Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti "tasdiqlayman "
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
1-kurs majmua
Til va tafakkur
«Tafakkur-obyektiv voqelikning tasavvur, tushuncha va muhokamadagi faol in’ikosi jarayoni,insonning fikrlash qobiliyati»(OʻTIL)boʻlib fikrlash jarayonida egallagan bilim , koʻnikma va tushunchalarga asoslanadi.Tafakkur inson sezgi organlari va hislari yordamida aniqlangan belgilarni idrokda yanada mustah- kamlabgina qolmay, ularning ichki xusisiyatlarini, qonuniyatlarini, mohiyatini anglashga xizmat qiladi.Muayyan mantiqiy bilish-voqelikni inson ongida haqqoniy (adekvat) va puxta tasavvur etilishida asosiy roʻl oʻynaydi. «Tafakkur yordami bilan voqelikning umumiy tomonlarini aks ettirish orqali biz yakka, konkret predmetlar mohiyatini ham bilib olamiz.Tafakkur orqali biror narsani bilish uchun avvalo u haqda tushuncha hosil qilish zarur. Ongimizda predmet haqida tushuncha hosil qilishda umumiy qonun va tushunchalardan foydalaniladi. Masalan, suv molekulasi vodorod va kislorod atomlaridan iborat boʻlgan murakkab kimyoviy modda ekanligini bilamiz.Bu oʻrinda «murakkab kimyoviy modda», «vodorod»va boshqa shu kabi tushunchalardan foydalanib, hodisani umumiy qonunlarga moslashtiramiz.» Tafakkur va fikrlash jarayoni bilish nazaryasi, psixologiya va nevrofziologiya, shuningdek kibernetikada aqliy amaliyotlarni texnik modellashtirish masalalari bilan boʻgʻliq shakllarda oʻrganiladi.Tafakkur individual (subyektiv) va ijtimoiy boʻlishi mumkin.Har bir inson oʻziga xos fikrlash qobiliyatiga ega, lekin u hech qachon jamiyat ongi, qoidalari va tafakkuridan ayri holda yashay olmaydi. Biz tafakkurning til bilan zich alaqadorligi xususidagi ta’kidni takror va takror eslatib oʻtishimiz zarur.Tafakkur til shaklida voqelanadi,tilning oʻzi tafakkur hamdir . Aniqki, hech birimiz oʻz fikrlash qobiliyatimizni tilsiz tasavvur etolmaymiz - til vositasida biz oʻylaymiz, fikrlaymiz. Biologik nuqtai nazardan odam fikrlovchi hay-von, ya’ni tafakkur qobiliyati insonni hayvondan ajratadi.Tafakkur esa til, soʻz orqali yuzaga chiqadi. Shu bois Mir Alisher: Insonni soʻz ayladi judo hayvondin, Bilkim, guhari sharifroq yoʻq ondin. deb soʻzni shuncha ulugʻlaydilar. OʻTILda «til»tushunchasiga quyidagi izoh keltiriladi:»Fikr ifodalash va oʻzaro aloqa quroli boʻlib xizmat qiladigan tovushlar, soʻzlar va grammatik vositalar sistemasi.» Bu ta’rifda tilning komunakativ vazifasiga urgʻu beriladi.Boshqa manbalarda esa tilning abstratik, umumlashgan gnoseologik munosabati ham e’tiborga olinadi.»YAzik nerazrivno lsvyazan s mishleniem sotsial’nim sredstvom xraneniya i peredachi informatsiib odnim iz sredstv upravleniya chelovecheskim povedeniem(SES) Umuman olganda, til va tafukkur muammosi juda keng qamrovli masala hisoblanadi, bu boradi yaratilgan koʻplab tadqiqotlar yorqin dalildir. Tilsiz tafakkur boʻlmaydi. Biz istagan predmet, voqea yo hodisa haqida til vositasisiz, hech boʻlmaganda undovlarsiz oʻz fikrimizni , tushunchalarimizni ifodalay olmaymiz. Obyektiv voqelik inson ongida aks etar ekan, u soʻzlar orqali belgilanadi, soʻzlarda shakllantiriladi va til-ong xazinasining boʻlim va boʻlimchalarida istagan vaqtda osonlikcha topish va foydalanish uchun eng qulay tarzda joylashtiriladi, muhrlanadi. Misol uchun yogʻayotgan qorga qarab:Qor yogʻyapti yoki Qor singari birikmalar tasavvurimizdan oʻtadi. Demak, til birliklari nafaqat « Qor yogʻyapti.» kabi fikrni yetkazish, uzatish uchun, balki uni tafakkurda aks ettirish, qabul qilish shakllantirish va xotirada saqlashga xizmat qilmoqda. Bizning tafakkurimiz shu darajada til bilan birikib, bir-biriga singib, omuxtalashib ketganki, ularni ajratishga, ya’ni fikrlash , soʻzlash jarayonlarin, shuningdek ichki nutq imkoniyatlarini farqlashga, ularni tildan ajratishga hojat sezilmaydi . Insonning goʻdaklik umrining oxirgi kunigacha oladigan ta’limi soʻz va til vositasida amalgam oshadi. Shuning uchun olimlar tilning ma’rifiy va ta’limiy – inson tafakkuri mahsulining avloddan-avlodga yetkazish vazifasini alohida ajratadilar. Haqiqatdan ham, biz ta’limni tilsiz tasavvur eta olmaymiz. Demak, til bilish jarayoning muhim sharti. Diqqatga sazovor yana bir jihat borki, tafakkursiz til ham mavjud emas. Agar biz oʻylamay ogʻzimizga kelgan soʻzlarni tizaversak (masalan: gʻadur , gadur, bubak, baban v.h), bu biz uchun ham, hech qanday ma’no kasb etmaydi, ya’ni muayyan tushunchani , tasavvurni hosil qila olmaydi. Hatto, valdirash, alahsirashday tuyiladi, xolos. Demak, bu til ham nutq ham emas! Shuning uchun Alisher Navoiy bundan qaryib olti yuz yil muqaddam «Muhokamatul lugʻatayn» asarida: «alfoz iborotdin murod ma’nidur»,-deb tildan ma’no tafakkur ekanligini qisqa va purma’no darj etgan edilar. Til va tafakkur ajralmas ekanligini oddiygina bir misolda koʻrsatish mumkin. Biror tanishingizni ismi esingizdan chiqsa , uni atashga qiynalasiz , har xil belgilarni sanaysiz (Zilola-oppoq, kulcha yuzli, koʻk koftali, tilla sirgʻasi bor v.h), baribir ismini eslamaguncha aniq ifodalay olmaysiz. Yoki aksincha ma’nosini bilmaydigan soʻzni bemalol oʻqiysiz, lekin ma’nosini tushunmaysiz. Xuddi shunday bilmagan tilda (xorijiy , notanish tilda) xatni oʻqish (yoki nutqni eshitish ham).Siz oʻqiy olasiz ,lekin mutlaqo hech narsani tushunmaysiz. Bu til siz uchun na tafakkurga ta’sir etishi, na axborot uzatish, fikr bildirish, ilgʻash funksiyasini bajara oladi. Demak, bu notanish til siz uchun til ham, tafakkur ham boʻla olmaydi. Mana shuning uchun , oʻzga bir tilni egallash boshqa xalqning tafakkur tarzini oʻzlashtirish demakdir. Til va tafakkurning ajralmasligi , lekin bir narsa emasligi, har bir xalqning tafakkur tarzining oʻziga xosligi va bu uning tilida oʻzining yorqin aksini topishini Mir Alisher mazkur asarida turkiy va forsiy tillarning leksikasi va grammatik tizimini taqqoslash orqali isbotlab bergan edi. Turkiy til leksik va grammatik boyliklarining zamiri sifatida Mir Alisher «turk sortdan tezfahmroq va baland idrokroq va xilqati sofroq va pokroq «lik asosini koʻradi, buni turkiy tilda mavjud boʻlib forsiy tilda oʻzining muqobillariga ega boʻlmagan yuzlab soʻzlar va qator grammatik shakllarning ma’no va vazifalarini qiyoslash bilan isbotlaydi. Bunndan biz til va tafakkur ajralmas boʻlsa-da, bir narsa emasligiga qanoat hosil qilamiz. Xullas, til va tafakkur munosabati oʻzaro dialektik munosabatda boʻlib, birgalikda rivojlanish qonuniyatlariga amal qiladi. Demak, dialektik aloqadorlikdagi bu ikki hodisa ajralmas, bir-birini taqozo etuvchi murakkab butunlikdir, shuning uchun ularni oʻrganuvchi fan sohalari ham zich aloqador, lekin bir emas. Tafakkur tarzini mantiq fani, tilni esa tilshunoslik (lingvistika)oʻrganadi. Siz bu fanlarning har birini alohida-alohida oʻrganasiz. Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling