1-blok II variant


Download 62 Kb.
bet1/2
Sana23.04.2023
Hajmi62 Kb.
#1387739
  1   2
Bog'liq
1-blokona tili ingliz tili matematika II variant


1-blok II variant.
Ona tili
1. Qaysi qatordagi gapda orttirma darajadagi sifat berilgan?
A) Qo’shnimizning hovlisi biznikidan kattaroq edi.
B) O’qituvchimiz mavzuni zo’r tushuntirdi. C) Eng yaxshi do’st-kitob.
D) Ahmad sal yomon bola.
2. Qaysi javobda ko’chma ma’noli so’z mavjud?
A) Oltin olma, duo ol. B) Havo sovisa sovisin, ko’ngil sovimasin.
C) Ko’chaga temir eshik orqali chiqdik. D) Burgut juda baland parvoz qiladi.
3. Qaysi qatorda qo’shma sifat berilgan?
A) quyonyurak B) boy-badavlat C) chaqqon D) baxtli
4. “…………………..-dunyodagi eng og’ir kasblardan biri. Bu kasb egalari deyarli dam olish kunlarisiz ishlaydi. Chunki odamlar dam olish kunlari ko’proq televizor ko’radi-da” Gap qaysi kasb haqida?
A)suxandonlik B) okulist C) sotuvchi D) teleboshlovchi
5. Qaysi hukm notog’ri?
A) Ikkinchi qismi turdosh otdan iborat bo’lgan atoqli otlar qo’shib yoziladi
B) Ikkinchi qismi atoqli otdan iborat atoqli otlar ajratib yoziladi.
C) Qo’shma sifatlar qo’shib yoziladi D) Qo’shma sonlar qo’shib yoziladi
6. Qaysi qatorda yo’nalish ma’nosini bildiradigan ko’makchi berilgan?
A) haqida B) bilan C) sari D)orqali
7. Qaysi qatorda tasviriy ifoda ma’nosi noto’g’ri izohlangan?
A) qora oltin-neft B) oq oltin-paxta C) qalam ahli-rassom D) yaylov sultoni-chopon
8. Quyida berilgan raqamli birliklardan qaysi biri to’g’ri yozilgan?
A) 6-“A” sinf B) XXI-asr C) 2022 yil D) Navro’z 2023
9. Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Men suyangan holimda taom yemayman”. Ushbu gap ko’chirma gapli qo’shma gapning qaysi qolipiga tushadi?
A) M: ”K”. B) M:”K”,-m. C) “K,-m,-k”. D) M: “K!”,-m.
10. Ulug’bek rasadxonasi nima maqsadda qurilgan?
A) astronomik izlanishlar, osmonni o’rganish uchun
B) yuqoridan turib shaharni kuzatish uchun
C) yulduzshunoslikka qiziqqan o’quvchilarni o’qitish uchun
D) quyosh soati yordamida butun shaharga vaqtni ko’rsatib turish uchun
11.O’zbekistonning shimolida joylashgan mamlakat poytaxti qaysi shahar?
12. Odam tanasining necha foizi suvdan iborat?
13. Kompyuter o’rnini bosuvchi, undagi vazifalarning ko’pini bajara oluvchi mobil aloqa vositasi nima?
14. Qo’shma otlarga misollar keltiring. (kamida 3 ta)
15. Ya’ni bog’lovchisi gap bo’laklari va gaplar orasida qo’llanganda vergul qayerga qo’yiladi?



Download 62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling