Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti "tasdiqlayman "


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/65
Sana11.11.2023
Hajmi5.13 Kb.
#1766899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
Bog'liq
1-kurs majmua

1. Kommunikativ vazifa – axborotni uzatish va qabul qilish vazifasi. Bu 
tilning eng muhim vazifasidir. 
2. Ma’rifiy vazifa – insonga bilim berish vositasi bo‘lib xizmat qilish. 
Mavjudotning mohiyatini, haqiqatini bilish “ma’rifat” deyiladi. Tilning ta’limiy 
ahamiyati oddiy bilim bilan cheklanmay, ma’rifatni, ya’ni bilishning eng oliy 
martabasini ham o‘z ichiga oladi.
Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‘lib yetishishi uchun juda ko‘p 
narsani bilishi kerak. U o‘ziga kerakli bilimni ko‘rib, eshitib va o‘qib o‘rganadi. 
Eshitib va o‘qib o‘rganish til vositasida amalga oshadi va uning imkoniyati 
cheksizdir. Shuning uchun biz ta’limni tilsiz tasavvur ham qila olmaymiz.
Tilning ma’rifiy ahamiyati quyidagilardan iborat : 


1. Til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashib
uning ko‘pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug‘iladi. Undan tashqari til 
tufayli bilim avloddan avlodga og‘zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi 
avlod o‘tgan av-lodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi. Bu 
bilan taraqqiyot ta’min-lanadi. 
2. Til ilm olishda zamon va makon g‘ovini o‘rtadan ko‘taradi. Til tufayli eng 
qadimgi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz, hatto kelgusiga oid ma’lumotlarni ham 
olamiz. Koinotning hamma yeridagi ma’lumotni so‘z bilan ifodalab, bilmaganga 
bildirish mumkin. 
3. Har bir o‘quvchi maktabda qanchadan qancha bilim oladi. Shu bilimlarni 
olishga til tufayli muyassar bo‘ladi. Aks holda har bir o‘rgatilayotgan narsani, hech 
bo‘lmaganda uning suratini o‘quvchiga ko‘rsatish kerak bo‘lar edi. Bu albatta juda 
ko‘p vaqt va joyni talab qilar edi. 
4. Biz til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib bo‘lmaydigan narsalarni ham 
o‘rganamiz. Ko‘rinishi, shakli bor narsalarning aksi ongimizga o‘rnashishi mum-
kin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‘z shaklida o‘zlashtiramiz. Xuddi shuning-
dek, mavjudotning ko‘rinmas ichki jihatlarini ham so‘z shaklida o‘zlashtiramiz va 
til vositasi bilan o‘zgalarga tushuntiramiz. 
5. Tilni o‘rganish va o‘rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u 
umumlashtirish xususiyatiga ega. So‘z yordamida biz mavjudotni o‘rganib umu-
miy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy xos-
salarini o‘rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat tug‘diradi.
6. Til tufayli biz haq bilan nohaqni, yaxshi bilan yomonni bir-biridan farqlashni 
o‘rganamiz. 

Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling