Buxoro me’morchiligi


Download 66.57 Kb.
bet2/7
Sana15.06.2023
Hajmi66.57 Kb.
#1478395
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxoro me’morchiligi

Govkushon madrasasi
Govkushon madrasasi Buxorodagi jo‘ybor shayxlari tomonidan bunyod etilgan.
Inshootning qurilishida homiylik qilgan jo‘yboriylar Muhammad Islom (taxminan 1493- 1563) va Xoja Sa’d (1531/32-1589)lardir.
Ma’lumki, xoja Muhammad Islom va uning avlodlari o‘zlarini aslzoda va valiylar avlodi ekanliklarini ko‘rsatish maqsadida, o‘z shaxslarini ota tomondan Muhammad payg‘ambar avlodlariga, ona tomondan esa Chingizxon va Jo‘jiga olib borib ulaydilar. Aslzodalik va tariqatdagi yuqori mavqelariga ko‘ra, Jo‘ybor xojalari somoniylar davridan boshlaboq davlat ishlarida muhim lavozimlarni egallaganlar. Shayxlarning asosiy boyliklari xonlar, sultonlar va badavlat shaxslar tomonidan berilgan tortiqlar asosida hosil bo‘lgan. Xoja Muhammad Islom ombor va sandiqlarida saqlanayotgan sarmoya va turli-tuman qimmatbaho matolardan tashqari, Buxoro, Samarqand, Nasaf, Marv va boshqa viloyatlarda 300
jufti gov (2500 gektar) yer-suvga ega bo‘lgan. Shuningdek, qo‘l ostida 10 ming qo‘y, 700 ot, 500 tuya, 104 ta hunarmandchilik va savdo do‘konlari, 7 tegirmon, ko‘plab hammomlar, sardobalar va boshqa mol-mulk bo‘lgan. Xoja Muhammad Islomning o‘g‘li va vorisi Xoja Sa’d esa 2 ming jufti gov (17 ming gektar) sermahsul yer, 2,5 ming qo‘y, 1000 ta tuya, 1000 ta yilqi, 12 ta hammom, 10 sardoba, 2 karvonsaroy egasi hisoblangan. Ana shularning hammasidan u yiliga 1,6 million tanga daromad qilgan. Shuningdek, qalmoq, rus va hindlardan iborat uning 1000 ta quli ham bo‘lgan. Govkushon madrasasi so‘nggi o‘rta asrlarning dastlabki bosqichida, shayboniylar hukmronligi davrida, XVI asrda bunyod etilgan.
Uning bunyod etilishda har xil o‘lchamdagi xom va pishgan g‘isht, yog‘och,
loy, tosh, tunuka va shu kabi ashyolardan foydalanilgan. Govkushon madrasasi va
masjidning o‘rtasidan Shohrud arig‘i o‘tgan. Lekin bu ariq 1930-yillarda ko‘milib
ketgan. Madrasaning sharqiy tarafi ikki qavatli, yon va orqa tomonida bir qavatli
hujralar va mezana mavjud. Peshtoqning g‘arbidagi ravoq ustidagi qanosi
o‘simliksimon sirkori naqshlar, kitoba qismi esa suls xati bilan bezalgan. Kiraverishda, o‘ngda xonaqoh-masjid (darsxona) bor. O‘rtadagi hovli (25x35 m)ning to‘rt tomoni hujralar bilan o‘ralgan. Xo‘ja masjidi kirish peshtoqi, hovli atrofi g‘ishtin ravoqli ayvonlar, xonaqoh va minoradan tashkil topgan. Minora (19,5 m)ga masjid tomidagi ravoqli ko‘prik orqali chiqilgan. Minora turli shakldagi g‘ishtlardan terilgan. Naqshlar yuqoriga tomon noziklasha borib, fonusning ravoqli darchalari bilan birga minoraga nafislik bag‘ishlaydi. Govkushon madrasasi Sharq an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, naqshdor, “Chor” uslubida ishlangan.
Madrasaning nomi boshqa madrasalardan tubdan farq qiladi. Madrasa mahalla
nomi bilan bog‘liq. Bundan tashqari Govkushon degan qassoblar bozori va mahalla
bo‘lgan. Mustaqillik yillarigacha va mustaqillikdan so‘ng me’moriy obidaning ta’mir talab qismlari qayta tiklandi. Madrasa atroflari ko‘kalamzorlashtirildi. Chet el sayyohlari va yurtimiz ziyoratchilarning sayilgohiga aylangan. 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Govkushon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda
“Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”
qabul qilingan qonunlar me’moriy obidaning huquqiy kafolatidir.

Download 66.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling