Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti "tasdiqlayman "


-mavzu. Badiiy matn tahlilining adabiyotshunoslik ilmidagi o`rni


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/65
Sana11.11.2023
Hajmi5.13 Kb.
#1766899
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65
Bog'liq
1-kurs majmua

5-mavzu. Badiiy matn tahlilining adabiyotshunoslik ilmidagi o`rni.
1.
 Forobiy, Ahmad Taroziy, Navoiy, Bobur singari mutafakkirlarning badiiy matn 
tahliliga doir qarashlari.
2. Forobiy va Ibn Sino estetik qarashlarida Botish badiiy tafakkuri. 


3. Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a” asarida islomiy estetikaga xos jihatlar. 
Tayanch so`zlar: Bolalar va oilaviy ertaklar, germanistika, "Xildebran 
haqida qo`shiq", "Nibelunglar haqida qo`shiq", Olmoniya, portret, peyzaj, 
natyurmort, illyustratsiya, Vildlar, Xassenpflug, Rojdestvo, Kassel, Nidertsveren, 
xalq ijodi, og`zaki bayon, grammatika, mifologiya. 
Biz umuman, poetik san'at to‘g‘risida, shuningdek, uning alohida 
ko‘rinishlari va ulardan xar birining imkoniyatlari, poetik asarning yaxshi chiqishi 
uchun fabula kanday tartibda tuzilishi zarurligi to‘g‘risida so‘zlaymiz.1 Bundan 
tashqari, asarning nechta va qanday qismlardan iborat bo‘lishi, shu bilan birga, bu 
tadqiqotga tegishli bo‘lgan hamma boshka masalalarga to‘xtalib o‘tamiz. Tabiiyki, 
o‘z so‘zimizni boshlang‘ich masaladan boshlaymiz. 
Poeziya o‘xshatish san'ati. Epos va tragediya, shuningdek, komediya va 
difiramba ijod etish, avletika va kifaristikaning katta qismi bu hammasi, umuman 
aytganda, o‘xshatish (mimesis) san'atidan o‘zga narsa emas; ular o‘zaro uch 
jihatdan: (1) tasvirlashning turli vositalari bilan; (2) NIMA tasvirlanayotgani bilan; 
(3) rang-barang, o‘xshatish usullari bilan farqlanadi. 
Tasvirlashning turli vositalari. Ba'zi kishilar mahorat, ba'zilar malaka sababli, 
yana ba'zilar tugma iste'dodlari tufayli bo‘yoqlar va shakllar yordamida ko‘p 
narsalarning tasvirini - o‘xshashini tasvirlaydilar. Hozirgina eslab o‘tilgan 
san'atlarning hammasida xam alohida yo ritm, yo so‘z va yoxud garmoniya 
yordamida, yoki shularning hammasi uyg‘unligida tasvirlaydilar. Avletika va 
kifaristika hamda musiqa san'atining boshqa xillari fakat garmoniya va ritmdan 
foydalanadi. Masalan, surnay chalish san'ati, raqs san'atida xususan garmoniyasiz, 
ritm yordami bilan o‘xshatadilar, chunki ular ayni ifodali ritmik harakatlar orqali 
xarakterlar, ehtiroslar va voqyealarni qayta gavdalantiradilar. Biroq vaznli so‘z 
yordamida, shuningdek, bir necha vaznni aralashtirib yo ulardan birontasini 
qo‘llash yo‘li bilan yuzaga keluvchi, yoxud yalang‘och (vaznsiz) so‘z vositasida 
tasvirlash san'ati xozirgacha (ta'riflanmay) qolayotir. Birov trimetr, elegik yoki 
boshka shunga monand she'r turlari yordamida tasvirlaydi. Shunday ekan, biz 
Sofron va Ksenarx mimlariga ham, Suqrotona suhbatlarga ham umumiy nom bera 


olmaymiz. Faqat «ijod» tushunchasini vazn bilan bog‘lovchi kishilargina hayotni 
qayta gavdalantirish mohiyati tufayli emas, umuman, vazn tufayli (ularning 
hammasini) shoirlar deb ulug‘lab, ba'zi birlarini elegiklar, boshqalarini epiklar deb 
ataydilar. Mabodo, meditsina yoki fizikaga oid qandaydir risolani vaznga tushirgan 
holda nashr etsalar muallifni odatda shoir deb ataydilar. Bu o‘rinda Gomer va 
Empedokl' bilan vazndagi yaqinlikdan boiщa hyech qanday umumiylik yo‘q, shu 
boisdan xar ikkisini shoir deyishdan ko‘ra, birinchisini shoir, ikkinchisini 
tabiatshunos deb atash adolatlidir. Shu bilan barobar, Hyeremon «Kentavr»da 
barcha vaznlarni aralash holda qo‘llab, rapsodiyalarni barcha ritmik o‘lchovlardan 
yaratgani singari kimdir hamma vaznlarni qo‘shgan holda ishlatib, asar yozib 
chiqarsa, (uni) xam shoir deb atashga to‘g‘ri keladi. Bu masala xususida shu 
aytilganlar yetarli bo‘lar. 
Biroq ba'zi bir san'atlar borki, ular hamma aytilganlardan, ya'ni ritm, ohang 
va vazndan foydalanadi, masalan, difirambik poeziya, komlar, tragediya va 
komediya shular jumlasidandir. Bular shu bilan farqlanadiki. Ularning ba'zilari 
mazkur vositalardan birdaniga, boshkalari esa ayrim qismlaridangina foydalanadi, 
xolos. Mensan'atlar o‘rtasidagi tasvirlash vositalariga taalluqli bo‘lgan farhlarni 
shunday tushunaman. 
San'atkorlar muayyan shaxslarni tasvirlaydilar, ular esa yaxshi yoki yomon 
bo‘lishi mumkin. (Negaki, shaxslarning qandayligi shu bilan belgilanadi, zero, 
hamma odamlar xarakterlaridagi illatlari yoki fazilatlari jihatidan farqlanadilar). 
Ular bizdan yaxshiroq yoki bizdan yomonrok, yoki hatto bizdek bo‘ladilar. (Xuddi 
rassomlardagidek. Polignot, masalan, eng yaxshi odamlarni, Pavson - yomonlarni, 
Dionisiy esa bizga o‘xshash kishilarni tasvirlaydi.) Chamasi, yuqorida aytilgan 
tasviriy usullarning har biri ham ana shunday tafovutlarga ega buladi. Demak, 
xilma-xil predmetlarning tasviri ham har xil bo‘ladi. Chunki shunga o‘xshash 
farqlanuvchi xususiyatlar raqsda ham, avletikada, surnay, kifara chalshssa, nasr va 
odsiy she'rda ham bo‘lishi mumkin. Gomer - eng yaxshilarni. Kleofont - oddiy 
odamlarni ko‘rsatadi. Parodiyalarning birinchi ijodchisi fasoslik Gegemon yoki 
«Deliada»ning avtori Nikoxar yomon odamlarni gavdalantirgan. Xuddi shu 


xususiyat difiramblar va komlarga ham oidsir. Argant yoki Timofey va Filoksen 
«Kikloplar»da qanday qahramonlarni yaratgan bo‘lsa, difiramba va komlarda x.am 
shundaylarni yaratish mumkin. Tragediya va komediya orasida xam xuddi shunday 
tafovut mavjud: komediya hozirgi vaktda yashayotganlardan ko‘ra yomonrok, 
tragediya esa, Bu sohada asarlar yana tasvirlash usullari jihatidan ham bir-biridan 
farqlanadi. Zotan bir xil narsani bir xil vosita bilan tasvirlagan holda yo avtor 
voqyealarga aralashmay xikoya qilishi, yoki o‘zini xuddi Homerday tutishi 
mumkin. Yoki butun hikoya davomida avtor o‘zligicha qolishi, yoxud barcha aks 
ettiriluvchi shaxslarni gavdalantirishi mumkin. Nima bilan (qaysi janrda), nimani 
va qanday aks ettirish usulidagi uch xil tafovut ana shulardan iborat. Shunday qilib, 
Sofokl aks ettiriщsa bir jihatdan Gomerga o‘xshash bo‘lsa (chunki ularning har 
ikkisi ham yaxshi odamlarni tasvirlaydi), boshka jixatdan esa Aristofanga, zero, 
ularning ikkovi ,^am odamlarni harakatda, shu bilan birga, dramatik harakatda 
ko‘rsatadi. Shuning uchun ham ba'zilar dramaning o‘zi ham harakat, chunki u 
harakat qiluvchi shaxslarni aks ettiradi deyishadi. Shu sababga kura doridaliklar 
tragediya va komediyani o‘zlarida kelib chiqqanligi haqidagi da'volarini bayon 
qilmoqdalar; megaraliklar, xususan, tubjoy kishilar sifatida komediyaning guyo 
ularda demokratiya urnatilgan vaktda kelib chiqqanligini da'vo qilishmoqda, 
sitsiliyaliklar xam Xionid va Magnetdan xiyla oldinroq yashagan shoir Epixarm 
o‘zlaridan bo‘lgani uchun shunday da'vo bilan chiqmoqdalar. Peloponneslik 
doriylar xam tragediyaga oid da'volarini aytmoqdalar. Ular buni atamalar bilan 
isbot qilishga urinmoqdalar. Ularning so‘zlariga Karaganda komediya so‘zi shahar 
atrofidagi qishloqlar - komlar (afinaliklar demlar deganday) so‘zidan kelib 
chiqqan; zero, qiziqchilar -komediantlar so‘zi komadzeyn (bazm qilmoq) fe'lidan 
emas, balki shaharliklar tomonidan qadr-qimmat qilinmaganlarning komlar 
(qishloqlar) bo‘ylab darbadar kezishidan kelib chiqqan;9 shuningdek, «harakat 
qilmoq» tushunchasi ham ularda dran, afinaliklarda esa pratteyn so‘zi bilan 
ifodalanadi. Shunday kilib, aks ettirishdagi tafovutlar qancha va kanday bo‘lishi 
to‘g‘risida yetarli so‘zlandi. 


Poetik san'atning kelib chiqishiga ochiq-oydin ikki sabab bulib, ikkalasi xam 
tabiiydir. Birinchidan, taqlid, o‘xshatish insonga bolalikdan xos bulgan xususiyat. 
Inson boshqa jonli mavjudotlardan o‘xshatish qobiliyatiga ega ekanligi bilan ham 
farqlanadi, hatto dastlabki bilimlarni u o‘xshatishdan oladi va bu jarayon 
samaralari barchata huzur bag‘ishlaydi. Buni quyidagi dalil ham isbotlaydi: biz 
haqiqatda yoqimsiz ko‘ringan narsalarga, masalan, jirkanch jonivor va murdalar 
tasviriga zavq bilan boqamiz. Buning sababi shundaki, bilim olish faqat 
faylasuflargagina emas, balki boshqa kishilarga ham juda yoqadi, farq shundaki, 
oddiy odamlar bilish uchun tomosha qilmaydilar. Ular tasvirga zavqlanib 
qaraydilar, chunki unga boqib «manavi narsa bunday ekan», deb mulohaza 
yuritishni o‘rganadilar. Agar o‘xshashi tasvirlangan narsani avval ko‘rmagan 
bo‘lsa, o‘xshatishdan emas, balki bichim, bo‘yoq yoki shunga o‘xshash boshqa bir 
narsadan zavq tuyadilar. Zeroki, o‘xshatish garmoniya va ritm singari qadimdanoq 
odamlarning tabiatiga xos xususiyatdir10 (vaznlar - ritmning maxsus turi ekanligi 
sir emas), odamlar qadimdanoq tabiatan o‘xshatishga qobiliyatlidirlarki, ular buni 
oz-ozdan taraqqiy ettira borib, badiha she'rlar (improvizatsiya)dan haqiqiy 
poeziyani yuzaga keltirganlar. 
Poeziya shoirlarning shaxeiy xarakteriga muvofik ikki turga bo‘linadi: 
chunonchi, jiddiyroq shoirlar go‘zal qiliqlar va unga monand kishilarni tasvir 
etadilar. Xuddi oldingilari gimn va madh qo‘shiqlar yaratganidyok, keyingilari 
dastlab hajviy qo‘shiqlar to‘qiydilar. Shoirlar Gomergacha ham ko‘p bo‘lgan 
bo‘lsa-da, biz Homerning «Margit»i va shu xildagi asarlariga monand biron asarni 
ta'kidlay olmaymiz. Mana shu she'rlarda eng qulay yamb o‘lchovi paydo bo‘ldiki, 
u hozirgacha yambik (istex%zoli) vazn, deb ataladi, chunki uning vositasida 
kishilar bir-birlariga istexzo qilganlar. Natijada, qadimgi shoirlarning ba'zilari 
qahramonlik vazni va ba'zilari yamblarning ijodkorlari bo‘lib qoldilar. 
Gomer poeziyaning murakkab turida ham shu qadar buyuk ediki, u mukammal 
she'r ijod qilibgina qolmay, balki dramatik tasvirlarni ham yarata oldi. U 
masxaralashga emas, kulgili narsaga dramatik pardoz berib, birinchi marta 
komediyaning asosiy shakllarini ham bunyod qildi, binobarin, «Iliada» va 


«Odisseya» tragediyaga qanchalik taalluqli bo‘lsa, uning «Margit»i komediyaga 
shunchalik monanddir. Tragediya va komediyalar vujudga kelganida esa, tabiatan 
poeziyaning shu turlariga moyil bo‘lgan yambchilar endi komik shoirlar, epiklar 
esa tragiklar bo‘lib qoldilar, chunki mazkur shakllar avvalgilariga nisbatan 
ahamiyatliroq va munosibroq edi. 

Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling