramz uchun umumiy ontologik (tabiiy, zotiy) xususiyat oʻzi sezilib boshqa narsa 
haqida axborot (diqqat: narsaning oʻzini emas!) berishdir. Ana shunday ikki 
tomonli moddiylik ramz sanaladi. Ramzning ikki tomonliligi uning -a)

Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling