Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti "tasdiqlayman "


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/65
Sana11.11.2023
Hajmi5.13 Kb.
#1766899
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65
Bog'liq
1-kurs majmua

so’z birikmasi deyiladi. 
Tobe bog’lanish yordamida shakllangan so’z birikmasida har doim ikkita 
qism - 
tobe va hokim qism mavjud bo’ladi. So’z birikmasidagi ma’nosi 
izohlanayotgan so’z
hokim (bosh) so’z, uning ma’nosini ravshanlashtirib
kelayotgan, izohlayotgan, to’ldirayotgan so’z
tobe (ergash) so’z hisoblanadi. 
So’roq hamma vaqt hokim so’zga qarab beriladi, so’roqqa javob bo’lgan so’z 
ergash(tobe) so’z hisoblanadi: SHirinolma (qanday olma?). 
Bosh so’z ot, sifat, son, olmosh, ravish, modal so’z va otlashgan taqlid 
hamda undov so’zlar bilan ifodalansa
otli birikmahisoblanadi: balandbino,
asaldayshirin, intizomdabirinchi, bolalarninghammasi, mendako’p, sengakerak, 
to’plarninggumbur-gumburi, askarlarningurrasi. 
Bosh so’z fe’l va uning ravishdosh, sifatdosh va harakat nomi shakllari 
bilan ifodalansa, 
fe’lli birikma hisoblanadi: kitobni o’qish, ishni bajarib, tez 
kelgan. 
So’z birikmalari tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1. Sodda so’z birikmalari boshqa birikmalarga ajralmaydigan so’z 
birikmalaridir (bunda yordamchi so’zlar ham ishtirok etishi mumkin): beshta 
daftar, bugun keldi, o’zining uyi, shaharda yashaydi, akasi haqidaso’radi.
Ajralmas birikmalar, qo’shma so’zlar, iboralar qatnashgan birikmalar ham 
sodda so’z birikmasi hisoblanadi: qilich bo’yin ot, borsa kelmas oroli, turib 
javob bermoq.
2. Murakkab so’z birikmalari tarkibida uchta va undan ortiq 
mustaqil so’z qatnashib, shaklan kamida ikkita so’z birikmasidan iborat bo’ladi, 
mazmunan esa bu so’z birikmalarini ajratib bo’lmaydi: g’ayratli yosh bolalar, 
yangi ommabop kitob, katta qora qo’y, asfalьt yotqizilgan keng ko’chalar, katta 
mevali daraxt, bugun kelgan ishchilar. Bunda sodda so’z birikmasi kengayadi.
Ayrim darsliklarda 
so’z birikmalari zanjiri deb atalgan birliklar ham 
ajratiladi. Bunda ayrim so’z bir so’z birikmasida hokim so’z sanalsa, boshqa 


so’z birikmasi tarkibida tobe so’zga aylanishi mumkin, natijada bu so’z bir 
necha so’z birikmalarini bog’lovchi vositaga aylanadi va so’z birikmalari 
zanjiri hosil bo’ladi: Dalalarda etishtirilgan asaldan shirin qovun va tarvuzlar 
xalqimiz dasturxoniga etkazib berilyapti. Mazkur gapdagi etishtirilgan so’zi 
dalalarda so’ziga nisbatan hokim so’z hisoblansa, qovun va tarvuz so’zlariga 
nisbatan tobe so’z sanaladi, shuningdek, shirin so’zi asaldan so’ziga nisbatan 
hokim so’z hisoblansa, qovun va tarvuz so’zlariga nisbatan tobe so’z 
hisoblanadi. 
D i q q a t ! Ega va kesimi qatnashgan gap tarkibida nechta mustaqil so’z 
mavjud bo’lsa, shundan 2 ta kam miqdorda so’z birikmasi mavjud bo’ladi: Men 
bugun maktabga bordim (4 ta must. so’z).So’z birikmalari: 1) bugun bordim; 2) 
maktabga bordim. Egasiz gaplarda esa so’z birikmalari soni mustaqil so’zlar 
sonidan 

Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling