yoki so’zlar yig’indisi gap deb ataladi. Gapda biror so’roqqa javob bo’lgan va
o’zaro tobe bog’langan so’z yoki so’z birikmasiga gap bo’lagi deyiladi. Gap
bo’laklarini belgilashda asosiy xususiyat ular orasidagi sintaktik aloqadir.
So’zlarga so’roq berish, ularning
qaysi turkumga mansubligi,
ularning gap
ichida joylashish tartibi, ularning qanday qo’shimchalar olishi tom ma’noda
ularning turlarini belgilashda asos bo’la olmaydi.
2-MODUL. BOLALAR ADABIYOTIGA DOIR BADIIY MATN TAHLILI
5-mavzu. Badiiy matn tahlilining adabiyotshunoslik ilmidagi o`rni.
Forobiy, Ahmad Taroziy, Navoiy, Bobur singari mutafakkirlarning badiiy matn
tahliliga doir qarashlari. Forobiy va Ibn Sino estetik
qarashlarida Botish badiiy
tafakkuri ta’sirining ko‘proqligi. Ahmad Taroziyning “Funun ul-balog‘a”
asarida islomiy estetikaga xos jihatlarning yorqin aks etganligi, ro‘y berganligi.
Tasvir mahorati ortib borgani sari ifodada ta’sirchanlik va tabiiylik
kuchayganligi.
6-mavzu. Badiiy tahlilning yetakchi tamoyillari. Badiiy asar mohiyati
muayyan tamoyillarga suyangan holdagina ochilishi mumkinligi. Badiiy tahlilda
boshqa ilmlardagi kabi bir xil xulosa chiqarish mumkin emasligi. Tahlilning
xolis va asosli ekanini ta’minlash uchun a) tugal tahlilning bo‘lishi
mumkin
emasligi; b) har qanday tahlilning
shaxsiy mulohaza ekanligi; v)
badiiy asar
g‘oyani ifodalash vositasi emasligi; g) badiiy asar voqelikning nusxasi bo‘l-
masligi; d) har qanday xulosa faqat badiiy matndan keltirib chiqarilishi kerakligi
singari tamoyillar borligi. Badiiy tahlilning bulardan tashqari yaxlitlik,
tizimlilik, estetik
asoslarning ustuvorligi, emotsionallik, individuallik, tarixiylik,
asoslilik singari ham bir qator tamoyillari mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: