Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti "tasdiqlayman "
moddiy (material), tashqi, zohiriy, ochiq darakchi (ifodalovchi) tomon va b) ma’noviy
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
1-kurs majmua
moddiy
(material), tashqi, zohiriy, ochiq darakchi (ifodalovchi) tomon va b) ma’noviy (mazmuniy, ideal), ichki, botiniy – xabar (ifodalanmish) tomonlardan iborat boʻlishida namoyon boʻladi. Darhaqiqat, istagan ism, nom shartli belgi, u ixtiyoriy shu bilan birga jamiyat uchun majburiydir. Bunda istalgan predmet yoki xususiyat istalgan predmet, hodisaning ramzi boʻlib kelishi mumkin. Misol uchun, svetofor chiroqlari ma’lum vazifani bajaradi. Qizil chiroq toʻxtash, yoʻlning berkligi ma’nosini bildiradi. Ammo bu qizil rang «toʻxtamoq» ma’nosini ifodalaydi degani emas. Qizil rangning oʻzi toʻxtash ma’nosi bilan hech qanday zotiy, tabiiy aloqada emas. Bizda qizil rang kishilar ongida turlicha g‘oyalarni-joʻshqinlik, qon, yoshlik, sevgi v.h. bildira olishi mumkin. Bundan tashqari, semaforning «toʻxtash» ma’nosini anglatuvchi chirog‘i sifatida istalgan rang olinishi mumkin edi, lekin jamiyati- mizda shu rang mana shu ma’noda qoʻllaniladi, ijtimoiy kelishilgan va yoʻlov- chilar uchun majburiy, qat’iydir. Bu yerda darakchi va xabar orasida boʻg‘lanish- ning ixtiyorligi va ijtimoiy majburligi yorqin namoyon boʻladi. Yoki yana bir misol. Yoʻtal, odatda shamollash yoki tumovning belgisi. Bu tabiiy, biologik ramz. Yoʻtalni shartli-ijtimoiy ramzga aylantirish mumkin. Masalan ikki kishi (Rahimjon, Salimjon) oʻzaro kelishib, shartlashmoqda. Rahimjon: – Quyosh botishi bilan boraman. – Xonamga kirayotganda, yoningda hech kim boʻlmasa, 3 marta yoʻtalib kir. Sen ekanligingni bilaman va oʻrnimdan turaman. Bu holda kasallikning tabiiy ramz-belgisi boʻlgan yoʻtal tamoman boshqa ijtimoiy vazifada – ma’lum bir kishi uchun ma’lum bir kishi kelayotganligini ifodalash uchun sun’iy ijtimoiy ramziy qoʻllanilmoqda. Istagan sun’iy ijtimoiy ramz ma’lum bir jamiyatdagina (yuqoridagi misolda ikki oʻzaro shartlashgan kishilar Rahimjon va Karimjon orasida) va faqat boshqa bir ramz bilan bog‘lanib butunlik-sistema tuzgandagina belgilangan belgilangan bir vazifani bajara oladi va yashay oladi. Yuqoridagi misolda ham yoʻtal ramzi yoʻtalning eshitil-masligi ham bir xil ahamiyatga ega. Shuning uchun sun’iy ijtimoiy ramzlarning ya-shash tarzi ma’lum bir butunliklarda, sistemalarda birlashishdir. Bunday sistemalar – ramziy sistema deyiladi. Demak, istalgan narsa yoki harakat ma’lum bir ramziy tizimda sun’iy ijtimoiy ramz sifatida istagan turdagi voqea-hodisa, g‘oyaning darakchisi, xabarchisi sifatida voqealanishi mumkin. Bu esa jamiyat uchun juda ulkan va qulay imkoniyatlar yaratib beradi – bitta oddiygina ramzda juda katta miqdordagi axborotni hech qanday zid-diyatsiz mujassamlashtirish-kodlashtirish, turli tuman shakllada unga ishlov berish, saqlash, qabul qilishga yoʻl ochadi. Jamiyatimizda bu masalalar bilan shug‘ullanuvchi va ommaviy yutug‘i zamonaviy kompyuterlar boʻlgan maxsus fan – semiotika fani mavjuddir. Sizga maktabdanoq tanish boʻlgan informatika fani mana shu semiotikaning bir tarmog‘idir. Faqat matematika fani doirasida yana oʻndan ortiq ramziy tizimlarni sanash mum-kin. Shuning uchun ayta olamizki, ramziy tizimlar har qadamda uchraydi va bu tizimlar ichida eng ommaviy , eng kengtarqalgan va eng kattasi tilimizdir. Tilimiz ham ramziy sistema boʻlib, shu tizim qonuniyatlari asosida yashaydi, ishlaydi va rivojlanadi. Shu sababli tilni oʻrganuvchi fan – tilshunoslikni Ferdinant de Sossur semiotikaning bir tarmog‘i deb tasniflangan edi. Endi shu masalaga toʻxtalamiz. “Til g‘oyalarni ifodalovchi ramzlar sistemasi, nutqiy qobiliyatning ijtimoiy mahsuli, ijtimoiy jamoa tomonidan hosil qilingan zaruriy ramzlar majmuidir”, – degan edi tilshunos Ferdinand de Sossur[]. Haqiqatan ham, mohiyatga e’tibor tabiiy til oʻzining xususiyatlari bilan ramzlar tizimini eslatadi. Chunonchi, voqelikdagi bitta predmetni, masalan, har kim va har kun foydalanadigan suyuqlik - suvni olaylik. Oʻzbek bu suyuqlikni suv deb, tojik ob deb, rus voda deb, arab moʻ deb, ingliz watter deb v.h. ataydi. Nega bir xil suyuqlikni besh xalq besh xil nomlaydi? Buning sababi shuki, narsaning nomi bilan narsaning oʻzi orasida hech qanday tabiiy-ontologik bog‘lanish yoʻq. Aks holda, bir denotatning nomi turli tilda bir xil boʻlardi. Til har bir jamiyat uchun «azaldan tayyor», qabul qilinishi umumiy, majburiy boʻlgan avlodlar merosi hisoblanadi. Jamiyat a’zolari tilning qanday paydo boʻlganini,uni kim yaratgan-u, kim tuzganini, undagi ramzlarni kim hosil qilganini kabi masalalar bilan, tabiiyki, qiziqmaydi. Kundalik hayotimizda, jamoadoshlarimizga: «Nega bu predmet nomi shunday(masalan, kitob)?» degan savolni hech kim bermaydi. Jamiyat a’zolari tilni «qanday boʻlsa, shundayligicha» qabul qilb koʻnikishgan. Ular ramzlarning ichki xususiyati, tarixi v.h. bilan qiziqishqishga yoki bir ramz oʻrnida boshqa ramzni qoʻllashga ehtiyoj sezmaydi. Hatto oʻzgartirmoqchi boʻlsa ham, oʻzgartira olmaydilar:til alhida kishilarning farmoni va xoxishiga bo;ysunmaydi. Tilning qurilish birliklari boʻlmish fonema, morfema, leksema va qoliplarning fone-madan tashqari barchasi ramzdir. Chunonchi, -lar unsurining tashqi darakchi tomoni tilda ma’lum fonemalarning barqaror butunligi bolsa, uning ichki – xabar tomoni oʻzbek tili uchun xos boʻlgan son kategoryasining koʻplik shakli uchun xos boʻlgan ma’nolarni ifodalash va vazifalarni bajarishdir. -lar unsurida bu ikki tomonning bog‘lanishi zotiy va tabiiy emas; jamiyatdan bu bog‘lanishni tayyor holda qabul qildik va unga rioya qilamiz. Demak, bu unsurda tomonlarning bog‘lanishi shartli, konvensionaldir va -lar ramz mohiyatiga ega. Leksemaning ramziy tabiati yuqorida koʻrib suv soʻzi misolida koʻrsatiladi. Qolip-lar (qurilmalar) esa tilda morfema va leksemalar asosida tuziladi va qurilish materiali ramziy mohiyatga ega boʻlgach, qurilmalar ham shunday mohiyatga ega boʻlishi shart. Inson insonligining muhim belgilaridan boʻlgan til mohiyat va qurilish jihatdan ramziy tizim. Lekin u boshqa ramziy tizimlardan keskin farq qiladi. Oʻtgan asrning bosh va oʻrtalarida (Sossur va ilk sutruktalizm davrida ) tilning ramziy tizim ekanligiga alohida urg‘u berilar-bu oʻsha davrda tub yangilik edi. Hozir esa tilning boshqa ramziy tizimlardan farqiga urg‘u berish asridir. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tabiiy til barcha ramziy tizimlardan ustun, chunki u istalgan sun’iy ramziy tizimni almashtira olishi mumkin. Aslida barcha ramziy tizimlar lisoniy tizim asosida shakllanadi, ular-ning asosida tabiiy til yotadi. Tabiiy tizimlar birlamchi- ikkilamchilik asosida tasnif etishda til birlamchi, qolgan barcha sun’iy ramziy tizimlar uchun asos ularni almashtira oladigan tizim sifatida tasnif etiladi, ikkilamchi ramziy tizimlar qulaylik uchun sof pragmatik maqsadlarni koʻzlab tuziladi. Chunonchi: 2a 2 + b 2 – c 3 = 0 tenglamasida 2a 2 xonasini lisoniy ifodalaydigan boʻlsak, u quyidagi shaklga ega boʻladi: “ma’lum bir sonning oʻzini oʻziga koʻpaytmasining ikki baravari”. Bu sakkiz soʻzli ibora oldida 2a 2 afzalligini isbotlash kerak bo‘lmas? Til istagan sun’iy ramziy tizimni almashtira oladi, lekin biror bir boshqa ramziy tizim, qanchalik mukammal boʻlmasin, tilni almashtira olmaydi. Til shunday ramziy tizimki, ma’lum bir jamiyatning barcha-barcha a’zolarining bar-cha faoliyat turlari uchun umumiy va majburiydir. Qolgan ramziy tizimlar jamiyatning alohida guruhlari uchun, ayrim faoliyat turlari uchun xoslangandir. Til oʻz-oʻzidan rivojlanish, oʻzgarish, ta’sirga berilish, jamiyat talablari asosida yangilanish, biologik organik sistemalar singari ehtiyojlarga moslashish, zaruriyatni qondirish, yetishmaydiganni toʻldirish xususiyatlariga ega, boshqa ramziy tizimlarda esa muqimlik xos, ular faqat tabiiy til asosida, ya’ni inson ongi va faoliyati orqali yangilanishi, oʻzgarishi, rivojlanishi mumkin. Til shunday ramziy tizimki, uning birliklariga darakchi va xabar nomutanosibligi (asimmetrik dualizm) xususiyati xosdir. Tilshunoslikda lisoniy ramz tomonlari darakchi (ifodalovchi) va ifodalanmish unsurlardan iborat deb sanaladi. Chunonchi, darakchi: k-i-t-o-b (harf yoki tovushlar tizmasi, uning ruhiy obrazi), xabar: «kitob» tushunchasi , tushuncha- borliqdagi voqelik «kitob» predmeti bilan aloqadorligi sababli lisoniy ramz, uning tomonlarining borliq va ong birliklari bilan bog‘lanishlarini quyidagicha koʻrsatish mumkin: Bunday bog‘lanish nafaqat lisonoy, balki istagan turdagi semiotik sistemalar uchun xosdir. Faqat nolisoniy ramziy tizimlarda ramzning ong va borliq birliklari bilan bog‘lanishi tushuncha orqali emas, balki til orqalidir – bu tizimlarda chizmzdagi tu-shuncha oʻrnini til vositasida ifodalanishi mumkin boʻlgan ma’lum bir axborot egallaydi. Shuning uchun til birlamchi, qolgan barcha ramziy sistemalar ikkilamchi sana-ladi: istagan tizim ramzlari bilan ifodalanadigan axborot til vositalari bilan ifodalash mumkin, lekin tilni hech bir boshqa tizim toʻla-to‘kis almashti a olmaydi. Til ramzlarining boshqa semiotik belgilardan yana bir qator farqlari mavjud Bular ichida quyidagi jihatlarni alohida koʻrsatish mumkin: 1. Til ramzlari uchun ommaviylik xos; ular shu tilda soʻzlovchi barcha kishilar uchun umumiydir. Boshqa ramziy tizimlar shu jamiyatning ma’lumbir guruhlari uchun xizmat qiladi. 2. Istalgan ramziy tizimning oʻrnini bosa oladi, zero ramziy tizimlar tilga tayanib yaratiladi. 3. Lisoniy ramz uchun assimmetrik dualism hodisasi xos boʻlib, u boshqa tizim- larda uchramaydi. 4. Lisoniy ramz oʻ z-oʻzidan rivojlana boradi boshqa ramzlar oʻzgarishi insoning bevosita faol ishtiroki natijasida amalga oshadi. 5. Lisoniy ramzda barqarorlik va oʻzgaruvchanlik oʻzaro muvozanatda turadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling