Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchi bosqich
bosqichi – individning ijtimoiy mavjudot sifatida shakllanishini ta’minlovchi
hayot bo‘lagini o‘z ichiga olib, u inson hayotining qariyb uchdan bir qismini tashkil etadi. Bu davrda asosan bolaning: • dastlabki ilk sotsializatsiyasi (bolalik davri); • normativ xulqning marginal jihatlarini o‘zlashtirish davri (o‘smirlik davriga to‘g‘ri keladi); • o‘spiriinlikdan balog‘at yoshiga o‘tish davrini o‘z ichiga olgan ijtimoiylashuv oqibatlari yaxlit namoyon bo‘ladigan bosqich. Ikkinchi bosqich – shakllanib bo‘lgan shaxsning jamiyatda faoliyat yuritishi davrlarini o‘z ichiga olgan hayot bosqichi. Bunda shaxs dastlab mehnatga yaroqli jamiyat a’zosi sifatida, so‘ngra naqaqa yoshiga etgan inson siftaida o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Ijtimoiylashuvning dastlabki yillarida uning samaradorligi ko‘proq yuqorida ta’kidlaganimizdek, oila, undagi ijtimoiy-psixologik muhit va ota-onaning tarbiyachilik burchini qanday ado etganligiga bog‘liq bo‘lsa, uning keyingi bosqichlarida ta’lim muassasalari va mehnat jamoalarining roli ortib boradi. Shunga mos ravishda ijtimoiylashuv usullari ham turlicha bo‘ladi. Ko‘plab olimlar va oila masalalari bo‘yicha mutaxassislarni xavotirga solgan 13 Андреенкова Н. Роль семьи на разных этапах социализации индивида // Динамика изменения положения женщины и семья. – М.: 1972. – С.4. 123 jihat shuki, zamonaviy oila o‘zining bola shaxsini ijtimoiylashtiruvchi vazifasini yaxshi va to‘liq ado etmayapti. A.Antonovning ta’kidlashicha, zamonaviy oila oilaviy turmush tarzini shakllantira olmayotganligi sababli ham o‘zining bola tarbiyasi borasidagi ijtimoiy bilimdonligini namoyon eta olmayapti. 14 Bundan tashqari, G‘arb mamlakatlarida o‘tkazilgan tadqiqotlarda aksariyat ayollarda onalik ustanovkalarining yo‘qligi, bola tarbiyalash xohishining yo‘qligi, qo‘ydi- chiqdining bemalol amalga oshirilishi, rasman FXDYO bo‘limlarini nikohni qayd etmay yashash (fuqarolik nikohi), ajrimlardan keyingi erkak va ayolning o‘zaro yomon munosabatlari bolalarning ijtimoiylashuviga nihoyatda salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bunday er-xotinlarning farzandlari bir tomondan umuman oila instittutiga va nikohga nisbatan salbiy qarashlarga ega bo‘lib, voyaga etsalar, ikkinchi tomondan, ularning xarakterida asosan xudbinlik, egoizm, agressivlik kabi salbiy sifatlar egasi sifatida shakllanmoqda. Demak, jamiyatda o‘z davriga munosib, sog‘lom fikrlovchi yoshlarni tarbiyalab, voyaga etkazishning muhim omili bu rasmiy nikohda bo‘lgan er-xotinlar oilasining bahamjihatlikda yashashlaridir. Ota-onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari. Shunday qilib, ijtimoiy tarbiyaning dastlabki o‘chog‘i oila bo‘lib, aynan ota va ona dastlabki ijtimoiy ko‘nikmalarni bola ongiga singdiruvchi, uning irodasini charhlovchi insonlardir. Oilaviy munosabatlar bolani naqaqat shaxs sifatida o‘zligini anglash, balki o‘zini u yoeki bu jins vakili sifatida idrok etish va shaxsiy fazilatlarini takomillashtirishga ham yordam beradi. Bizning kuzatishlarimiz shuni isbotladiki, oilaning to‘liq bo‘lishi, ya’ni, unda ham ota, ham onaning tinchlik- totuvlikda yashashlari va unda normal insoniy munosabatlar, sog‘lom ma’naviy muhitning mavjudligi bolaning har tomonlama yaxshi rivojlanishi, sog‘lom, aqlli, kuchli iroda sohibi bo‘lib etishiga imkon beradi. Bolaga ham otaning ham onaning bo‘lishining zarurati shu bilan izohlanadiki, masalan, qiz bola onasi va uning oilada o‘zini tutishiga qarab, o‘zini ayollar jinsiga taalluqli ekanligini anglashdan tashqari, kelajakda qanday ona bo‘lishini tasavvur qilsa, otasiga, uning onasiga bo‘lgan munosabatiga qarab, o‘zini kelajakda oila qurganda qanday oila sohibasi bo‘lishi lozimligini anglab boradi. Xuddi shunday, o‘g‘il bola onasining fazilatlari, oiladagi tutimi va otasiga munosabatini idrok qilib borar ekan, kelajakda qanday qiz bilan turmush qurish mumkinligi, tanlaydigan qizi qanday sifatlar sohibasi bo‘lishi lozimligini bilib borsa, otasi va uning oilada mavqeiga qarab, o‘zini erkak sifatida kelajakda tasavvur qilish bilan birgalikda turmush o‘rtog‘iga qanday munosabatda bo‘lish lozimligi to‘g‘risida bilim va tasavvurlarini orttirib boradi. Bu psixologik qonuniyat bo‘lib, shaxsning oiladagi 14 Социология семьи / Под ред. А.И. Антонова. – М.: 2005. – С. 235. 124 shaxsiy va jinsiy sotsializatsiyasining etakchi tamoyili hisoblanadi. Shu bois ham bolaning tom ma’noda yaxshi tarbiya olib, jamiyatda va oilaviy munosabatlarda munosib mavqega ega bo‘lishi uchun oila muhiti sog‘lom, barqaror, er va xotin bir-birlariga g‘amxo‘r, mehrli v asadoqatli bo‘lishlari o‘ta muhimdir. Demak, oila bolaning ijtimoiy munosabatlarga tayyor bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etgan pedagogik muhitdir. Shu bois ham olimlar oilaning eng muhim va dastlabki vazifalaridan ham birini tarbiyalovchi funksiya ekanligini doimo e’tirof etadilar. Oilaviy sotsializatsiya jarayonini bir tomonlama, ya’ni, farzandlar tarbiyasidagi roli bilan cheklash to‘g‘ri bo‘lmaydi. CHunki ayniqsa, yosh oilada nikohdan so‘ng er va xotin boshqa oila a’zolari jamiyatida xohlasa-xohlamasa o‘z-o‘zidan tarbiyalanib, xarakter xislatlarini o‘zgartirib boradilar. Masalan, ilgari tortinchoq, uyatchan, ikkilanuvchan yigit, uylangach, turmush o‘rtog‘i nigohida obro‘si mehr-muhabbat tufayli oshgan sari, o‘zida kuch-qudratni, irodani sezib, dadil, faol, o‘ziga nisbatan ijobiy fikrli, aqlli, bosiq bo‘lib borishi tabiiy. Kelinchak ham yangi xonadon sharoitiga ko‘nikib borgan sari, uning an’analarini muvaffaqiyat bilan o‘zlashtirib borgan sari, turmush o‘rtog‘ining mehrli muhabbati, qaynnona va qaynotaning g‘amxo‘rligi, e’tiborliligi oqibatida yanada iffatli, sermulohazali, ziyrak va farosatli bo‘lib, o‘zidagi ilgari mavjud ayrim salbiy xarakter sifatlaridan qutulishi ham mumkin. Bu – er va xotin uchun oila muhitining yangi bosqichdagi ijtimoiylashuv maskani sifatidagi o‘rnini isbotlaydi. Lekin ayrim oilalarda er va xotin o‘rtasida samimiy, iliq munosabatlarning yo‘qligi, tashqi tomondan nomiga oila qurganliklari, ma’nan esa bir-birlariga nisbatan beganoday qolganliklari bois bu erda o‘zaro munosabatlar hamisha tarang, yuzaki bo‘lib boradi. Tabiiy, bunday munosabatlar nafat ularning o‘ziga balki ularni o‘rab turgan boshqa qarindoshlar, ayniqsa, farzandlarga faqat salbiy ta’sir etadi , yoshlarning ijtimoiylashuv jarayoniga to‘g‘anoq bo‘lishi ham mumkin. “Ko‘cha bolalari”, “tarbiyasi og‘ir bolalar”, voyaga etmay turib jinoyatga qo‘l urgan o‘smirlar aksariyat holatlarda aynan shunday oilaviy muhitning qurbonlari hisoblandi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, bolaning ijtimoiylashuvi jarayonida maktabgacha tarbiya maskanlari, maktabning roli va ahamiyati ham bor. Lekin ulardagi ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligi eng avvalo, oilaviy tarbiyaga bog‘liq ekanligini, “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” maqolining mohiyatini hamma biladi. Maxsus tarbiya maskanlari oldida oiladagi ijtimoiylshauvning afzalligi shundaki, oiladagi barcha o‘zaro munosabatlar tabiiy muhitda, insoniy munosabatlar tamoyiliga asoslanib amalga oshiriladi. Qolaversa, o‘rtacha O‘zbekistondagi oilalarda 3-4 nafardan farzand bo‘lsa, ikki ota va ona uchun 125 ularga etarli e’tibor berish uchun imkoniyat kengroq, maktab yoki bog‘chada esa guruhlardagi bolalar soni ko‘p va ta’lim-tarbiya jarayoni maxsus dasturlar va aniq rejim asosida amalga oshirilgani uchun bolalarning bir tekisda rivojlanishi va kamol topishi uchun etarli bo‘lmaydi. Demak, oilaviy sotsializatsiyaning samaradorligi oila bilan boshqa tarbiya maskanlari o‘rtasida o‘rnatilgan hamkorlikdagi uyg‘unlikka bevosita bog‘liq. Oila, maktab, pedagog hamkorligi. O‘sib kelayotgan avlodning jamiyat normalarini to‘la qonli qabul qilishi, o‘z davrining yaxshi va kerakli kishisi bo‘lib etishishi oilaning boshqa rasmiy tarbiya maskanlari bilan o‘rnatadigan to‘g‘ri munosabatlari bevosita bog‘liq. Ijtimoiylashuv jarayonida maktabgacha ta’lim muaasasalarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki maktabgacha ta’lim muaasasalarining xodimlari bolaning ota-onasi bilan bevosita, har kuni muloqotda bo‘ladi va ular maktab ma’muriyatidan fraqli ikki xil funksiyani bajaradi: rasmiy va norasmiy. Undan tashqari, tarbiyachining o‘zi ota-onaga nisbatan ikki xil holatda bo‘ladi – rasmiy tarbiyachi va samimiy, e’tiborli suhbatdosh tarzida. Lekin oila a’zolari bilan maktabgacha ta’lim muaasasalarining xodimlarining bitta bola tarbiyasidagi ishlarini uyg‘unlashtirish, yaxshi samaraga erishish unchalik oson ish emas. Chunki ikkala tomon bir-biriga ishongan taqdirdagi ular o‘rtasida samimiy muloqot bo‘lishi va tarbiyada ijobiy natijalarga erishish mumkin. Bunday muvaffaqiyatli munosabatlarning bir qator psixologik tamoyillarini ajaratish mumkin: • avvalo, tarbiyachi ota-onaga farzandini faqat yaxshi tomondan ko‘rsata bilishi lozim. Ya’ni, boqchadagi bolaning obrazi ota-ona uchun ijobiy bo‘lsagina, ular farzandini xonadonidan yaxshi kayyait bilan olib keladi va uyga qaytayotganda ham tarbiyachi bilan iliq xayrlashib, bolaning ham uni hurmat qilishi va mashg‘ulotlarga aytganlariga quloq tutishi lozimligiga o‘rgata oladi. Aks holda ota-ona og‘rinib bolasini boqchaga olib keladi va uni maktabgacha ta’lim muaasasasining tartiblarini menismalikka o‘rgatib qo‘yishi mumkin. Demak, birinchi tamoyil – ota-onaga maktabgacha ta’lim muaasasasidagi bola to‘g‘risida ijobiy obraz yarata olish; • maktabgacha ta’lim muaasasalarining trabiyachilari ota-ona bilan kundalik muloqotda bolaning erishgan yutuqlari, qanday bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lolganini ko‘rsata olishlari lozim. Masalan, tengqurlari bilan muloqotda o‘zini qanday tutgani, do‘stlari mavjudligi, berilgan she’r yoki boshqa topshiriqni bugun aynan qay tarzda o‘zlashtira olganligi, kimga qanday yordam bera olgani, sotsiometrik maqomi qanday ekanligi hamqida norasmiy tarzda ma’lumot bera olishi kerak. Demak, bolaning yutuqlaridan ota-onani xabardor qilib borish tamoyili ota-ona bilan tarbiyachining hamkorligini mustahkamlaydi. 126 • tarbiyachi bolaning uydagi xulqi va yutuqlari yoki kamchiliklarini bilib turishi shart. Bu ota-ona bilan ishonchga asoslangan dialog jarayonida aniqlanadi. CHunki tarbiyachi bolaning uyda qanday o‘ziniitutishi, odat va qiliqlarini bilmasa, unga to‘g‘ri pedagogik yondashuvni tashkil etolmaydi. Ya’ni, uchinchi tamoyil – bolaning oiladagi, uydagi maqomini bilish. Yuqoridagilarning bola ijtimoiylashuvida inobatga olinishi maktabgacha ta’lim muaasasalarining oila bilan yagona shior ostida “Keling birgalikda o‘rganaylik!” ishlashga va yutuqlarga erishiga imkon beradi. Bunda asosiy manfaatdor tomon va faollik ko‘rsatuvchi birinchi navbatda ota-ona bo‘lishi lozimligini unutmaslik kerak. Oxirgi yillarda oilaviy ta’limning ahamiyati ortib bormoqda. Ko‘plab mamlakatlarda qator qonun hujjatlari va normativ aktlar qabul qilinganki, ularga ko‘ra, ota-onaning xohishiga ko‘ra oila muhitida, xonadonda bolaning ta’lim va tarbiyasini tashkil etish mumkin. Bunday tarbiyachilarning qonuniy xaq- huquqlari qounn bilan kafolatlangan. Masalan, “Rossiya Fedaratsiyasida oilaviy (uy sharoitidagi) ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”, “Uyda ta’lim olishning namunaviy Nizomi” kabi hujjatlar mamlakatning “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni bilan kafolatlangan bo‘lib, unga ko‘ra agar ota-ona xohlasa, xonadon pedagogi uyga kelib bola (lar)ga ta’lim beradi. Bu kabi guvernatkalar xizmatidan foydalanish, uy enagalarini yollash kabi tajriba ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda keng quloch yoygan. Yurtimiz O‘zbekistonda ham ushbu harakatning dastlabki ayrim ko‘rinishlari paydo bo‘lgan. Lekin bizda oilaviy ta’lim alohida ko‘makka muhtoj, etim, nogiron bolalr uchun tashkil etilgan. Chunki o‘zbekistonlik bolalar avvalo qonunan berilgan imkoniyatlar bois 2-3 yilgacha bevosita onaning ardog‘ida bo‘lishi mumkin, bu davrda ikki yoshgacha farzandi bo‘lgan onaga davlat tomonidan nafaqa ham tayinlanadi. Agar oilada imkoniyat bo‘lsa, keyingi davrlarda bola yana onasi yoki buvilari yordamida katta bo‘ladi, maktabgacha ta’lim muaasasalariga jalb etiladi. Tug‘ilishdan nogironli bo‘lgan, maktabga borish o‘qish imkoniyati cheklangan bolalarga esa “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, uy sharoitida o‘qitish tashkil etilgan. Bunday pedagoglarga qo‘shimcha imtiyozlar ham beriladi, ular 6 soatlik dastur asosida nogiron bolaga eng zarur bilim, malaka va ko‘nikmalarni uyda beradilar. Bu ham O‘zbekistonning ijtimoiy sohani isloh qilish borasida siyosati bo‘lib, yurtimizda birorta bola maktab yoshida ta’limdan chetda qolmaydi. Normal taraqqiyotli bolalar maktabgacha ta’lim muaasasalaridan so‘ng maktabga jalb etiladilarki, bu erda ham ta’limning hamda tarbiyaning samaradorligi oila bilan hamkorlkka tayanishi barchaga ma’lum. SHuning uchun ham har bir o‘rta maktabda “Ota-onalar Kengashlari” tashkil etilgan, ularga 127 kattagina huquq va vakolatlar berilganki, bu “Maktab – oila – mahalla” konsepsiyasining amalda ishlashining isbotidir. Lekin bu borada muammrlar yo‘q emas, chunki maktab ma’muriyati, pelagoglar har doim ham barcha o‘quvchilarning oilasi, undagi sharoitlar, ota-onaning bola o‘qishiga qanchalik qiziqishi va manfaatdorligini yaxshi bilmaydi, natijada ba’zan aynan maktab yillarida bola psixologiyasi keskin o‘zgarib, u deviant xulqlilar toifasiga ham tushib qolishi mumkin. Ya’ni, mamlakatimizda Kadrlar tayyorlashning Milliy dasturi hamda Ta’lim to‘g‘risidagi Qonun asosida uzluksiz ta’limning barcha bosqichida yoshlarning ijtimoiylashuvi jarayoni kechishini unutmaslik, har bir bosqichda uning samarasi ijtimoiylashuv usul va vositalarining to‘g‘ri va aniq tanlanishi bog‘liqligi bilish katta ijtimoiy ahamiyatga molik ishdir. Zero, bola tarbiyasi va to‘g‘ri ta’limi bo‘yicha aniq va asosli bilimlar sohibi bo‘lmish o‘qituvchining oila bilan aloqasi qanchalik yaxshi va maqsadli bo‘lsa, bola tarbiyasi ko‘ngildagidek bo‘ladi, bu borada aniq tasavvurga ega bo‘lmagan yayrim ota-onalar uchun hayot maktabi bo‘lib xizmat qiladi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling