Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti "tasdiqlayman "
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
1-kurs majmua
Til ‒ ramziy tizim Ramz tushunchasi keng ma’noli boʻlib, turli ma’nolarda
qoʻllaniladi. Olimlar tomo-nidan ramz atamasiga ta’rif berish har xildir Ba’zi bir olimlar ramz – kim uchundir nimanidir (xususiyat yoki munosabatni ) almashtira oluvchi, biror nimaning qulaylik uchun oʻrnini egallovchi narsa deb hisoblasa (masalan, J.Birs), boshqa bir nuqtayi nazar egalari “boshqa bir narsalarni oʻzining tabiiy xususiyatlari orqali emas, balki insonlar tomonidan kelishilganlik, qabul qilinganlik asosida anglatish uchun yaratilgan mod-diylik” sifatida talqin qiladilar. Qomusiy adabiyotlarda esa ramz (rus znak,.ingilizcha-singe, nem.-Ziechen) tushunchasiga quyidagicha ta’rif beriladi: 1. Ramz (znak) ‒ moddiy (material) qabul qilinadigan narsa boʻlib, hissiy bilish jarayonida va odamlar orasidagi munosabatda biror bir predmet yoki predmetning muayyan xususiyati, munosabatini ifodalash hamda axborot saqlash va uning ma’lum bir komponentini uzatish uchun xizmat qiladi. 2. Ramz (znak)-boshqa bir predmetning, belgi yoki munosabatning vakili sifatida namoyon boʻluvchi va axborot (informatsiya, bilim)ga ega boʻlish, saqlash, qayta ish-lash va uzatish uchun ishlatiladigan moddiy predmet (hodisa)». 3. Ramz (znak) boshqa bir narsa, voqea hodisa harakatni atash, ifodalash, undan xabar berishga xizmat etuvchi va bevosita kuzatishda berilgan (sezgi organlariga ta’sir etadigan) moddiylik. Odatda ramz ishora, belgi va timsol (simvol) tushunchalariga sinonim tarzida ishla-tiladi. Ammo ular orasida ma’lum farqlar mavjud. Belgi asosan predmetning ma’lum xususiyati, muhim, ajralib turuvchi sifatida boʻlsa, timsol muayyan bir g‘oyaning, ideal hodisaning moddiylashtirilgan ifodalanishi, narsaning oʻzi emas, balki uni eslatib turuvchi, koʻz oldimizda gavdalantiruvchi ma’nosiga ega boʻlib, unda koʻpincha koʻta-rinkilik, tantanavorlik boʻyog‘i, qoʻshimcha ma’nosi xosdir: Kabutar ‒ tinchlik timsoli. Ramz esa biror bir predmet, voqea hodisa va xususiyatga ishora qiluvchi, anglatuvchi, uning oʻrnida kela oluvchi, uni muloqot jarayonida almashtira oluvchi moddiylik boʻlib, timsol atamasiga xos boʻlgan boʻyoqlardan xolidir. Fanda, jumladan tilshunoslikda yana bitta atama - ishora soʻzi ham, ba’zan shartli belgi soʻz birikmasi ham shu ma’noda qoʻllaniladi Bu atamalarning qoʻllanishidagi farq keskin emas, bib-birini bemalol almashtira oladi. Biz asosan ramz atamasidan foydalanamiz. Chunki bu soʻzda biz uchun ifodalanishi zarur boʻlgan ma’no- “narsaning (ataluvchi, nomlanuvchining) oʻzi emas, balki boshqa, lekin uni eslatuvchi moddiylik” tushunchasi boshqa atamalardan koʻra yorqinroqdir. Ramz muayyan mazmunni, g‘oyani boshqalarga yetkazish vazifasini bajaradi. Chunonchi, yoʻl chetidagi qoshiq, vilka tasvirli ramz yaqin yerda oshxona, tamaddi qilish imkoniyatini mavjud joyni bildiradi – oshxona ramzidir. Ramz uchun umumiy ontologik (tabiiy, zotiy) xususiyat oʻzi sezilib boshqa narsa haqida axborot (diqqat: narsaning oʻzini emas!) berishdir. Ana shunday ikki tomonli moddiylik ramz sanaladi. Ramzning ikki tomonliligi uning -a) Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling