Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti "tasdiqlayman "
Inson hayotini dasturlash va boshqarish vazifasi
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
1-kurs majmua
4. Inson hayotini dasturlash va boshqarish vazifasi. Til olamni tartibga
soluvchi va boshqaruvchi kibernetik 1 tizimdir. Til olamni tartibga soladi va uni to‘la boshqaradi. U faqat insonni emas, hatto hayotni ham boshqaradi. Inson hayotida yuz beradigan voqealar uning ongidagi fikr va obrazlarga hamda odam ularni qaysi so‘zlar bilan ifodalashiga to‘la muvofiq keladi. Tilmiz voqeligimizni belgilaydi, shakllantiradi, undan keyin tasvirlaydi. So‘zlarimiz atrof olamni tasvirlabgina qolmay, balki avvalo uni yozadi. Boshqacha qilib aytganda, biz til yordamida o‘zimiz yashayotgan olamni yaratamiz. Xo‘sh, qanday qilib nutqimiz va fikrlarimiz o‘zimiz va atrof olamga ta’sir qiladi? So‘z hayotga obrazni chorlaydi. Obraz o‘z navbatida insonning his- tuyg‘ulari bilan bog‘liq. His-tuyg‘ular esa hayotda voqelanadigan harakatni vujudga keltiradi. Shunday zanjir hosil bo‘ladi: So‘z͢͢ → obraz→ his-tuyg‘u→ harakat→hayot Insonning ongi va qalbida so‘zlar bilan ifodalangan ijobiy yoki salbiy dasturlar bo‘ladi. Ijobiy dasturlarga misol: – Olam adolatli. – Koinot to‘kin-sochin. – Odamlar mehribon. – Men ota-onamdan minnatdorman. – Men o‘zimga ishonaman. – Men kuchliman. – Hamma kishi menga yordam beradi. Salbiy dasturlarga misol: – Olam adolatsiz. – Hamma yoqda firibgarlar. – Hamma odam dushman. – Hamma narsa pulga bog‘liq. – Vaqtim yo‘q. 1 Kibernetik – kibernetikakaga oid. Kibernetika axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shug‘ullanadigan fan. Kibernetik tizimlarga kompyuter, inson miyasi, kishilik jamiyati misol bo‘la oladi. – Pulim yo‘q. – Men buni hazm qilolmayman. Salbiy dasturlar inson hayotiga o‘z mazmuniga muvofiq noxush voqealarni jalb qiladi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ijobiy dasturlar esa baxt-saodat va salomatlik garovidir. Shuning uchun har bir odam ongidagi salbiy dasturlarni aniqlab, ularni ijobiy dasturga aylantirishi lozim. Til tuzilishiga ko‘ra murakkab hodisa bo‘lib, u bir-biri bilan uzviy bog‘langan quyidagi qismlardan iborat: 1. Tovushlar tizimi. 2. Lug‘at boyligi yoki leksika. 3. Grammatik qurilishi. Ma’lumki, inson tili tovush tilidir. Har bir tilning o‘z tovushlar tizimi mavjud. Tovushlar so‘zlarni, iboralarni, grammatik shakl va ko‘rsatkichlarni shakllantiradi. Tovushlardan iborat bo‘lgan so‘z va iboralar yig‘indisi tilning Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling