Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti "tasdiqlayman "


bitta kam bo’ladi: Ertaga tong bilan jo’naymiz (3 ta must. so’z). So’z  birikmalari: 1) ertaga jo’naymiz; 2) tong bilan jo’naymiz


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/65
Sana11.11.2023
Hajmi5.13 Kb.
#1766899
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65
Bog'liq
1-kurs majmua

bitta kam bo’ladi: Ertaga tong bilan jo’naymiz (3 ta must. so’z). So’z 
birikmalari: 1) ertaga jo’naymiz; 2) tong bilan jo’naymiz. 
 
So’z birikmasining so’z, ibora, sintagma va gapdan farqi 
So’z narsa, belgi, shaxs, ish-harakatni umuman ifodalash uchun xizmat qiladi: 
Kitob deganda umuman kitoblarni, bordi deganda umuman borilganlikni 
tushunamiz. 
So’z birikmasi ham narsa, belgi, ish-harakatni ifodalaydi va bu jihatdan 
so’zga o’xshab ketadi, ammo so’z birikmasi narsa, belgi, ish-harakatni boshqa
narsa, belgi, ish-harakatlardan ajratib, aniqroq qilib ifodalaydi: o’quvchi - 
a’lochi o’quvchi, yozish - tez yozish. Qo’shma so’z va so’z birikmasi o’zaro 
quyidagicha farqlanadi: qo’shma so’z bir so’roqqa javob bo’ladi, so’z birikmasi 
tarkibidagi har bir so’z alohida-alohida so’roqlarga javob bo’ladi, so’z 
birikmasidagi har bir so’z o’z urg’usiga ega bo’ladi, qo’shma so’z esa yaxlit 
bitta urg’uga ega bo’ladi: sotib olmoq (nima qilmoq?) – qo’shma so’z; jo’shib 
kuylamoq (
qanday kuylamoq? jo’shib nima qilmoq?). So’z birikmalari 
qo’shma so’zlarning birinchi bosqichidir: ko’zning oynagi – ko’zoynak, sarv 
qomatli – sarvqomat, dunyoga qarash – dunyoqarash va h.


Ibora(turg’un birikma) ma’no jihatidan bir so’zga teng, ajralmas holatga 
kelib qolgan birlikdir. Uning tarkibidagi so’zlarni hokim yoki tobe birliklarga 
ajratish mumkin emas. Qiyoslang: tosh yo’l (so’z birikmasi) – oq yo’l (ibora, 
ya’ni omon-eson borib kelishni tilash). So’z birikmasi tarkibidagi so’zlarni 
almashtirish mumkin, iboradagi so’zlarni esa almashtirish mumkin emas: 
maktabga bormoq – teatrga bormoq (so’z birikmalari); ko’zi to’rt bo’lib kutmoq 
(ko’zi besh bo’lib kutmoq deb almashtirib bo’lmaydi). Ba’zan gap tarkibida 
so’z birikmasi va iboralar shakliy jihatdan teng kelib qolishi mumkin, bunda 
so’z birikmasi o’z ma’nosida, ibora esa ko’chma ma’noda keladi: oyoq tiramoq: 
U devorga 

Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling