Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti "tasdiqlayman "
-mavzu. Badiiy tahlilning yetakchi tamoyillari
Download 5.13 Kb. Pdf ko'rish
|
1-kurs majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so`zlar
6-mavzu. Badiiy tahlilning yetakchi tamoyillari.
1. Badiiy asar mohiyatining muayyan tamoyillari. 2. Tugal tahlil. 3. Badiiy tahlil yaxlitlik, tizimlilik, estetik asoslarning ustuvorligi, emotsionallik, individuallik, tarixiylik, asoslilik tamoyillari. Tayanch so`zlar: Bolalar va oilaviy ertaklar, germanistika, "Xildebran haqida qo`shiq, illyustratsiya, Vildlar, Xassenpflug, Rojdestvo, Kassel, Nidertsveren, xalq ijodi, og`zaki bayon, grammatika, mifologiya. Shoir asar yozayotganida (rivoyatlar yoki to‘qima voqyealarga asoslangan) dramalarning mazmunini (avvalo) umumiy tarzda tasavvur qilishi kerak, so‘ngra esa, unga tafsilotlar qo‘shib kengaytirishi zarur. «Umumiy tarzda ko‘rib chiqish» nima ekanligini «Ifigeniya» misolida ko‘rsataman. Bir kizni qurbonlikka olib kelishadi, ammo u qiz qurbonlikka keltiruvchilarga sezdirmay g‘oyib bo‘ladi. Boshqa bir o‘lkaga borib, ibodatxonada ko^inlik xizmatini ado eta boshlaydi. Bu o‘lkaning odatlariga ko‘ra fahat muso firlar qurbonlik qilinar ekan... Ma'lum vaqt o‘tgach, bu yerga shu qohina qizning akasi kelib koladi (xudo uni qanday sabab bilan bu yoqqa yuborgani, uning nima ish bilan kelgani asar uchun ahamiyatli emas). Yigit bu yoqqa kelgach, uni tutib, qurbonlikka tayinlashadi. Ammo u o‘zini tanitib qo‘yadi (Evripidda tabiiy ravishda yigit «singlim ham qurbon qilingan edi, mening ham qismatim shu ekan», deb o‘zini tanitib qo‘yadi) hamda shu bilan qurbonlikdan qutulib koladi. Shundan so‘nggina hahramonlarning ismini qo‘yib, qo‘shimcha tafsilotlar (yozish)ga kirishish kerak. Ammo, bu qo‘shimchalar (tafsilotlar) o‘z o‘rniga tushishi lozim. Masalan, Orestning jinni bo‘lib qolib, tutilishi, uning poklanish yo‘li bilan xalos bo‘lishi o‘rinli tafsilotlardir. Demak, dramalarda tafsilotlar qisqa bo‘ladi, epos aksincha, cho‘ziq tafsilotlar bilan kengayib ketadi. «Odisseya»ning asosiy mazmuni uncha keng emas. Bir odam ko‘p yillar begona yurtlarda sarson bo‘lib kezadi, uni Poseydon ta'kib kiladi, u yolg‘iz. Uyida esa kuyovlar mol-mulkini talon-taroj qilishadi va o‘g‘lini o‘ldirish payiga tushishadi. Qahramon bo‘rondan qutulib, safardan qaytib keladi, ba'zilarga o‘zini tanitadi, dushmanlariga hujum qilib, ularni kirib tashlaydi. «Odisseya» asarida asosiy mazmunning bor-yo‘g‘i shu. Kolgan voqyealar esa tafsilotlardir. Har qanday tragediyada tugun va yechim bo‘lishi zarur. Dramadan tashkaridagi barcha voqyealar, shuningdek, ba'zan dramaning ichidagi ayrim voqyealar tugun, qolganlari esa — yechimdir. Men tragediyaning boshlanishidan to (qahramonning) baxtsizlikdan baxtiyorlikka yoki baxtiyorlikdan baxtsizlikka tomon o‘tish harakati boshlangan chegaragacha bo‘lgan qismni tugun deb atayman. Ana shu o‘tish boshlangan joydan (asarning) oxirigacha bo‘lgan qism yechimdir. Chunonchi, Feodektning «Linkey»ida barcha avvalgi voqyealar, chaqaloqning so‘ngra ota-onalarning qo‘lga olinishi - tugun, qotillikda ayblanish boshlangan joydan asarning oxirigacha - yechimdir. Tragediyaning turlari to‘rtta (qismlari ham shuncha deb ko‘rsatilgan edi): 1) murakkab to‘qimali tragediya, bunda hamma narsa keskin o‘zgarish va bilib qolishga asoslanadi; 2) iztiroblar tragediyasi. Ayant va Iksion haqidagi asar kabi; 3) xarakterlar tragediyasi. «Ftiotidalar», «Peley» kabi; 4) ajoyibotlar tragediyasi. «Forkidalar», «Prometey» va voqyealari Aidda yuz beradigan barcha tragediyal ham shu turga kiradi. Eng yaxshisi, mana shu xususiyatlarning hammasini biriktirishdir, agar buning iloji bo‘lmasa, ayniksa, shoirlarga nohaq hujum boshlangan hozirgi paytda bu xususiyatlarning ko‘prog‘i va muhimrog‘ini tanlash kerak. Ilgarilari tragediyaning har qanday sohasi bo‘yicha (ustod) shoirlar bor edi, xozir esa bir shoirdan ularning hammasini orqada qoldirishni talab etishyapti. Biz tragediyalarni rivoyat (tuzilishi)ga qarab turli xil yoki bir xil deyishga haqlimiz. Ya'ni tugun va yechim bir xil bo‘lgandagina tragediyalarda ham birxillik yuzaga keladi. Ba'zi (shoir)lar tugunni yaxshi tugishadp. biroq yechimni uddalay olishmaydi, holbuki, ikkalasiga xam mohir bo‘lish kerak. Avval ham necha qayta ta'kidlanganidek, epik tarkibli (ya'ni ko‘p rivoyatlardan tashkil topgan) tragediyalar yozish kerak emasligini unutmaslik kerak. Masalan, biron-bir shoir tomonidan tragediya uchun «Iliada» rivoyatini yaxlitligicha qamrab olish o‘rinsizdir. Eposda umumiy kenglik bo‘lgani uchun xar bir kiem o‘ziga yarasha xajmga ega bo‘ladi. Dramalarda esa shoir o‘ylaganiday bo‘lmaydi. Qanchadan qancha shoirlar «Ilionning qulashi»ni yoki «Nioba»ni to‘lig‘icha ko‘rsatishga intilib, muvaffakiyatsizlikka uchrashi, musobaqalarda yengilishi buning isbotidir. Hatto Agafon ham faqat shu sababdan muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Faqat Evripid «Ilionning qulashn»ni. Esxil esa «Nioba»ni qism-qism qilib ko‘rsatganlari uchun muvaffaqiyat qozondilar va musobaqalarda yengib chiqdilar. Holbuki ana shu (tragik shoir)lar fojiiylikni va (hyech bo‘lmasa) odamiylikni keskin o‘zgarishlar - peripetiyalar va oddiy voqyealar orkali a'lo darajada ko‘rsata olar edilar. (Odamiylik deganda Sizif kabi aqlli, lekin nuqsonli odamning aldanishi yoki jasur, lekin adolatsiz kishining yengilishi ko‘zda tutiladi. Chunki unisi ham, bunisi ham ehtimollikdan uzoq emas. Agafon aytganday, «ko‘pgina g‘ayri tabiiy narsalarning xam yuz berishi tabiiydir».) Xorni xam aktyorlardan biri deb hisoblash kerak. Xor yaxlit narsaning bir qismi bo‘lib, voqyeada Evripiddagiday emas, balki Sofokldagiday qatnashuvi lozim. Boshqa shoirlarning asarlarida esa xor muayyan tragediyaga kancha aloqador bo‘lsa, boshqa tragediyalarga ham shunchalik aloqador. Shuning uchun ularning asarlarida xor qo‘shimcha qo‘shiqlarni kuylaydi. Bunga Agafon asos solgan. Rostdan ham qo‘shimcha kiritilgan qo‘shihlar kuylash bilan butun bir monolog yoki hatto epizodni tragediyadan tragediyaga ko‘chi- rib yurish o‘rtasida nima fark bor? Shunday qilib, ko‘p narsalar haqida aytildi; til va fikr xaqida gapirish qoldi, xolos. Ammo fikrga taalluqli narsalarga ritorikada to‘xtalish kerak edi, chunki bular ritorika ta'limotiga tegishlidir. So‘z bilan erishiladigan narsalarning hammasi fikr (sohasi)ga tegishlidir. Xususan, bu soha - isbotlash va rad etish, ehtirosli tuyg‘ularni (birga qayg‘urish, qo‘rquv, g‘azab va hokazolar kabi) uyg‘otish, shuningdek, ulug‘lash yoki kamsitish singari vazifalarni o‘z ichiga oladi. Tabiiyki, voqyealarni tasvirlaganda ham, ayanchli yoki qo‘rqinchli, buyuk yoki oddiy narsalarni ko‘rsatganda ham o‘sha tushuncha (ideal)lardan kelib chiqish kerak. Lekin farq shundaki, (tragediyada) voqyealar ravshan va o‘git (didaktika)siz ko‘rsatilishi lozim. Nutq zamiridagi fikrlar esa gapiruvchi shaxe orqali gavdalanadi va uning nutqi davomida yuzaga keladi. Haqiqatan, agar xamma ish qahramonning nutkisiz ham bitadigan bo‘lsa, gapiruvchi bu yerda nima qilar edi? Nutqka tegishli bir masala borki, u (poetikaga emas) talaffuz san'atiga va nutq tuzish bilimlariga aloqadordir. Bu - nutq mayllaridir: buyruq, iltijo, hikoya, do‘q po‘pisa, savol, javob va hokazolar. Bunday narsalarni bilish yoki bilmaslik poetik san'at uchun arzirli hyech kanday e'tiroz uyg‘otmaydi. Ma'lumki, Protagor: «Kuylagil, ma'buda Ahill g‘azabin...» so‘zlarida Homer iltijoni ifoda lamoqchi bo‘la turib, buyruqni ifodalagan, axir nima qilish keragu, nima qilmaslik kerakligi buyrukqa xos-ku, deb ta'na qilgan edi. Aslida bunday narsalarni xato deb bo‘lmaydi. Poetikaga emas, boshqa fanga taalluqli bo‘lgani uchun bunday narsa l ar ustida to‘xtalib o‘tirmaymiz. Umuman, nutq quyidagi bo‘laklarga bo‘linadi: asosiy tovush, bo‘g‘in, bog‘lovchi, bo‘lak (a'zo), ot, fe'l, kelishik, ran. Asosiy tovush bo‘linmas tovushdir. Har qanaqa emas, balki anglangan tovush harf bo‘la oladi. Hayvonlarda ham bo‘linmas tovushlar bor, ammo men u tovushlarning birontasini tovush demayman. Unli, undosh, unsiz tovushlar bor. Labning ishtirokisiz eshitiladigan tovush unli bo‘ladi, labning ishtirokida eshitiladigan tovush undosh bo‘ladi. 3 va R kabi; (hatto) labning ishtiroki bilan o‘zi jaranglamay, boshqa tovushlar bilan kelganida eshitiladigan tovush unsiz tovush bo‘ladi. K va T kabi. Barcha tovushlar og‘izning vaziyatiga, (paydo bo‘lish) o‘rniga, nafasning quyuyushgi va yengilligiga, uzun va qisqaligiga, urg‘uning o‘tkirligi, og‘irligi va o‘rtachaligiga qarab bir-biridan farqlanadi; ammo bularning tafsilotlari vaznda o‘rganiladi. Bo‘g‘in unsiz tovushlardan va unli yoki undosh jarangli tovushlardan tashkil topgan ma'nosiz birikmadir. G, R tovushlari A siz ham, A bilan ham (GRA) bo‘g‘in bo‘la oladi. Darvoqye, bo‘g‘inlarning farqlarini o‘rganish ham vaznga taalluqlidir. Bog‘lovchi (1) mustaqil ma'noga ega bo‘lmagan ko‘p sonli tovush bilan ma'noni bildiruvchi biron so‘zning yasalishiga xalaqit etmaydigan va ko‘maklashmaydigan so‘zdir. U gapning oxirida va o‘rtasida kelishi mumkin, ran boshida esa mustaqil kelolmaydi (faqat boshqa so‘z bilan qo‘shilib keladi). Bog‘lovchi (2) bir necha (mustaqil) ma'noli so‘zlardan bitta (mustaqil) ma'noli gap tuza oladigan (mustaqil) ma'noli (ko‘makchi) so‘zdir. Tuban bo‘lmagan, tushunarli nutq qimmatli nutqdir. Eng tushunarlisi hamma ishlatadigan so‘zlardan tuzilgan nutqdir. Ammo bunday nutq tuban bo‘ladi. Masalan, Kleofont va Sfenel poeziyasi shunday. Munosib va ko‘p ishlatilmagan ifoda kutilmagan, g‘alati so‘zlardan foydalanish orqali kelib chiqadi. Men ko‘p qo‘llaniladigan xamma so‘zlardan boshqasini; noyob so‘zlar, metafora, cho‘zilgan va boshqa so‘zlarni g‘alati deb atayman. Lekin kimdir butun nutqni shunday asosda tuzsa yo topishmoq. yo varvarizm kelib chikadi. Ko‘chma so‘zlar, metaforalardan tashkil topsa, topishmoq, noyob so‘zlardan tashkil topsa, varvarizm yuzaga keladi. Amalda topishmoqning moxiyati xaqiqatan mavjud bo‘lgan narsa to‘g‘risida so‘zlash, shu bilan birga, butunlay mumkin bo‘lmagan narsalarni birlashtiriщdir. Bunga (ko‘p qo‘llaniladigan) so‘zlar vositasida erishib bo‘lmasa, metaforalar orqali mumkin, masalan: Download 5.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling