Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti "tasdiqlayman "


II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi


Download 5.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet40/65
Sana11.11.2023
Hajmi5.13 Kb.
#1766899
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65
Bog'liq
1-kurs majmua

II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi: 


1-MODUL. KIRISH. SINTAKSIS VA GAP BO’LAKLARI 
1-mavzu. Kirish. Ona tili va bolalar adabiyoti o’qitishda fanning dolzarb 
muammolari fanining maqsad va vazifalari 
Tarixning eng qadimgi davrlaridan boshlab, inson nafaqat o`zining tirik qolishi 
uchun kurashgan, balki u o`z qabilasi, urug`ining ham uzoq yashab qolishi 
tadbirini ko`rgan. Binobarin, alla, ovutmachoq, ertak va topishmoqlar mazmuni, 
avvalo, ongli, kuchli, epchil va chaqqon insonni shakllantirishga qaratilgan. 
Kishilarning atrofni o`rab turgan olam haqidagi tasavvuri va u haqidagi 
yig`ilgan bilimlari, hayotiy tajriba asosidagi dono hikmatlari hamda xulosalari 
bolalarga o`ziga xos tarzdagi pand-nasihatlar shaklida, ularga tushunarli 
vositalarda etkazilgan. Shuning uchun ham turli xalqlarning, hattoki bir-biridan 
juda yiroq masofadagi mamlakatlarning xalq og`zaki ijodida ham juda ko`p 
mushtaraklik mavjud. 
2- mavzu. Tilshunoslik va til haqida umumiy ma’lumot
Tilshunoslik fani kishilar tili haqidagi fan sifatida ijtimoiy-gumanitar fanlar 
guruhiga kiradi. “Tilshunoslik til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki 
tuzilishi, tasnifi haqidagi; muayyan tillarning ish ko‘rish (faoliyat) qonunlari va 
tarixiy taraqqiyoti haqidagi fan”. Tilshunoslik fani hozirgi zamon fanining 
barcha asosiy turlari bilan bog‘liq. Tilshunoslik – ko‘p qirrali fan. U fan sifatida 
umumiy va xususiy, nazariy va amaliy tilshunoslikka ajratiladi. 
3-mavzu. Sintaksisga kirishSintaktik munosabat turlari, so’zlarning teng 
va tobe bog’lanishi 
Sintaksis grammatikaning ikkinchi qismi bo’lib, unda so’zlarning bir-biriga 
bog’lanib, so’z birikmalari hosil qilinishi, gap turlari o’rganiladi. "Sintaksis" 
grekcha so’z bo’lib, "tuzish” demakdir.
Sintaksis o’z navbatida a) so’z birikmasi sintaksisi va b) gap sintaksisi kabi
ikkita bo’limga ajraladi.

Download 5.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   65




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling