Buxoro iqtisodiyot va bank kolleji
U qanday qilib bularga erishdi?
Download 0.81 Mb.
|
Mikroiqtisodiyot fanidan uslubiy ishlanma. Shodjonova F.S.
U qanday qilib bularga erishdi?
Janob Chin qaysi ish bilan shug`ullanmasin, uni oddiy lekin sifatli qilib bajarishga harakat qilardi. U o`z ishini hammadan yaxshi bajarishga intilardi. Shuning uchun xam yaxshi natijalarga erishardi. U o`zining bunday xarakter soxibi ekanligini yoshligidanoq namoyish qildi. 15 yoshidanoq, ya`ni Xitoyda yashagan paytlarida u o`z qishlog`idagi dorishunosga shogird tushdi. U dorixonada saqlanadigan hamma dorilarning nomini yoddan bilardi. Shuning uchun ham dorishunos unga shifokor bo`lbshni maslaxat berdi. Lekin Chin unamadi va o`qishni davom ettirdi. 17 yoshli Janob Chin Tailandga qaytib, yog`och buyumlar do`konida oshpaz bo`lib ishlay boshladi. Keyin u do`konda yig`ishtirish, yuklash, tashish vazifalarini bajara boshladi. Do`konda ishlab yurgan paytlari Xitoyga oilasiga xat yozib turardi. Uning chiroyli xusnixatini ko`rib, do`kon xo`jayni uni idora xodimligiga tayinladi. Aynan shu xususiyat uning kelajakda bank xodimi bo`lib yetishishiga zamin bo`ldi. U kamtarin inson bo`lib, ko`zbo`yamachilikni yoqtirmasdi. Uning oldida uzoq muddatli kelajak mavjud edi. Uning uzoqni ko`ra bilish xususiyati harakatlarida namoyon bo`lardi. O`zaro yordam xazinasidan olingan mablag`lar hisobiga Pattapakanaga xususiy do`kon ochib oldi.Janob Chin kelajakka intiluvchan shaxs edi. Uning kichkinagina tijorati Tailandning 1-universal do`koniga aylandi. Do`kon 4 qavatdan iborat bo`lib, turli xil tovarlar savdosi tashkil qilingan edi. Bandkok bankining tashkil qilinishi janob Chin tadbirkorlik ruhining haykali bo`ldi. 2-Jahon urushi yakuni arafasida, yosh Chin o`z do`stlariga bank tashkil qilishini ma`lum qildi. Bandkok banki yirik gigantga aylandi. Juda katta ishlar qilindi. Bu ishlar Janob Chinning ishbilarmonligi, uddaburonligi orqali qo`lga kiritildi. 2-Jahon urushi tugashi bilanoq Janob Chin Tailandda birinchi moliya konpaniyasini tashkil qildi. “Osiyo Trast Ltd” asosan chet el valyutasi bilan ishlardi va tez orada Tailand qirolligiga o`z mavqe`ini egalladi. Janob Chin juda ko`p ishladi, erta saharda turib olib chet el valyutalarining kotirofkalarini aniqlar edi. Chet el valyutasi bilan ishlovchi eng yaxshi diller obro`ini qo`lga kiritdi. Janob Chin rahbarligida 1970 yilga kelib bank mahalliy banklar o`rtasida yetakchi bankka aylandi. Qisqa vaqt ichida bank Gonkong Shanxay kabi banklarning bozordagi mavqe`ini egalladi. 6 yildan keyin bank mamlakatda o`zining 45 ta bo`limiga ega bo`lib, bank depozitlari 10 mendan 100 men braxtgaqcha edi. Janob Chin juda vatanparvar edi. Bangkok bankining rivojlanishini Tailand iqtisodi rivojiga qo`shgan hissasi sifati qabul qilardi. Bank tashkil qilayotganda, Tailand biznesida asosan chet el banklari faoliyat ko`rsatayorganini inobatga oldi. Uning banki mahalliy tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy faoliyati bo`yicha xizmat ko`rsatadigan 1-mahalliy bank edi. Bank xodimlari mahalliy savdogarlar uchun hujjatlarni hozirlab berar edilar. Tez orada ularning tezkor sifatli xizmat ko`rsatishlari mahalliy tadbirkorlar orasida tarqalib ketdi va bank Tailand faoliyatida liderlikni qo`lga kiritdi. Janob Chin kitob o`qishni yoqtirardi. Har kuni ertalab kundalik hisobotlar o`rganilar edi. U yangiliklarga qiziqar, intilar edi. 1971-1979-yillarda o`z bankida yangi texnologiyalar va chektran bank sistemalarini joriy qildi. Janob Chin samarali administratr edi. Bir necha soatlik muloqotdan keyin u osonlik bilan 2-masalani hal qilishga o`tib ketar edi. Janob Chinning yo`lida biror muammo paydo bo`lsa, ularni u asosiy faoliyatda aylantirardi. 1958-yilda Tailandda bo`lib o`tgan to`ntarish natijasida u Gankongga ko`chib ketdi. Uni iqtisodiy jinoyatchilikda ayblashdi. U chet elda yashab bankni boshqarishni davom ettirmoqchi bo`ldi, ammo amalga oshira olmadi. Shunda u guruch bilan savdoni yo`lga qo`yib, hozirgi kunda ham bu faoliyati gullab yashnamoqda. Shu bilan birgalikda Bangkok bankining 2 ta chet el bo`limi mavjud edi. Gankogdagi quvg`inga to`lgan payti yana 4 ta bo`lim ochdi- 3 ta Vetnamda va 1 ta Taypeyda. Janob Chin muvaffaqiyatining yana bir asosi uning uzoq yillar davomida tezda muloqotga kirib bilishi va uni qo`llab –quvvatlashida edi. Uning biznesmenlar va davlat arboblari bilan munosabatlari maqsadiga erishishiga yordam bergan. Janob Chin va uning xodimlari juda ko`p ishlashardi. U uchun o`sish katta ahamiyatga ega edi. Qator oylar davomida mijozlarga sifatli xizmat ko`rsatish uchun u va uning xodimlari dam olish kunlarisiz, ertadan kechgacha mehnat qilishardi. O`z mehnati bilan cho`qqiga chiqqan ko`p insonlardan farqli, Janob Chinning deyarli dushmanlari bo`lmagan u o`z maqsadlarida boshqalardan foydalanmasdi. Agar u dushmanining borligini payqasa, undan ustun kelish kerakligini o`ylardi, ammo yo`qotib yurishni o`ylamasdi. Janob Cinning hayotga, biznesga va odamlarga bo`lgan munosabati ana shulardan iborat edi.
Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling